1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Reja



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana22.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#401239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1 - mavzu boyicha maruza matni (6)

Markaziy 

Osiyoda 

“Avesto” 

ta’limotidagi 

falsafiy 

fikrlar.

 

Eramizdan  oldingi  VI  asrdan  boshlab  Markaziy  Osiyoda  zardushtiylik  diniy-falsafiy  ta’limoti 



vujudga  kelib,  eramizning  III  asrigacha  hukmronlik  qildi.  Zardushtiylikning  vatani  sifatida 

Markaziy Osiyo (Baqtriya, Xorazm) va Eron (Midiya) ko‘rsatiladi. Zardushtiylikda eng qadimgi 

davrlardan boshlab (eramizdan oldingi III-II-nchi ming yilliklar) eramizdan oldingi 1-ming yillik 

o‘rtalarigacha  bo‘lgan Markaziy Osiyo  va Yaqin  Sharq  xalqlarining diniy  va  ma’lum  ma’noda 

falsafiy tasavvurlari aks etgan. 

Zardushtiylikda xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni 

shakllantirish,  dehqonchilik  va  shahar  madaniyatini  rivojlantirish  muhim  ahamiyat  kasb  etgan. 

«Avesto»dagi  kosmologik  ta’limotga  binoan,  Koinot,  yer,  okean,  osmon,  nurli  doira  va 

jannatdan  iborat. Yer dumaloq bo‘lib,  atrofi okean  bilan o‘ralgan  va ob-havo, yil  fasllari  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  etti  qismdan  iboratki,  bu  bobilliklarning  etti  shamollar  haqidagi  qadimgi 

tasavvurlaridan  iqtibos  qilingan.  Osmon  to‘rt  doiradan  tashkil  topgan:  yulduzlar  doirasi,  oy 

doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo 



Axura 

Mazdaning

  badani  sifatida  tasvirlanadi.  Zardushtiylik  ta’limotiga  ko‘ra  tabiat  va  jamiyat 

jarayonlari  ikki  qarama-qarshi  kuch  —  Yaxshilik  (Axura  Mazda  yoki  Xurmuzd  va  Yovuzlik 

Axriman  yoki  Angra-  Man’yu)ning  kurashidan  iborat  bo‘lib,  pirovardida,  3000  yildan  so‘ng 

YAxshilik  g‘olib  chiqib  haqiqat  adolat  davri  keladi.  Shundan  omon  qolgan  odamlar  abadiy 

baxtiyorlikda yashaydilar

6



Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va Qur’ondagi afsonalar bilan 



o‘xshab ketadi. Avesto bo‘yicha birinchi odam Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu 

davr oltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy 

bahor yaratgan bo‘lib, kishilar farovonlik va baxt-saodat yashar edilar. Ammo kunlardan bir kun 

ular  gunohga  botdilar:  ular  ta’qiqlangan  mol  go‘shtini  yeb  qo‘ydilar.  Ziyonkor  ruh 



Anxra 

Man’yu

  ularga  sovuq  va  qor  yuboradi.  Yima  odamlarni  sovuqdan  qotib  qolishlaridan  saqlash 

uchun uy qurib, unga  barcha tirik  jonzotlardan  bir  juftdan  yashiradi. Bu afsona Shumer, Bobil, 

Injil  va  Qur’ondagi  Butun  dunyoni  tufon  bosganligi  haqidagi  afsonaga  ochiqdan  ochiq 

o‘xshashdir.  Tarixning  birinchi  davri  bo‘lgan  –  oltin  davr  shunday  tugallanib,  ikkinchi  davr 

bo‘lgan-


yaxshilik 

bilan 


yomonlik

  o‘rtasidagi  kurash  davri  boshlanadi.  Uchinchi  davr,  ya’ni 

insoniyat  kelajagi  Avestoda  qadimgi  davr  kishilarining  baxt-saodat  haqidagi  orzulari  sifatida 

tasvirlanadiki,  unda  yaxshilik  bilan  yomonlik  o‘rtasidagi  kurashda  xudo  Axuramazda  g‘alaba 

qiladi  va  o‘shanda  yaxshilik  saltanati  barqaror  bo‘ladi.  O‘liklarning  tirilishi  va  mahshar  kuni 

haqidagi tasavvurlar ham mavjud. 

Zaratushtra  xalqning  zo‘ravonlik  va  talon-tarrojdan  azob  chekayotganligini  ham  dardlik 

bilan  qayd  etib,  qonun  va  tartibga  rioya  etishga  chaqiradi.  Aynan  qishloq  xo‘jaligi  sohasidagi 

islohotlar g‘oyasi uchun Zaratushtraga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqdilar. U qonundan 

tashqari deb e’lon qilindi, jamiyatdan haydaldi, uning mol-mulki musodara qilindi. 

Zardushtiylikda o‘sha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi o‘z aksini topgan. 

Zardushtiylikning qonunlar majmuasida halollik, mehnatsevarlik, adolatlilik, fikr, so‘z va amalda 

xolislik  yuqori  axloqiy  me’yor  asosi  sifatida  oldinga  suriladi.  Zardushtiylikning  asosiy  e’tiqodi 

uchlik  qoidasida

  o‘z  aksini  topgan: 



xayrli  fikr  (gumata),  xayrli  so‘z  (gukta)

  va 


xayrli  ish 

(gvarishta

).  Zardushtiylik  axloqining  talabi  insonning  ruhiy  va  tana  pokligidir.  Zardushtiylik 

tinch  va  osoyishta,  ittifoqlikda  yashashni  maslahat  beradi,  yaqinlarga  nisbatan  xayrixoh 

                                                             

6

 Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. –Тошкент:Ўзбекистон, 1997. 23-бет. 




bo‘lishni, bir-biriga yordam berishni, yomonlik bilan kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, 

zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik, hasad, tuhmatni mahkum etadi, g‘azab va shahvotga berilmaslikni 

targ‘ib  etadi,  berilgan  va’daga  vafo  qilmaslikni,  o‘g‘rilikni  ta’qiqlaydi,  tuzilgan  shartnomaga 

rioya etishni, savdoda rostgo‘y bo‘lishni, qarzni o‘z vaqtida to‘lashni ta’kidlaydi. Muhim 



axloqiy 

me’yorlarga

  quyidagilar  kirar  edi:  homiladorlik  va  ko‘z  yorish  davrida  ayol  to‘g‘risida 

g‘amxo‘rlik qilish, erni ishlash, daraxtlar o‘tkazish, suv va oziq-ovqat manbalarini toza saqlash, 

chorva boqish, muhtojlarga o‘zidagi ortiqcha narsalar bilan yordam ko‘rsatish, foydali hayvonlar 

haqida  g‘amho‘rlik    qilish.  Zaratushtra  ta’limoti  Markaziy  Osiyo  va  Erondan  boshlab  Qora 

dengiz  va  Misrgacha  yoyilgan  edi.  Ushbu  ta’limotga  ko‘ra,  oliy  xudo-  Xoliq  va  unga  qarshi 

turgan  va  unga  bo‘ysunmaydigan  yovuz  kuchlar  mavjuddirlar.  Xoliq  dunyoni  muayyan 

maqsadda  yaratgan,  ammo  hozirgi  holatda  bu  dunyoning  intihosi  bo‘lib,  bu  haqda  dunyoning 

najotkori kelib, undan xabar beradi. Jannat va do‘zax mavjud bo‘lib, har bir ruh kishi vafotidan 

so‘ng  sudga  tortiladi.  Zamonlar  oxirida  o‘lganlar  tirilib,  Qiyomat  qoyim  bo‘ladiki,  o‘shanda 

barcha gunohkorlar yakson qilinadilar. So‘ngra Yer yuzida Xudoning saltanati barqaror bo‘ladi 

va  taqvodor  kishilar  bu  saltanatga  kiradilar.  Xristianlik,  gnostik  mazhablar  va  Shimoliy 

buddaviylikda  Zaratushtra  o‘z  ta’limoti  bilan  Axmoniylar  imperiyasining  barcha  viloyatlarida 

qoldirgan  chuqur  ta’sirini  o‘tkazdi.  Zardushtning  narigi  dunyo  haqidagi  ta’limoti  avval 

yahudiylar,  so‘ngra  xristian  va  islom  diniga  o‘tdi  va  bu  dinlar  ta’limotiga  binoan  qayta-qayta 

ishlanadi.  




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish