1-mavzu: falsa



Download 282,11 Kb.
bet4/19
Sana18.11.2022
Hajmi282,11 Kb.
#867739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu

Falsafaning mazmuni va bosh vazifasi haqidagi qarashlar. Falsafani odatda davrning fikrlardagi inikosi, oz davrining manaviy kvintessensiyasi deb ataydilar. Falsafaning mazkur tavsifidan uning olamshumul vazifasi – o‘z davrining jarchisi sifatida amal qilish, ma’naviy-tarixiy o‘zgarishlar bilan hamqadam va hamnafas bo‘lish kelib chiqadi. Bu erda falsafaning hayot bilan chambarchas aloqasi ayniqsa
bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Voqelikni tushunish va tushuntirish falsafaga qo‘yiladigan

  1. Қаранг: Ойзерман Т.И. Проблемы историко-философской науки (Тарихий-фалсафий фанларнинг муаммолари). М., 1982. 57-б.

3 O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir»: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. - T.: «O‘zbekiston», 2000.
asosiy talabga aylanadi. Davrning haqqoniy manzarasini yaratish kelajakning spekulyativ sxemalarini yaratishga barham beradi, borliqning mazmun va mohiyatini anglab etishga keng yo‘l ochadi.
Falsafa o‘z davri ma’naviy madaniyatining markazi vazifasini bajarish orqali koordinatalar abadiy tizimini yaratishga yordam beradi, davr saboqlarini aniqlash va tushuntirish yo‘li bilan inson tafakkuriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda faylasuflar
podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o‘rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bola olmaydi»4.
Boesiy poetik intuitsiyasida falsafa o‘ng qo‘lida kitob, chap qo‘lida esa saltanat
hassasi – skipetr tutgan Iloha obrazida gavdalanadi. Bu timsollarning mavjudligi tasodifiy bir hol emas. Falsafa bilim berish bilan bir qatorda, dunyoni oqilona boshqaradi va skipetr bu fikrni tasdiqlaydi.
Yangi davrda fransuz olimi Rene Dekart (1596–1650) har qanday mamlakat aholisining grajdanlik va o‘qimishlilik darajasi bu erdagi falsafiy tafakkur darajasi bilan belgilanadi, degan fikrni ilgari surgan5. Ingliz faylasufi David Yum (1711– 1776) falsafaga bo‘lgan munosabat asosida millatga «tashxis» qo‘yish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Mutafakkirning fikricha, falsafiy bilimga qiziqishning yo‘qligi millat tafakkurining cheklanganligi alomatidir.
Qadimgi yunon falsafasida bilim va xulq-atvor oliy ideali donishmandlik
tushunchasi bilan bog‘lanadi. U inson aqliga abadiyat va cheksizlik sari yo‘l ochadi, o‘tkinchi narsalarga sabr-toqatlilikni o‘rgatadi. Aynan donishmandlik yordamida inson munosib va to‘laqonli hayotga erishishi mumkin. Donishmandlikka intilayotgan odam har doim narsalar va hodisalar tabiatiga mos ravishda ish ko‘rishi lozim.
Platon inson tanasi haqida gap borganda tabiblarni, o‘simliklar to‘g‘risida so‘z yuritilganda esa – ziroatchilarni donishmandlar deb ataydi. U o‘zining «ideal davlat» haqidagi nazariyasida jamiyatni uch tabaqaga: davlat arboblari – faylasuflar; soqchilar (harbiylar); dehqonlar va hunarmandlarga ajratadi, bunday davlatda
donolik, jasorat, sabr-bardoshlilik va adolat kabi to‘rt tamoyil ustuvor bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Aristotel insonning qadr-qimmati uning aqliy faoliyatida ko‘zga tashlanadi, deb hisoblaydi. O‘z davrining eng dono kishilaridan biri bo‘lgan
Sitseron falsafaning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Falsafa (donishmandlik), qadimgi faylasuflar ta’biri bilan aytganda, ilohiy va insoniy qilmishlarni ularning sabablari va mohiyatlari nuqtai nazaridan bilishdir»6. Sofistlar falsafani dunyoviy donishmandlik, mulohaza yuritish san’ati sifatida tushungan bo‘lsalar, stoiklar donishmandlikning «amaliy maqsadlari»ga, ya’ni o‘z hayotini oqilona tashkil etishga qaratganlar. Faylasufning so‘zlari insonni azob-uqubatlardan forig‘ etishiga Epikurning ishonchi komil bo‘lgan.
Qadimgi xitoy falsafasida donishmand-faylasuf «szi», ya’ni o‘g‘il, bola deb atalgan. «Tyan sze» - «Osmon o‘g‘li» degan ism ostida yangi podsho paydo bo‘lishi


4 Platon. Soch.: V 3 t. – M., 1968- 1971. T. 1. – 275-b.

  1. Qarang: Dekart R. Izbrannыe proizvedeniya. – M., 1950. – 412-b.

  2. Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Platon i ego epoxa . – M., 1979. – 105-b.

bilan donishmand-faylasufning unga mos keladigan, «szyun szi» - «podsho o‘g‘li» g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi tipi ham paydo bo‘lgan. qadimgi xitoy falsafasining muhim mezoni – «ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oilada, jamiyatda, davlatda rioya qilish inson hayotining mazmuni hisoblangan; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat- ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratgan. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol
toptirishi darkor7.
Qadimgi xitoy falsafasining buyuk namoyandasi Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini
o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb
rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»8.
Qadimgi xitoy faylasuflaridan yana biri – Lao szi (miloddan avvalgi VI asr boshlarida yashagan): «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir», deb o‘rgatadi.
Donishmandlikning tarixan shakllangan gnoseologik, axloqiy va ekzistensial xususiyatlari hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda va e’tibordan soqit etilishi
mumkin emas. Donishmandlik fenomeni haqida umumiy tasavvur hosil qilish yo‘lidagi izlanishlar quyidagi natijalarga olib keladi. Donishmandlik kundalik hayotdagi mulohazakorlikka qarama-qarshi qo‘yiladi. U mutlaqo go‘zal va mutlaqo adolatli dunyoning mohiyatini intellektual anglab etishga intilish sifatida, haqiqatni
qaror toptirish yo‘lida beg‘araz xizmat qilish sifatida tushuniladi. Bu nainki to‘liq bilim, balki ma’naviy barkamollik, ruhning ichki yaxlitligi hamdir. Bu shunday bir e’tiqodki, unga erishishda insonning butun mohiyati ishtirok etadi. Donishmandlik belgisi sifatida me’yor hissi amal qiladi. Uni intuitiv aniqlash «hayot haqiqati»ni
anglab etish sifatida namoyon bo‘ladi. Etuklik donishmandlikning zaruriy sharti hisoblanadi. qisqa va lo‘nda hikmatlarda o‘z ifodasini topuvchi donishmandlik har bir xalq hayotida mavjud bo‘ladi, maslahatlar va pand-nasihatlarning keng to‘plami
vositasida uni g‘amxo‘rlik bilan qo‘llab-quvvatlaydi. qadimgi afsonalar, rivoyatlar va hikmatlar ko‘rinishida u avloddan-avlodga o‘tadi va ulardan har birining hayot yo‘lini engillashtiradi.

Download 282,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish