Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: muammoli vaziyat, kichik guruhlarda ishlash, taqdimot, debat
Jamiyat – ob‘ektiv ijtimoiy qonunlar asosida rivojlanadigan ochiq moddiy sistema, kishilar faoliyatining shakli, ularni ijtimoiy uyushtirishning usuli. Barcha ijtimoiy jarayonlarning yig’indisi bo’lgan ijtimoiy hayot turli ijtimoiy fanlarning o’rganish ob‘ekti hisoblanadi. Falsafiy fanlar tizimida jamiyat ijtimoiy falsafa tomonidan o’rganiladi. Ijtimoiy falsafa yaxlit bir sistema bo’lgan jamiyatni, uning umumiy bo’lgan qonunlarini, taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchlarini, tabiiy muhit va atrof olam bilan bo’lgan aloqa va bog’lanishlarini antronotsizm (insonni falsafaning asosiy ob‘ekti sifatida o’rganuvchi qarash) tamoyili asosida tadqiq qiladi. Ijtimoiy mavjudot bo’lgan insonni va uning yashashi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish borasidagi kishilarning birgalikdagi faoliyatlari jamiyatning asosini tashkil etadi. Ijtimoiy hayot – moddiy olam harakatining oliy shakli hisoblanadi. Jamiyat tabiatning revolyusiyasi natijasida vujudga kelib, dastlabki davrdanoq o’ziga xos tuzilmaga ega bo’lgan sistema sifatida shakllandi. Yaxlit sistema bo’lgan jamiyat tarkibiga: moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarning turli shakllari, bazis va ustqurma, jamiyatni ijtimoiy tuzilishi, siyosiy institutlar va boshqalar kiradi. Jamiyat informatsiya o’tkazish mexanizmi va vorislik usulining o’ziga xosligi bilan harakterlanadi. Jamiyatning materiya harakatining boshqa shakllaridan asosiy farqi shundaki, uning tarkibi moddiy va ma‘naviy jarayonlardan, ongdan iboratki, ularning o’zaro ta‘siri ijtimoiy hayotning mazmuni va darajasini belgilab beradi. Jamiyat hayotining asosiy sohalari – moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning bu sohalarining o’zaro ta‘sirida belgilovchi rolni moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy soha o’ynaydi, ya‘ni turli predmetlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish sohasidir. Moddiy ishlab chiqarish insonlarning hayot faoliyatlari uchun boshlang’ich sharoit yaratib beradi. U har doim ijtimoiy xarakterga ega va tabiatga, tabiat materialining inson ehtiyojlarini qondiruvchi predmetga aylantirish jarayonidagi kishilarning o’zaro ta‘sirini belgilab beradi. Biroq, ijtimoiy aloqalarni amalga oshirishda, ularning o’ziga xos tomonlarini aniqlashda ma‘naviy soha katta rol o’ynaydi. Kishilar o’z faoliyatini ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshirayotganiga qarab faoliyat natijalari turlicha bo’ladi. Ijtimoiy hayot moddiy va ma‘naviy sohalarning uzluksiz birligini o’zaro ta‘siri va birini ikkinchisiga utishidan iborat. Jamiyat uzluksiz rivojlanayotgan sistemadir. Uz evolyusiyasida u ketma–ket ma‘lum qonuniy bosqichlarni kechirgan va ular ijtimoiy fanda sivilizatsion mezonlar orqali ifodalangan. Sivilizatsiya jarayonining har bir yangi bosqichi yana ham yuksakroq texnologiyalarni o’zlashtirish, ularni texnik jihatdan ta‘minlash, jamiyatni ijtimoiy tuzilishining murakkablashuvi, atrof muhit bilan o’zaro ta‘sir qo’llamlarining kengayib borishi, jamoa ijtimoiy faoliyatining ma‘lum shakllari bilan harakterlangan. Lekin jamiyat taraqqiyotining asosiy ko’rsatkichi bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning xarakteri, inson omilining ma‘naviy va ijtimoiy tuzilmalarning demokratiyalashuvi darajasi hisoblangan.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo‘lgani kabi, jamiyat ham o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik–jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir. U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma‘naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ro‘yobga chiqarilib bo‘lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muammolar tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi. Jamiyat a‘zolarining ma‘naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o‘ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta‘minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o‘tgan. Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi.
Hozirgi zamon jamiyatining asosiy xususiyati–moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish ko’lamining nixoyat darajada kengayishi, ijtimoiy munosabatlar tizimini qayta ishlab chiqishning informatsion–texnik usuli, hayot faoliyatining demokratik shakllarini o’rnatish, hayotning boshqa tomonlariga nisbatan fan va ma‘naviy madaniyatning ilgarilab rivojlanishi hisoblanadi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar uzoq muddat davomida rivojlanib kelgan. Jamiyat haqidagi datlabki fikrlar allaqachon qadimgi Yunonistonda shakllangan edi. Materialist faylasuflardan Demokrit insoniyat tarixini tabiiy jarayon sifatida baholab, kishilarni hayvoniy holatdan ijtimoiy holatga o’tishini yetishmovchilik yordamida tushuntirgan. Ijtimoiy hayot odamlarning qonun oldida tengligi, ularning aql kuchiga ishonch bilan, murakkab ijtimoiy – axloqiy muamolarni bilish va hal etish qobiliyati bilan farqlanadi. Qadimgi dunyoning yana bir mashhur mutaffakkiri–Aflotun «ideal davlat» haqida ta‘limot yaratib, jamiyat hayotini aql asosida tashkil qilish, inson tabiati va adolat o’rtasida aloqa o’rnatishga harakat qilgan. Ijtimoiy falsafa sohasidagi muhim g’oyalar Arastu tomonidan ilgari surilgan. U jamiyatni ma‘lum ijtimoiy institutlarini qondirish maqsadida birlashgan individlarni yig’indisi deb qaraydi. Inson haqidagi ta‘limotda insondagi eng asosiy xususiyatlar sifatida ma‘naviyat va axloqni ta‘kidlaydi. Jamiyatning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari xaqida SHarq mutaffakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar bir qancha ajoyib fikrlarni ilgari surganlar. Farobiy ham, jamiyat insonlarning xohishi bilan o’zlariga kerak bo’lgan iste‘mol mahsulotlarini birgalashib ishlab chiqarish niyatida tashkil etilgan jamoa birlashmasi deb yozadi, o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida. «Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganlari tufayli o’zaro tinchlikda yashamoqlari lozim.»(Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shaxri». T., 1993, 186 bet) Beruniy fikricha, jamiyat insonlar tomonidan «shartnoma» asosida tuzilgan. Uningcha, «inson uz ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. SHuning uchun o’zaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonnih xaqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir.»( Buyuk siymolar, allomalar. T., 1995, 51 bet.) Yangi davr mutaffakkirlari diniy qarashlarga zid ravishda jamiyat tabiiy yo’l bilan vujudga kelgan va shunday rivojlanadi degan fikrni ilgari surdilar. Gobbs, Russo kabi faylasuflar jamiyatni vujudga kelishida shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Fuqarolar jamiyati individlar yig’indisi sifatida qaraldi va mexanik tarzda o’rganildi. Nemis faylasufi Gegelning ko’rsatishicha, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarining asosiy sababi «mutlaq g’oya»ga bog’liqdir. Nemis klassik falsafasining yana bir yirik vakili L. Feyerbax fuqarolar jamiyatini substansiya asosida birlashgan individlar yig’indisi sifatida baholaydi. Yevropada yashagan sotsiologlar orasida jamiyat haqidagi fanga ilg’or g’oyalar qo’shgan olimlar ingliz burjua iqtisodchilari V. Peti, A. Smit, D. Vikardo va boshqalardir. Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ma‘lum darajada tug’ri izohlash sohasida rus ilg’or demokratlarining ham hissasi bor. Jamiyat taraqqiyotining har taraflama materialistik talqini K. Marks va F. Engel’s asarlarida ilgari surilgan. Jamiyat hayotini tushuntirishda ular ijtimoiy borliq, ijtimoiy ong, ijtimoiy–iqtisodiy formatsiya, bazis va ustqurma kabi tushunchalarga murojaat qildilar. Ijtimoiy taraqqiyotning asosi sifatida marksizm klassiklari ijtimoiy ishlab chiqarishni olib qarashdi. Moddiy ishlab chiqarishning ma‘lum usuliga asoslangan jamiyat taraqqiyotining tarixiy bosqichini ijtimoiy – iqtisodiy formatsiya deb nomlandi. XX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy reallikni konkret ilmiy bilimlar: geografiya, biologiya, kibernetika, sinergetika, psixologiya va boshqalar yordamida tushuntirishga urinishlar bo’ldi. (F.RatselG’, G. Spenser, M. Veber, Z. Freyd, Z. Pieje) . Ilmiy–texnika inqilobi sharoitida texnik–texnologik omillar asosida ijtimoiy sistemaning modelini yaratishga xarakat qilinmokda, ijtimoiy hayotning turli tomonlari mukaddaslashtirilmoqda. ( «boshqaruvchilar» , «o’rta qatlam» jamiyati va x.k.) XX asrning ikkinchi yarmida inson muammosi birinchi o’ringa qo’yilgani munosabati bilan bir qator falsafiy–tarixiy va sotsiologik yo’nalishdagi tadqiqotlar paydo bo’ldi. G’arb falsafasida inson faoliyatining turli sohalariga diqqatini qaratgan yo’nalishlar vujudga keldi. Saksoninchi yillarda informatsion jamiyat ( V. Masud, Dj. Neysbi), o’ta industrial jamiyat ( A. Goffler), texnotron jamiyat ( Z. Bjezinskiy) va boshqa shu kabi qarashlar keng tarqaldi. YAngi sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning informatsiyani ( ma‘lumot) ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol qilish hal qiluvchi omil bo’lmoqda. Informatsiyaning hajmi va sifati jamiyat hayotining belgilovchi resursiga aylanmoqda. SHu munosabat bilan ijtimoiy–tarixiy nazariya va amaliyotni rivojlantirish kun tartibiga qo’yilmoqda.
Jamiyat tarkibidagi elementlarning rang-barangligi va murakkabligi ular bajaradigan vazifalarning o’ziga xosligi bilangina belgilanmasdan, borliqning moddiy tomonlari bilan o’zaro ta‘sir qiluvchi m a ‘ n a v i y j a r a yo n l a r i n i n g mavjudligi bilan ham harakterlanadi. Ijtimoiy hodisalarni moddiy va ideal turlarga bo’linishi ijtimoiy falsafaning fundamental asosi hisoblanadi. M o d d i y o m i l larga – bu moddiy ishlab chiqarish, kishilarni o’zlarini takror ishlab chiqarish, ularni tartibiga bo’lgan munosabatlari, sinfiy, milliy, oilaviy munosabatlarining moddiy tomonlari kiradi. Ular ma‘naviy jarayonlarning asosini tashkil etadi va birlamchi hisoblanadi. Ma‘naviy (i d e a l) o m i l-ob‘ektiv hodisalarning kishilar ongidagi in‘ikosi hisoblanadi, ijtimoiy zarur ehtiyojlarni jamiyat a‘zolari tomonidan anglanishi. Ular moddiy omillarga nisbatan ikkilamchi harakterga ega. Moddiy va ma‘naviy omillar o’rtasidagi munosabat juda murakkabdir. Bunda moddiy omillar oxir natijada ma‘naviy hodisalarni belgilaydi. Jamiyatning ma‘naviy hayoti nisbiy mustakillikka ega va uz navbatida ijtimoiy xayotning butun tizimiga kayta ta‘sir kiladi. Odamlarning ongi hodisalarning rivojlanishini ancha oldindan ko’ra bilish kobiliyatiga ega. Bilimlarga tayangan xolda inson ijtimoiy – tarixiy amaliyot jarayonqida olamni o’zgartiradi. Inson faoliyatida ideal omillar moddiylashadi. Jamiyatdagi moddiylikning mazmunini ijtimoiy borliq tushunchasi– moddiy ne‘matlar ishlab chikarish va uning shakli bulgan ishlab chikarish munosabatlari, insonning tabiat bilan bulgan uzaro ta‘siri va xokazolarni aks ettiradi. Jamiyat xayotining ma‘naviy tomonlari insonning intilishlari, xohishlari, fikrlari, hislari, kayfiyatlaridan tashkil topib, ijtimoiy ong orqali ifodalanadi. I j t i m o i y o n g ijtimoiy borlikning in‘ikosidir. Ijtimoiy borliq asosida vujudga keladigan ijtimoiy ong insoniyat tarixining muhim, zaruriy tomoni bo’lib qoladi. U insonning har qanday sub‘ektiv tomoni sifatida ishtirok etadi. Bu faol kuch ijtimoiy borliqqa aks ta‘sir etadi. Moddiy ishlab chiqarish kishilik jamiyatida yashashning eng muhim shartidir. Ishlab chiqarish jamiyati rivojlanishning barcha tomonlariga hal qiluvchi ta‘sir ko’rsatadi. Hayvonlar tabiatga moslashadi, insonlar esa tabiatga faol ta‘sir ko’rsatib, uni o’zgartiradi, o’zlashtiradi va o’z maqsadi yo’lida undan foydalanadi. Inson ishlab chiqarish qurollari bilan tabiatga ta‘sir qiladi, ishlab chiqarishni amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish xamisha ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, ikki xil munosabatlarni, ya‘ni kishilarni tabiatga hamda bir – birlariga bo’lgan munosabatlarini o’z ichiga oladi. Demak, jamiyatning o’zgarishi va rivojlanishi tarixi hamda asrlar davomida birining o’rnini ikkinchisi zaruriy ravishda oladigan ishlab chikarish usullari tarixidan iboratdir. Moddiy usulning o’zi nimadan iborat? Ishlabqchiqarish usuli moddiy boyliklarni jarayonidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarish , bu ikki muxim tomonning uzaro alokadorligisiz mexnat qilish ham, moddiy ne‘matlarni yaratish ham mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun avvalo mehnat predmetlari va mehnat vositalariga ega bo’lmoq zarur. Inson mehnati qaratilgan buyumlar, mehnat predmetlari deb ataladi. Mehnat vositalariga, avvalo ishlab chiqarish qurollari, mexnat predmetlariga ta‘sir ko’rsatishda inson tomonidan foydalaniladigan mashinalar, asbob – uskunalar, ishlab chiqarish vositalari va boshqalar kiradi. Fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni yangidan– yangi tarmoqlarini yuzaga kelishi va turmushda qo’llanilishiga zamin yaratadi. Radiotexnika, radioelektronika, elektrontexnikasi, sintetik kimyo, yadro energetikasi, sun‘iy tuqimalar kimyosi, elektron hisoblash mashinasi–bular va boshqa shu kabilar fan va texnikaning yangi zamonaviy tarmoqlaridir. Yuqorida ta‘kidlanganidek, ishlab chiqaruvchi kuchlar moddiy ishlab chiqarish usulini faqat bir tomonidir. Uning ikkinchi muhim tomoni ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar odamlar o’rtasidagi barcha mavjud munosabatlarning eng asosiysi va muhimidir. Ular boshqa hamma ijtimoiy munosabatlarni–turli guruhlar, tabaqalar o’rtasidagi, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ishlab chiqarish munosabatlarining asosini mulkchilik shakli tashkil etadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tarixiy turi xuddi shu mulk shakliga, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari kimning ixtiyorida ekanligiga bog’lik.
«O’zbekiston respublikasida mulkchilik tog’risida» gi qonunga muvofiq hozir, jamiyatimiz iqtisodiy negizini quyidagi mulk shakllari tashkil qiladi : 1) xususiy mulk 2) shirkat (jamoa) mulki ; 3) davlat mulki ; 4) aralash mulklar ; 5) boshqa davlatlar mulki xamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki.
Ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishdangina iborat bo’lmay, kishilar o’rtasidagi mulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan turli ijtimoiy guruhlar va ularning o’zaro munosabatlari hamda ularga bog’lik bo’lgan mahsulotlarni taqsimlash shakllaridan ham iboratdir. Iqtisodiy munosabatlar jamiyat ma‘naviy hayotini, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik munosabatlarini belgilaydi. Ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, millatlar, siyosiy partiyalar, turli uyushmalar, kasaba uyushmalari, diniy muassasalardan iborat bo’lgan jamiyat siyosiy tashkilotlarining mehnatini va faoliyati yo’nalishini jamiyatning ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati belgilaydi.
Nemis faylasufi I. Gerder esa jamiyatda vorislik masalasiga to’xtalib o’tdi. Bu mutaffakkirlar ijtimoiy ob‘ektlar almashinuvi va jarayonlari davomiyligi tartiboti va hokazolarni ancha chuqur izohladilar. Dastavval, ular e‘tibor bergan masala – jamiyat o’zgarishi ma‘lum makon va vaqtda yuz berishi muammosi bo’ldi. Alohida olingan inson borlig’ida ham, jamiyat miqyosda ham makon va vaqt yaxlit idrok etiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ijtimoiy makon va vakt alohida borliq sohasining ajralmas xossalaridir. Ijtimoiy jarayonlar mohiyati fizikaviy makon va taqvimiy vaqt ulchovlarida o’z aksini topa olmaydi. Ijtimoiy o’zgarishlarning vaqtda uzliksiz va uzilish, muayyan marom va maromsizlik ko’rinishlarida kechishi ularga muayyan tarzda qarashni taqozo etadi. Bunday qarashlardan biri ijtimoiy davriylik nazariyasidir. Uni mayatniksimon (kichik tizimda) , doiraviy, buramasimon (o’rtacha kattalikdagi tizimda) rivojlanish shakllari sifatida tushunish mumkin.
Formatsion yondashuvga sivilizatsion yondashuv mukobildir. Jamiyat tarixini bosqichlarga (sivilizatsiyalarga) bo’lishda bu yondashuv tarafdorlari industriya (sanoat) ni rivojlantirishni oladilar va quyidagi bosqichlarni aniqlaydilar: a) Sanoat rivojlanishigacha bo’lgan jamiyat ; b) Industrial jamiyat ; v) postindustrial jamiyat;
Bunday yondashuv, ayniqsa, AQSHda (O. Toffler, Z. Bjezinskiy, U. Rostau, D. Bell va boshqalar), Fransiyada(R. Aron, A.Toren, J.FuastG’e va boshqalar), Germaniyada ( R. Darendorf) keng tarqalgan.
Birinchi bosqichda–agrar soha, ikkinchi bosqichda sanoat sohasi, uchinchi bosqichda xizmat ko’rsatish sohasida informatsiya ustun bo’ladi. «Postindustrial jamiyat» tushunchasi D.Bell tomonidan ilgari surilgan. O.Toffler uni «o’ta industrial» , Z. Bjezinskiy esa– texnotron , ayrim faylasuflar – informatsion deb nomladilar. Har bir bosqich o’ziga xos tuzilmaga, maqsadga ega. Birinchi bosqichda, (sanoat rivojlanishigacha bo’lgan jamiyatda) maqsad–hokimiyat, yetakchi tizim – ramiya va cherkov, asosiy qatlamlar – feodallar, dindorlar. Industrial jamiyatda maqsad – pul, asosiy qatlamlar–biznesmenlar, yetakchi tizim–korporatsiyalar. Postindustrial jamiyatda –bilim, yetakchi tizim–universitetlar, qatlam–bilimli kishilar (olimlar, menedjerlar)
Jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari. Jamiyat taraqqiyoti – ijtimoiy jarayonda qatnashuvchi barcha sub‘ektlar faoliyatining natijasidir. Odatda ijtimoiy jarayon sub‘ektlariga : - Sotsial gurux - Ularga xos tshkilotlar (siyosiy partiyalar) - Individlar - SHaxslar va xokazolar kiradi. Ularning birgalikdagi va hamkorlikdagi faoliyatlari tufayli tarix amalga oshadi va rivojlanadi. Binobarin, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar deganda, faoliyat ko’rsatuvchi barcha kuchlar tushuniladi. SHaxslar xam ijtimoiy taraqqiyotda katta rol o’ynaydilar. Mashxur shaxslarni xalq ommasi yaratadi; dohiy, siyosiy arbob– xalq farzandlaridir. Jamiyatda biron – bir harbiy sarkarda, ulug’ mutaffakkir yoki siyosiy arbobga ehtiyoj tug’ilsa, uni tarix yaratadi. SHaxslar ko’proq jamiyatda ijtimoiy–siyosiy parokandalik, ijtimoiy tanazzul avj olgan davlarda dunyoga keladilar. Fan, adabiyot , san‘at, din, siyosat va madaniyat arboblari hamma vaqtlarda ham vujudga kelavermaydilar. Tarixiy shaxslarning buyukligi shundaki, ular ijtimoiy taraqqiyot talablarini boshqalarga nisbatan ilgariroq va teranroq anglaydilar va ulkan vazifalarni amalga oshirishning ilmiy – nazariy dasturini yaratadilar. Ular ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini kashf etish va ulardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |