1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Reja



Download 168,6 Kb.
bet51/74
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#261635
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
фалсафа

Estetika va semiotika.  Estetika semiotika – belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. CHunki san‘at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, harflar, notalar va h.k. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya‘ni semantik va pragmatik Axborotni o’zida mujassam qilgan san‘at asari o’sha Axborotni etkazib berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san‘atning belgi bilan bog’liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o’rganadi. Ayni paytda, estetikada tuzilmali-semiotik nafosatshunoslik deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san‘at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san‘at asari esa, ana shu tizim belgisi yoki o’sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero, bunda belgi san‘at asarini idrok etuvchiga uni etkazib beruvchi hodisa tarzida o’rganiladi. Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va, yuqorida aytib o’tganimizdek, barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. CHunonchi har bir san‘at turining «o’z estetikasi» mavjud: so’z san‘ati estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi va h.k.

Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o’ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish borasida katta ahamiyatga ega.

Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a‘zosi go’zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo’lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, ommaviy san‘atni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a‘zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, biror bir san‘at turida ijod qilayotgan san‘atkor birinchi galda, ma‘lum ma‘noda, o’z sohasining bilimdoni bo’lishi kerak. Deylik, zamonaviy bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bo’lgan estetikaning umumiy qonuniyatlaridan bexabar holda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba‘zilar, daho san‘atkorlar qonun-qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar, degan noto’g’ri tasavvurga ega. Vaholanki, daholarning o’zlari ko’p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug’ullanganlar. Bu borada Navoiy, Jomiy Leonardo da Vinchi, SHiller, Gyote kabi buyuklarning nomlarini eslashning o’zi kifoya qiladi. Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar – tanqidchilar, san‘atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham estetikani bilish zarur.

Deylik, «sof teatr»ni – faqat sahna san‘atinigina yaxshi bilgan san‘atshunos, u qanchalik iste‘dodli bo’lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e‘tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. CHunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozitsiya qonun-qoidalaridan, bir so’z bilan aytganda, nafosatshunoslik qonuniyatlaridan etarli xabardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, sayoz jumlalar yig’indisidan iborat bo’lib qoladi.



Estetikaning san‘atni xalq orasida yoyadigan, targ’ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati, ayniqsa, muhim. Bordi-yu, ma‘naviyat va mafkura sohalaridagi mutasaddi rahbarlar estetikadan bexabar bo’lsalar, «Xudo urdi» deyavering. Unday holda viloyat, tuman, shahar yoki tashkilotlarda yuzaki qaraganda kulgili, latifanamo, aslida esa, san‘at uchun fojiali hodisa yuzaga keladi. Diqqatingizni totalitar tuzum davrida bo’lib o’tgan kulgili bir voqeaga qaratmoqchiman. Voqeaning tafsiloti quyidagicha: viloyat teatrlaridan birida yosh iste‘dodli rejissyor ish boshlaydi. Dastlab hammasi yaxshi boradi. Lekin nima bo’ladi-yu, viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig’i ishdan bo’shatiladi. SHo’rolar tuzumi odatiga ko’ra, nomenklatura odami ishsiz qolishi mumkin emas, kichik bo’lsa ham rahbarlik lavozimiga o’tkazilishi kerak. Oqibatda uni teatrga direktor qilib yuborishadi. YAngi rahbarga teatrda o’rnatilgan ish tartibi yoqmaydi – bunday holat unga intizomsizlik bo’lib tuyuladi: qarasa, aktyorlar peshinga yaqin, goh peshindan keyin repititsiyaga kelishar ekan. U rejissyordan hamma yo soat to’qqizdan oltigacha, yoki o’ndan ettigacha ishlashini, sho’rolar davlatida barcha uchun ish soatlari bir xil ekanini uqtirmoqchi bo’ladi. Rejissyor esa, aktyorlar ertalabdan uyda, toshoyna qarshisida o’z rollarini mashq qilishlarini, bu erga faqat repititsiya va spektakl uchun kelishlarini tushuntirishga urinadi. Lekin yangi direktor bu xatti-harakat va gaplarni o’ziga qarshi atayin uyushtirilgan isyon deb tushunadi, teatrda, san‘at dargohida o’ziga xos qonun-qoidalar borligini xayoliga ham keltirmaydi. Natijada ikki oydan ortiq vaqt mobaynida aktyorlar «intizomsizligi» uchun maosh olmaydilir, ish orqaga qarab ketadi. Nihoyat, yuqoridagilarga bu gap etib borgach, direktor almashtiriladi. Agar sobiq militsiya rahbari ozgina estetikadan xabardor bo’lganida, teatrda buncha asabbuzarliklarga yo’l qo’ymagan, o’zi ham hammaning oldida kulgiga qolmagan bo’lur edi. Bunday misollar, afsuski, boshqacharoq shakllarda hozir ham jamiyatimizda uchrab turadi. Dizaynchi-injenerlar, atrof-muhitni obodonlashtirish bilan shug’ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta‘siri mavjud. SHuningdek, korxona rahbarlari, firma boshliqlari mazkur korxona yoki firmada dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari-yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo’lishini ta‘minlashlari lozim. O’shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa, mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bo’lishlari shart. Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur. CHunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san‘at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «o’ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo’lsangiz, Go’ri Mir maqbarasinig gumbaziga, Registondagi madrasalar yonida qad ko’targan minoralarga, peshtoqlardagi ko’hna arabiy yozuvlarga qiziqib qaraysiz, chiroyli ekan, deb mamnuniyat hosil qilasiz. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo’lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go’zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli o’laroq  «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go’zal yozuvlar – oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar boyiydi. Zero, estetika orqali biz faqatgina ko’rganlarimizning shakliy go’zalligini emas, balki, ayni paytda shakl bilan birga, uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. SHu sababli, fermerga yoki temir yo’l ishchisiga, yoki tadbirkorga nafosatshunoslik haqida bosh qotirib o’tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir.

YUqorida ko’rib o’tganlarimizdan shu narsa ma‘lum bo’ladiki, bugungi estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a‘zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo’lmog’i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e‘tibor berish – zamonning dolzarb talabi bo’lib qolmoqda. 

Estetik tarbiya shaxsning estetik kamolotiga ta‘sir o‘tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog‘liqdir Estetik tarbiya yositalri deb shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga aytamiz. Estetik tarbiya omillari va vositalari o‘rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik omillari estetik vositalari vazifasini o‘tashi va aksincha bo‘lishi ham mumkin. Yoshlarni go‘zallikka oshno qilish ularda hayotiu voqealarni  to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlarda g‘ozallikni idrok qilishni tarbiyalash  orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish , kishilarning xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar shakllantiriladi.

Ayrim yoshlar yasama so‘niy go‘zallik bilan o‘zlarini badbashara qilib qo‘yadilar, ular haqiqiy g‘ozallik yuzning tabiiy latofatida, soda va xushbichim kiyimda ekanini unutib qo‘yadilar. Kishining tashqi g‘ozalligi kiyim ranglarining birbiriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda yaqqol ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanmagan  holda husniga  tabiiy latofat  va nafosat beradigan, ayrim kamchiliklarini bilintirmay ketadigan ust-bosh kiygan inson ko‘rkam va go‘zaldir. Insonning did farosati kiyim-boshida, xatti-harakatlarida, o‘zini tuta bilishda ko‘zga tashlanadi. Samimiy oqko‘ngil o‘ziga talabchan  tarbiyalangan inson tashqi ko‘rinishida so‘niylik, qalbakilikni ko‘rsatuvchi biron-bir be‘manillikka yo‘l qo‘ymaydigan tarzda kiyinishga, o‘zini shunga munosib tutishga harakat qiladi. Didli farosatli kishi hamisha ana shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga et‘bor berish ichki, ma‘naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi. Estetika taraqqiyot shaxsni estetik ongi va estetik faoliyatining shakillanishi takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladigan. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amaliga oshiriladi.

Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishiga ta‘lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi. Xalq pedagogikasi estetikaning Їgo‘zallik-hayot demakdir‖ degan qoidadan kelib chiqib, o‘sib ketayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi go‘zallikda ishtirok etishini, uning hayotni, san‘atni idrik eta bilish qibiliyatini shakillantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblanadi. Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va unung shavqzavq bilan bajaradi.

Estetik kechinmalarda har doim hayol ishtirok etadi, busiz go‘zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emes. Xayol faoliyat jaroyonida shakillanadi. O‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish hayolning ishlashini talab qiladi. Dastlabki vaqtlarda hayol faoliyati jarayonida narsalar bilan ta‘sir etish natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichilarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin-asta fikirlashga o‘tadi.Estetik tarbiya-o‘quvchilarning estetik faoliyati orqali amalga oshriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Bular o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali san‘at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya borishdan iborat. 

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir: -badiy adabiyot, tabiat;insonlarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi, tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar, san‘at asarlari, o‘quvchilarning tasviriy faoliyatlari, bayramlar, ko‘ngil ochish tadbirlar,urf-odatlar, an‘analar, ma‘lum maqsadga qaratilgan va   rejali ravishda amaga oshiriladigan tadbirlar. Bunday ta‘lim- tarbiya va  go‘zalik muhiti insonlarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi.

Pedagogika tizimiga xos bo‘lgan estetika va etikaning tarbiyaning usullarini birgalikda oila hamda maktab ta‘lim-tarbiya jarayonida bemalol qo‘lash mumkin.Haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun esa o‘qituvchi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, yuksak badiiy didli, xushmomila bo‘lishlari talab qilinadi. Bolalarni o‘rab turadigan  chiroyli narsalarning o‘zi bolaga hech narsa bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni ko‘rishga, qadrlashga, baholay bilishga o‘rgatish kerak. O‘qutuvchi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy-joyiga qo‘yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko‘rib chiqiladi. Eng muhimi, narsalarni bolalarda estetik zavq uyg‘ota oladigan qilib ko‘rsatish kerak. Estetik zavq uyg‘otish uchun kuzatilayotgan narsaning mazmuni va ahamiyatini tushintirish kerak. Bolalarning hislariga ta‘sir etish uchun bu hali yetarli emas, muhumi bu yerda kattalarning namunasidir. O‘qituvchining o‘zi zavqlansa, ortiqcha so‘zlarsiz o‘quvchilarda go‘zallikga qiziqish uyg‘ota oladi va ularda estetik kechinmalar paydo qila oladi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi va manbaidir. Tevarak-atrofidagi tabiat go‘zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Tabiatning tuyg‘ular va hayollarda saqlangan go‘zalligi ayniqsa, bolalikda yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davimida esidan chiqarmaydi. Yoshlarni estetik tomondan tarbiyalashda san‘atning har xil turlari va janirlardan (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, xalq amaliy san‘ati, badiiy adabiyot va h k) keng foydalanadi. San‘at yuksak estetik zavqning, kishi xursanchiligining tuganmas manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir insonning rivojlanishi, ma‘naviy boyishi uchun ham zarur vositadir. Badiiy asar kishining his –tuyg‘ularga ta‘sir etsa, bu hissiy kechinmalar unda fikirlashni uyg‘otadi. Badiiy asarda hayajonlanish fikirlashni faollashtiradi. 




Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish