Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zluq ibn Tarxon Forobiy
(873–950).
Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy» – «Ikkinchi muallim» nomini olgan buyuk faylasuf.
Uning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda
aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida
yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti–
harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka yetishishni u
falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z
borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf
insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi–ichki va tashqi.
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino
(980–1037).O‘rta asrlar nafosatshunosligida Ibn
Sinoning «She’r san’ati» asari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu
«Poetika»sini
sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she’rning keyinchalik mashhur
bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «She’r deb – obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli,
bir–biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir–biriga teng, vaznlari
qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir–biriga o‘xshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra,
she’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi lahn – uyg‘unlik,
undan keyin kalom – so‘z keladi (bunda albatta timsolli–obrazli so‘z nazarda tutiladi).
Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi.
Van Vey
(699|701–759|761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddhachilikning chan mazhabi
keng yoyildi. Chan (yaponchasi dzen) O‘rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chan-
buddhachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van
Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o‘xshatadilar va san’atning
vazifasini insonni poklash, forig‘lash, qutqarishdan iborat deb biladilar.
Lyu Yuy
(1611–1679). Teatr san’atining forig‘lantirish xususiyati haqida yana bir
nafosatshunoslik teatr nazariyotchisi Lyu Yuyajoyib fikrlar bildiradi. U o‘zining «Bekorchining
tasodifiy qaydlari» risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o‘ziga xos yondashadi. Uning
nazdida kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan qiynayotgan
narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchaligidan ozod qiladi.
Noo teatri.
O‘rta asrlar yapon teatr san’atida Noo teatri alohida o‘rin tutadi. Noo
spektakllari «alo tuyg‘uni» uyg‘otuvchi «alo vazifani» bajarishlari kerak edi. Unda hamdardlik,
dahshat, shavq–hammasi go‘zallikdan lazzatlanishni alohida his etish bilan hal etiladi. Bu
go‘zallik o‘zida ko‘rinishdan xunuklikni, dahshatni mujassam etishi mumkin; ular Noo teatrida
o‘zlarining aksi bo‘lmish go‘zallikka aylanadilar. Buning uchun har bir sahna obrazida go‘zal
bo‘la olishning yashirin imkonini topa bilish lozim. Bunday mo‘jiza faqat yuksak san’atga xos.
Dzen mazhabi.
Shu o‘rinda yapon budhachiligidagi Dzen mazhabi haqida to‘htalib
o‘tish joiz. Dzen (chan) XII asr oxirlarida Xitoydan kirib keldi va keng tarqaldi. Dzen ta’limotiga
ko‘ra, har qanday san’at, agar u hodisalarning, moddiy dunyoning, ma’naviy mohiyatiga
erishishi uchun ko‘maklashsa, u mangu haqiqat tomon o‘tadigan ko‘prikdir.
Dzen estetikasi
badiiy ijodda shaxs va ob’ekt orasidagi aloqani ushlab turish uchungina yetarli bo‘lgan eng kam
so‘z, eng kam ifoda vositalariga asoslanadi.
Tosh bog‘lar san’ati.
Butunlay yangi bo‘lgan bu san’at dzen buddhachilik ta’siri ostida
vujudga keldi. Tosh bog‘larning asosiy g‘oyasi bog‘ – mikrokosm kompozitsiyasi orqali cheksiz
olamni his etish tuyg‘usini berish va insonning o‘zligiga sho‘ng‘ib ketishi uchun sharoit
yaratishdir. Har bir tosh bog‘ ikki asosiy unsurga ega, ular – suv va tosh. Suv tabiiy yoki qumdan
iborat ramziy suv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tosh doim tabiiy tarzda qo‘llaniladi.
Ikebana.
Yaponlar davlat ramzi sifatida xrizantema gulini tanlagan, o‘z qalbi tabiatini
gullagan olcha timsolida ko‘radigan halq. Yaponiya alohida gulchilik, guldastalar tizimi san’ati–
ikebana bilan ham mashhur.
Ikebana –
sirlarga to‘la yurak va qo‘llarning nozik harakatlari
san’ati. Bunda muhimi –gullarning ko‘pligi-yu o‘simliklarning turli-tumanligi emas, balki har bir
gulning o‘ziga xosligi, ko‘rinishining takrorlanmasligi, rangi, shakli Insonni o‘rab
turgan
gullardagi ranglar majmui xuddi sukunat va ohista, mayin musiqa ohangidek taranglashga asab
torlarini yumshatishi lozim.