MAGNIT OQIMINING MAGNIT YURITUVCHIGA TA’SIRI
Tayanch so’z va iboralar: magnit zanjiri, ideallashtirilgan elementlar, cho’lg’am, ishchi oqim, xususiyatlar, kuchlanish, chiziqlimas, tenglama, magnitlanish egriligi, magnit o’tkazgichning qizishi, chisterezis, uyurma toklar, list material, tavsif, magnit induksiyasi, nosinusoidal, induktivlik, qarshilik, ekvivalent, ferromagnit, tirqish, sozlanuvchi, induktivlik, kompleks ko’rinish, almashlash sxemasi, drossel, stabilizator, rezonans.
Magnit zanjirlar ko’pchilik mashinalar, apparatlar, elektromagnit asboblar va o’lchash texnikasi xamda avtomatika qurilmalarining asosini tashkil qiladi. Masalan, quyidagi rasmda kuchli magnitaviy maydon manbayi xisoblangan va tez-tez uchrab turadigan o’zgarmas tok elektromagniti ko’rsatilgan. Bunda elektromagni taviy energiya mexanikaviy energiyaga va energiyaning boshqa ko’rinishlariga xamda teskarisiga almashinadi. Masalan, o’zgarmas tok sinxron mashinasining rotori chulg’amidan tok o’tganda o’zgarmas“N-S”qutbli magnit maydoni xosil bo’ladi. Bu magnit maydonning kuch chiziqlari rotor va statorning (A.V.S. chulg’amlarini xam kesib o’tib) po’lat o’zaklari orqali tutashadi. Rotor ma’lum ω burchak tezlik bilan aylanganda statorning chulg’amlarida ω chastotali o’zgaruvchan E YU K induksiyalanadi. O’zgarmas tokning elektromagnitaviy maydonidan po’lat buyum va metall siniqlarini tashishda ishlatiladigan ko’targich elektromagnitlar qurishda foydalanilishini misol tariqasida ko’rsatish mumkin.
7.1-rasm. Sinxron mashina magnit oqimlari.
7.2.Ferromagnit materiallar va ularni xossalari.
Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklarni yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o’xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.
Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo’ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallariga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi.
Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki harakatiga asoslangan bo’lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko’rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlparning o’z o’qi atrofida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo’ylab aylanishidan hosil bo’ladi. Ferromagnit hodisasi ba’zi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo’lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o’zaro parallel ravishda bir tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Ba’zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o’n-yuz atom masofasiga teng bo’lgan) da domenlarning o’lchami taxminan 0,001-10 mm3 oralig’ida bo’ladi. O’ta toza materiallarda esa domenlarning o’lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo’ladi.
Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o’qlar yo’nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |