7-mavzu. To’g’irlagichli asboblar Rеjа: 1. To‘g‘rilаgichlаr to‘g‘risidа umumiy tushunchаlаr. 2. O‘zgаrtkichlаrni ulаnish sxеmаlаri. 3. Tеrmоelеktrik o‘zgаrtkichlаr. To’g’rilagichlar to’g’risida umumiy tushunchalar. Magnitoelektrik sistemali asboblar elektr o’lchash asboblariga nisbatan qo’yiladigan ko’pchilik talabga javob bergani uchun ular keng qo’llaniladi. Lekin ularni o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatib bo’lmaydi, chunki ularda qo’zg’aluvchan qismining burilish burchagi asbobdan o’tadigan tokning o’rtacha qiymatiga proporsional bo’lib, bir davr mobaynidagi sinusoidal tokning o’rtacha qiymati esa nolga teng. Agar o’zgaruvchan kattalik (kuchlanish yoki tok) oldin to’g’rilansa, uni o’lchash uchun magnitoelektrik sistemadagi asbobdan foydalanish mumkin bo’ladi. To’g’rilagichli asboblarning ishlash prinsipi mana shunga soslangan. To’g’rilagichli asboblar magnitoelektrik sistemadagi mexanizm va to’g’irlash qurilmasi (to’g’rilagich) dan iborat. To’g’rilagichlar sifatida bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgichli elementlardan foydalaniladi, ya’ni ularda asosan germaniyli va kremniyli diodlar ishlatiladi. To’g’rilagichlar sifatida bir tomonlama o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgichli elementlardan foydalaniladi, ya’ni ularda asosan germaniyli va kremniyli diodlar ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli elementlarning to’g’rilash xususiyati, ulardan o’tadigan tokning yo’nalishini elektr qarshiligiga bog’liq. To’g’rilagichlar to’g’rilash koeffitsienti bilan xarakterlanadi. (=) va dioddan to’g’ri yo’nalishda, ya’ni kichik qarshilik orqali o’tadigan tok, IT esa – teskari yo’nalishda, ya’ni katta qarshilik orqali o’tadigan tokdir.
i~
U~
I=
U=
O‘zgаrtkichlаrni ulаnish sxеmаlаri. Magnitoelektrik sistemasidagi o’lchash mexanizmini o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatish uchun diodli to’g’rilagichlarning asosan ikki xil, ya’ni bitta yarim davrli va ikkita yarim davrli to’g’rilanish bilan ulanish sxemasi qo’llaniladi. Agar magnitoelektrik sistemasidagi asbob quyidagi (1 (a)- rasmda) ko’rsatilgandek qilib, o’zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, undan tokning faqat birinchi yarim to’lqini o’tadi ( b – rasm ). Teskari tomonga qarab D1 orqali toki o’ta olmaydi, lekin u ikkinchi diod (tarmoq) orqali o’tishi mumkin. Agar magnitoelektrik o’lchash mexanizmini zanjiriga (2 (a) – rasmda Agar magnitoelektrik o’lchash mexanizmini zanjiriga (2 (a) – rasmda ko’rsatilganidek qilib, ko’prik sxemasi bo’yicha ulangan to’rtta diod tutashtirilsa,undan bir davr mobaynida tokning ikkita yarim to’lqini ham bir yo’nalishda o’tadi va asbobdan o’tayotgan tokning o’rtacha qiymati, ya’ni asbobning sezgirligi ikki arta ortadi 2- rasm To’g’rilagichli asboblarning afzalligi: - sezgirligi yuqori; - iste’mol quvvati kam. Ularning kamchiligi: - ko’rsatkishi o’lchanadigan kattalikning egri chizig’i shakliga bog’liq. Termoelektrik o’zgartkichlar. Termoelektrik o’zgartkichlar termopara (termojuftlik) va qizdirgichdan iborat bo’lib, magnitoelektrik o’lchash mexanizmi bilan birgalikda termoelektrik asbobni tashkil etadi. Termoelektrik asboblar ikki xil metalldan tayyorlangan (simlardan) termopara va elektr o’lchash mexanizmidan iborat bo’ladi. Simlarning bir uchi bir – biriga kavsharlanadi, ya’ni o’lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi 1 (issiq ulanma), 2.3 uchlari esa (sovuq ulanma) elektr o’lchash asbobga ulanadi (3 (a) - rasm). Simlarning kavsharlangan va asbobga ulanadigan uchlari temperaturasi har xil bo’lsa, termopara bilan o’lchash asbobidan iborat zanjirda elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi. Termoparani, termoelektr yurituvchi kuchni o’lchashda termoelektrik Termoparani, termoelektr yurituvchi kuchni o’lchashda termoelektrik o’zgartkich va uni o’lchash asbobi bilan ulanishining turli usullari qo’llaniladi. (3 a,b,v – rasm) Termoelektrik o’zgartkichning chiqishdagi hosil bo’lgan termoelektrik yurituvchi kuch temperaturaga proporsional bo’ladi, ya’ni E=va o’lchash mehanizmidan o’tadigan tok esa I= teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |