1-Mavzu: Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-Mufrad” hamda “As-sahih” asarlari



Download 324,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi324,3 Kb.
#302722
  1   2   3
Bog'liq
1-амалий



1

 

 



1-Mavzu: Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmining 

paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-Mufrad” hamda “As-sahih” 

asarlari.

 

1.      Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.. 



2.     Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 

3.     Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-Mufrad” hamda “As-sahih” asarlari. 

 

1.      Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. 



Pedagogika  —  bu  ijtimoiy  tajribani  katta  avlod  tomonidan  o‘tkazish,  yosh 

avlod tomonidan o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. 

Pedagogika ta’lim-tarbiyaga oid ilmiy asoslangan bilimlar tizimi shakllangunga 

qadar ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini ochish, izlash borasida murakkab va uzoq yo‘lni 

bosib o‘tdi. 

Pedagogika  yunoncha  «paydos»  —  bola  va  «ago»  —  yetaklamoq  so‘zlaridan 

olingan  bo‘lib,  tarjima  qilinganda  «bola  yetaklamoq»  ma’nosini  bildiradi.  Qadimgi 

Gretsiyada xo‘jayinni bolasini maktabga olib boruvchi unga maktabdagi mashg‘ulotda 

va  undan  tashqarida  qarovchi  qulni  pedagog  deb  ataganlar.  Kishilik  jamiyatining 

rivojlanishi  bilan  pedagogni  roli  o‘zgardi.  Pedagogika  so‘zining  ma’nosi  o‘zgarib 

keng  ma’noda  bolani  hayot  davomida  o‘qitish,  tarbiyalash,  ma’naviy  va  jismoniy 

rivojlantirish san’ati ma’nosida qo‘llanila boshlandi. 

Pedagogikaning  elementlari  jamiyat  rivojlanishining  boshlang‘ich  bosqichida 

tarbiyaning  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Dastlabki  pedagogik  fikrlar,  qarashlar  va 

g‘oyalar xalq og‘zaki ijodida paydo bo‘ldi. Bizgacha ular topishmoq, maqol, aforizm, 

ko‘rinishida yetib kelgan. Yozuvning paydo bo‘lishi bilan xalq tomonidan yaratilgan 

qarashlar  maslahat,  qoida,  tavsiya  ko‘rinishida  bo‘lgan.  Shunday  qilib,  xalq 

pedagogikasi paydo bo‘ldi. 

Quyida  pedagogika  tarixi  yo‘nalishining  yirik  namoyondasi  A.I.Piskunov 

nazariyasiga  asoslanib,  butun  dunyoda  pedagogikaning  fan  sifatida  rivojlanishining 

asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. 

Birinchi  bosqich  insonlar  tomonidan  empirik  yo‘l  bilan  to‘plangan  pedagogik 

tajribalarni  umumlashtirish  bilan  bog‘liq.  Ushbu  tajribalar  o‘sha  davrdan  qolgan 

qo‘lyozma manbalarda aks etgan. 

Dastlabki  maxsus  ta’lim  tizimlari  eramizdan  avvalgi  3  ming  yillikda  paydo 

bo‘lgan.  Ushbu  ta’lim  tizimlarida  o‘qitishning  murakkab  bo‘lmagan  shakl  va 

usullaridan foydalanilgan: kattalarning namunasi - kichiklarning taqlidi; ko‘rsatish 

 



o‘quvchilarni  takrorlashi;  buyruq  -  bajarish;  talab  -  bo‘ysunish.  Kattalarni 

yoshlarga  munosabati  shu  tarzda  bo‘lgan.  Bu  tajribalar  nazariy  jihatdan 

umumlashtirilmagan. Dastlabki yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozishga, o‘qishga 

12 


jadval  yordamida  o‘rgatilgan.  Alifbe  harflarni  o‘rgatish  orqali  o‘rgatilgan.  Bolalar 

matnni mexanik ravishda yodlab, keyin aytib berganlar. 




2

 

 



Ikkinchi  bosqich  tarbiya  jarayonini  tendensiya  va  qonuniyatlarini,  mohiyatini 

ifodalovchi  ko‘rsatma  va  qoidalarni  tizimlashtirilganligi  bilan  xarakterlanadi.  Ushbu 

bosqichda  pedagogik  bilimlar  falsafiy  va  siyosiy  bilimlarni  bir  qismi  sifatida 

shakllangan. 

Qadimgi yunon mutafakkirlari Pifagor (e. a. VI a.), Geraklit (e. a. 520-460-y.), 

Demokrit (e. a. 460-370-y. ), Platon (e. a. 427-347-y.), Aristotel (e. a. 384-322-y.) lar 

o‘zlarining  falsafiy  farazlari  bilan  birga  o‘qitish  usullari  va  ta’lim  mazmuniga  oid 

pedagogik  qarashlarini  bayon  etganlar.  Qadimgi  sharq  sivilizatsiyasi  (e.  a.  5-4  ming 

yillik  —  V  a.)da  —  Ikki  daryo  oralig‘i,  Misr,  Hindiston,  Xitoy  —  ta’lim  shakli 

bo‘yicha  bebaho  tajriba  qoldirgan.  Masalan,  qadimgi  Mesopotamiya  (e.  a.  3m.  y.) 

maktablarida  suhbat,  tushuntirish,  ko‘chirib  yozish,  mashq  metodlari  qo‘llanilgan. 

Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda qadimgi Hindiston maktablarida o‘qitishning 

faol  usullari  qo‘llanilgan:  o‘qituvchi  o‘quvchilar  oldiga  turli  maqsadlar  qo‘yib, 

o‘quvchilarni  savollarga  mustaqil  javob  berishga  qiziqtirgan.  Qadimgi  Xitoyda 

Konfutsiy maktabi mashhur bo‘lib (Kun-Szi, e. a. 551-479-y.) unda o‘qitishning turli 

usullaridan  obrazlarga  taqlid,  dialog,  taqqoslash,  predmet  va  hodisalarni 

klassifikatsiyalash kabilardan foydalanilgan. 

Pedagogika  tarixi  bo‘yicha  tadqiqotchilar  ta’lim  nazariyasini  paydo  bo‘lishini 

qadimgi  Rim  oratori  va  oratorlik  san’ati  nazariyachisi  Mark  Fabii  Kvintilian  (ya.  a. 

35-96-y. ) nomi bilan bog‘laydilar. 

Uchinchi bosqich - bu Yevropada o‘rta asrlar maktablarini paydo bo‘lishi. 

To‘rtinchi  bosqich  Uyg‘onish  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Uyg‘onish  davrining 

buyuk  vakillaridan  ispan  filosofi,  psixologi,  pedagogi  X.L.Vives  (1492-1540)ning 

ta’lim  jarayoni  muammolari,  nemis  pedagogi,  klassik  gimnaziya  asoschisi  I.Shturm 

(1507-1587)  ning  jamoada  o‘qitish  to‘g‘risidagi  fikrlari,  italyan  faylasufi  va  siyosiy 

arbobi 


T. 

Kampanella 

(1568-1639)ning 

tarbiya 


to‘g‘risidagi, 

ta’limda 

ko‘rgazmalilikni  qo‘llashga  doir  tavsiyalari,  fransuz  mutafakkiri  M.  Monten  (1533-

1592)  ning  tajribani  ta’lim  vositasi  sifatidagi  tashviqotlariga  doir  g‘oyalari,  golland 

gumanisti  E.  Rotterdamskiy  (1466-1536)ning  mehnatga  munosabat  axloqiylikning 

mezoni sifatidagi qarashlarini misol sifatida keltirish mumkin. 

Beshinchi  bosqich  -  bu  pedagogikani  mustaqil  ilmiy  nazariya  sifatida 

shakllanishi,  chex  pedagogi  Ya.A.  Komenskiyning  nomi  bilan  bog‘liq. 

Ya.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» (1628-y.) asarida pedagogik bilimlarni 

ilmiy fundamentini yaratishga harakat qildi va pedagogikani fan sifatida tizimlashtirdi. 

Oltinchi  bosqich  buyuk  pedagoglar  I.  F.  Gerbart  (1776-1841),  I.G.  Pestalotsi 

(1746-1827),  A.  Disterveg  (1790-1816)  lar  nomi  bilan  bog‘liq,  ular  pedagogika 

fanining tarkibiy qismi sifatida didaktikani rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar. 

Shvetsariyalik pedagog I.G. Pestalotsi - boshlang‘ich ta’lim metodikasining asoschisi 

hisoblanadi; nemis pedagogi va psixologi I.F. Gerbart - ta’lim nazariyasining nazariy 

asoslarini ishlab chiqdi; nemis o‘qituvchilarining o‘qituvchisi A. Disterveg — o‘qitish 

qoidalarini ishlab chiqdi; ingliz olimlari 

E.Bell,  D.  Lankasterlar  hamkorlikda  o‘qitish  amaliyotchilari  va  tashkilotchilari 

hisoblanadilar. 

Yettinchi  bosqich  -  pedagogika  fanini  mustaqil  fan  sifatida  rivojlanishi 

D.Ushinskiy (1824-1870) faoliyati bilan bog‘liq. U birinchilardan bo‘lib, fizio- logik, 

psixologik  bilimlarga  asoslangan  yangi  pedagogik  tizimni  yaratdi,  ta’limni  mantiqiy 




3

 

 



asoslarini ishlab chiqdi, ta’lim va tarbiyaning prinsiplarini asosladi. 

Sakkizinchi  bosqich  -  sobiq  sho‘ro  tuzumi  davrida  pedagogikani  fan  sifatida 

rivojlanish  davri.  1917-1991-yillarda  ta’lim  tizimida  tub  qayta  qurish  yillari  bo‘lib 

o‘tdi. 


Sh.  I.  Ganelin  (1894-1974),  D.  Lordkipanidze  (1905),  B.  P.  Yesipov  (1894-

1967), M. A. Danilov (1899-1973), M. N. Skatkin (1900-1991), I. Ya. Lerner (1917-

1996),  Yu.  K.  Babanskiy  (1927-1987)  lar  sho‘ro  davrining  buyuk  didaktlari 

hisoblanadi. Bu didaktlar pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga, ta’lim nazariyasini 

rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar. 

Ta’lim  amaliyoti  va  nazariyasida  chet  el  pedagog  olimlaridan  amerikalik 

pedagog  Djon  Dyui  (1859-1952)  munosib  iz  qoldirib,  o‘quvchilarning  intellektual 

qobiliyatlari va amaliy faoliyat malakalarini rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan. Chet 

el  pedagoglaridan  ta’lim  nazariyasi  sohasida  pedagogik  maqsadlar  taksanomiyasini 

ishlab  chiqqan  amerikalik  pedagog  olim  B.  Blum  (1913y.)  nomi  mashhur.  Polshalik 

didaktshunos  V.  Okon  (1914y.)  —  muammoli  ta’lim,  umumiy  didaktika;  amerikalik 

pedagog D. Bruner (1915y.) - ta’lim nazariyasi sohasidagi ishlari; Ingliz pedagogi N. 

Bennet  (1920y.)  -  o‘qitish  stillariga  xarakteristika;  Polyak  didaktshunosi  Ch. 

Kupisevich  (1924y.)  -  muammoli  ta’lim,  dastur-  lashtirilgan  ta’lim,  ta’lim 

texnologiyasi, ta’lim nazariyasini ilmiy va amaliy jihatdan boyitganlar. 

To‘qqizinchi bosqich - 1990-yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga 

oladi.  Bu  davr  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’limni  qo‘llashga  qiziqishni  oshganligi, 

ta’limda  pedagogik  texnologiyalarni  va  axborot  kommunikatsiyalarni  qo‘llash 

masalasiga  qiziqishni  oshganligi  bilan  xarakterlanadi.  Pedagogik  innovatsiya, 

monitoring va pedagogik menejmentning nazariy asoslari tadqiq qilindi. 

Respublikamiz pedagogika tarixi sohasidagi olimlarning tadqiqotlariga tayanib, 

O‘zbekistonda pedagogika fanining rivojlanish tarixini 5 bosqichga ajratish mumkin. 




Download 324,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish