1-Mavzu eksprimental


Psixologiyada motivlashtirish



Download 115,77 Kb.
bet40/46
Sana23.09.2021
Hajmi115,77 Kb.
#183130
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
Ekspriment majmua

Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o'zaro mustahkam bog'langan, lekin bir-biriga to'la mos 
kelmaydigan nisbatan uchta turi tushiniladi. Bu birinchidan individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi 
motiv. Bu sub'yektni faoliyat ko'rsatishga qanday ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi. Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga 
qaratilganligi,  nima  uchun  qandaydir  boshqa  xulq-atvor  emas,  balki  xuddi  shunaqasi  tanlanganligini  izohlab  beradi.  Uchinchidan 
motivlashtirish  kishi  aloqa  va  faoliyatni  o'zi  boshqaradigan  vosita  hisoblanadi.  Bu  vositalarga  emosiyalar,  istaklar,  qiziqishlar  va 
boshqalar kiradi. Jumladan, emosiya u yoki bu axloq aktining shaxsiy mohiyati hisoblanadi. Motiv  va  motivatsiya  muammosi  jahon  psixologiyasida  turli  tuman  nuqtai  nazardan  yondoshish  orqali  tadqiq  qilib 
kеlinmoqda. Motivning tadqiqot tarixidan kеlib yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini 
ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o`ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli 
ekanligi ilmiy manbalarda ta'kidlab o`tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo`zg`atuvchilar va qo`zg`ovchilarning barcha 
turlari  (ko`rinishlari,  modalliklari,  shakllari)ni  o`z  ichiga  oladi  (chunonchi  motivlar,  ehtiyojlar,  qiziqishlar,  maqsadlar,  intilishlar, 
motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). 
S.L.Rubinshtеyn motivning psixologik mohiyati to`g`risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali 
hosil  bo`ladigan  dеtеrminatsiyadir;  motiv  –  bu  shaxs  xulq-atvorining  kognitivistik  jarayonini  bеvosita  tashqi  olam  bilan  bog`lovchi 
sub'еktiv tarzda aks ettirish dеmakdir. Shaxs o`zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo`ladi. Insonning xulq-atvorini 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo`luvchi motivlar shaxsning tuzilishida еtakchi o`rin egallaydi. Motivning tuzilish tarkibiga 
shaxsning yo`nalishi, uning xaraktеri, emotsional holati, qobiliyati, ichki kеchinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya 
fanida to`plangan nazariy ma'lumotlarning ko`rsatishicha, shuningdеk, bir qator psixologlarning fikricha, xaraktеr shaxs motivlarining 
dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, dеgan ta'limot mavjud

Odamdagi barcha psixik jarayonlar uning harakatlari orqali namoyon bo’ladi. U yoki bu yumushni bajarish bilan bog’liq harakatlar odamdan gayrat va shijoat talab etadi. Inson gayrat, faol harakatlari tufayli uz vujudi extiyojlarini qondiradi, uz kudrati imqoniyati bilan yashash uchun zarur bo’lgan noz-ne’matlarni bunyod ztib, o’zini muxtojlik yukchillik balosidan xalos qiladi. Shunday ekan, insonning sixat, saodati, kanoati, sabri, fazilati, xar-xil butun hayoti harakatlar darajasiga bog’liqdir. Faol harakatli shaxslar uz maqsadlariga tez yetadilar, ularning barcha orzulari albatta ushalaveradi.

Faollikning teskarisi yalkovlik dangasalik bo’lib, irodaning bu salbiy sifatlari inson baxti va saodatining ofati xisoblanadi. Sustlik yalkovlik ishyokmaslik odam hayotini xor-zor etadi, uni yashash lauzatidan maxrum qiladi. Inson hayoti davomida ko’chi yetganicha ishlamogi kerak. Inson bu dunyoning moddiy va ma’naviy lauzatlaridan baxraman bulsin, deb unga mexnat qilish baxti ato etilgan. Sabot va matonat bilan qilingan mexnat odam hayotiga zavk va shavk bagishlaydi. Shunday kiyaib, iroda shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini tuta bilishida ifodalanadigan, maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruxiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faollikdir. Iroda ob’yektiv yukchilikni, jamiyatdagi, boshqa shaxslar hayotidagi zaruriyatni aks ettirishning aloxida tomonidir. Iroda shaxsning ixtiyoriy faolligi bo’lib, uning namoyon bo’lish darajasi ob’yektiv sabablar, hayot tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.

Anglab olingan maqsadni istalgan niyatni amalga oshirishda odam bir qancha tusiklarga va qarama-qarshiliklarga duch keladi. Ana shu tusiklarni yengish uchun ko’rash shaxsda irodaviy zur berish tugdiradi. Qiyinchiliklarga qarshi ko’rashishda paydo bo’ladigan irodaviy zur berish odamga katta kuch baxsh etadi. Odam qiyinchiliklarga bardosh berish jarayonida xama vat xam yuzaga chikmaydigan kuch-kuvvatni safarbar etadi. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarada turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo’linadi:

Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.

Irodaviy xarakaglarga xos salbriy sifatlar.

Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta bilish, dadillik qat’iyat, chidam, tokat, mustaqillik kabilardan iboratdir.

O’z-o’zini tuta bilish shaxsning uz burchini utashini, maqsadini ruyobga chiqarishda uchraydigan qiyinchilik va qarshiliklarni mardonovor yengipshda ko’rinada. Ko’rsatilgan jasorat yuksak irodalilikning namunasidir. "Oltin zanglamas" (Shuxrat) romanining Sodikning jasorati xam taksinga loyikdir. U og’ir axvolda yotishiga, dalaning sovuk va izgirinli shamoliga, masofaning uzoq bo’lishiga qaramay, binoni xavfsizlantirish chorasini amalga oshiradi, necha yuzlab soldatlarimizning sog-omon kelishini ta’minlaydi. Uz burchini utash yo’lida barcha qiyinchiliklarga bardosh beradi. Mashina bormasa bormasin, baribir boraman!" - dedi Sodik gazabdan kuzlari chaknab. Bu asabiylikdan boshi zirkirab ketdi, qo’llari bilan ikki chakkasini changalladi. Dadillik, botirlik, jasurlik, dovyuraqlik mardlik, kaxramonlik kabi sifatlarni xam ifodalaydi. Bu sifatlarni xar biri uz moxiyatiga egadir. Dadillik shunday sifatki, bu sifatga ega bo’lgan odam oldinda xavf-xatar borligini bila turib unga tomon boraveradi.

Dadillik o’zini tuta bilish bilan maxkam bog’liqdir. Inson avval harakat kalishi uchun avvalo o’zini tuta bilishi kerak.

Jasur shaxslarda burch xissi erkaqlik qilishga yo’l qo’ymaydi. Ular zarba ostida qolganlarida yoki muzaffaqlyatsizlikka uchragan paytlarida bu sifat ularga mazza bagishlaydi.

Dovyuraqlik odamning xavf-xatarli ishga tomon borishiga yoradm beradi, uni mardlik ko’rsatishiga otlantiradi. Dovyurak odam xavfli vaziyatda ko’rashni bilmaydigan- kishigina emas, balki unda qo’rquv paydo bo’lsa xam,, zarur deb bilgan ishni qila oluvchi odamdir.

Odam o’zining faoliyatlari davomida tashqi muhitdgi narsa va hodisalarni bilibgina qolmay, balki aktiv harakat qilib, bu narsa va hodisalarni o’zgartiradi. Odam har doim ma’lum harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo’lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo’lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlar. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko’pincha impulsiv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo’talish, chuchko’rish, ko’z qovog’ining ochib-yumilishi va shu kabilar. Bunday harakatlarni odam oldindan o’ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo’lmaydi.

Ixtiyorsiz harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar iroda bilan bog’liq bo’lgan harakatlardir. Ixtiyoriy harakatlar oldin belgilangan maqsad asosida, to’la ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlardir.

Iroda deganda biz, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’sqinliklvrni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunamiz.

Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlar odamga rasmiy yo’l bilan tug’ma ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma’lum sabablar asosida vujudga keladilar. Irodaviy, ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv-fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to’la ongli harakatlar bo’lgani uchun bosh miya po’stida yuzaga keladigan optimal qo’zg’alish manbalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan bog’liqdir.

Irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv sistemasining umumiy sog’lom holati ham juda katta ahamiyatga egadir.

Irodaviy harakatlarning asosiy momentlari.

Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni qo’yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu maqsadga erishtiruvchi yo’l-yo’riqlar belgilangandan so’ng odam ma’lum qarorga keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro etishda ko’rinadi.

Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari qo’yvdagilaradn iborat:

a) iroda kuchnining namoyon bo’lishi maqsadning aniqligiga bog’liq;

b) xar qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi;

i) maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda o’sadi;

g) irodaviy sifatlar xoxash va istakka bog’liqdir;

a) shaxs mexzatining, faoliyatining takrorlanishi va rag’batlantirilishi undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi.

Shuvday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni bajarishga qarqtilgan ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb aytiladi.

Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan zo’r kuch talab qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini aniqlashda va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda motivlar ko’rashi paydo bo’ladi. Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli odamlar motivlar ko’rashini qat’iyatlik bilan tez hal qiladi, aksincha, irodasi bo’sh odamlar motivlar ko’rashini cho’zib yuboradi yoki mustaqil ravishda hal qila olmaydi.

Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo’liqadigan qarshiliklar har xil bo’ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar odamning o’ziga xos bo’lgan, uning ichki dunyosiga xos bo’lgan qarshiliklardir. Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o’qishga kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo’sh odamlar ana shuni uddasidan chiqa olmaydi.

Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o’zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay kelishiga qaramay, ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori hosil yetkazmoqdalar.

Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, irodaning ijobiy sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o’zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy sifatlari esa-qat’iyatsizlik, ikqilanishlik, mustaqilsizlik, o’zini tuta olmaslik kabilardan iboratdir.

Irodaning ana shu sifatlari amalga tug’ma ravishda berilmaydi. Irodaning barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali tarzda beriladigan ta’lim va tarbiyaning natijasidai. Shuning uchun odam har doim o’zining imqoniyatlarini hisobga olgan holda biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi kerak.

Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning katta roli bor. Shaxs o’zining maxkam bog’langan deb his qiladigan jamoada o’zi uchun ibratli xatti-harakatlari namunalarini kiradi. har qanday uyushgan jamoa o’z a’zolari oldiga o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o’rtoqlari va do’stlariga nisbatan mexribonlik, g’amxo’rlik qilish, o’z jamoasiga dog’ tushirmaslikka intilish talablarini qo’yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini shunday vaziyatga soladiki, u o’zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga kelishga, o’zini mustaqil ko’rsatishga, o’zini tuta bilishga harakat qiladi.

Shaxs shu tarzda o’z jamoasining topshiriqlarini, talablarini bajarishga va bu hol o’z hayotida unda mustaqillik prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib keladi.

Kishining  irodasi  o`z  sifatlari,  ya`ni  kuchi,  axloqiyligi,  mustaqilligi  jihatidan  ayrim  hollarda  turlicha 

namoyon  bo`ladi.  Iroda  ma`lum  kuchga  ega  bo`ladi,  ba`zi  hollarda  irodasi  kuchli,  boshqa  hollarda  esa 

kuchsiz  namoyon  bo`ladi.  Kuchli  irodaga  kosmonavtlarning  irodasi  misol  bo`ladi.  Kishi  irodasining 

kuchsizligi  uning  juda  arzimas  qiyinchiliklarining  ham  enga  olmasligida  ko`rinadi.  Masalan,  biror  ishni 

bajarishga  yoki  biror  ishni  boshlashga  o`zini  majbur  qila  olmaydi.  Iroda  kuchi  -  o`zini  tuta  bilishda, 

jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan 

maqsadlarining  amalga  oshirishga  qarshilik  qiladigan  ichki  holatini  engishda  ko`rinadigan  irodadir. 

O`zini  tuta  bilish  og`riq  hissini,  toliqish,  qo`rquv  va  g`azabni  engishda  namoyon  bo`ladi.  O`zini  tuta 

bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayoti va 

omonligi  uchun  xavfli  bo`lgan  qarshiliklarni  engishda  ko`rinadigan  kuchli  iroda.  Masalan,  parashyutchi 

har  gal  sakraganda  dadillik  qiladi.  Dadillik  o`zini  tuta  bilish  bilan  bog`liqdir.  Mustaqillik  -  irodaviy 

harakatlar  motivlarida  va  shu  bilan  birgalikda  qaror  qabul  qilishda  namoyon  bo`ladi.  Mustaqillikning 

mohiyati  shundan  iboratki,  odam  o`zining  ish  -  harakatlarining  tevarak  -  atrofdagilarining  tazyiqi, 

tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish 

to`tish  kerakligi  haqida  tasavvurlariga  asoslanib  belgilaydi.  Mustaqillikning  qarama  -qarshi  tomoni 

tasirlanuvchanlikdir.  Bu  shundan  iboratki,  bunda  odam  o`zgalarning  ta`siriga  tez  beriladi,  hamda  uning 

harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan 

ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga 

oshirishni  ta`minlovchi  g`oyat  muhim  sifatdir.  Qat`iylik  odamdan  uzoq  vaqt  davomida  hech  bir 

pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi 

qiyinchiliklar  odamni  hayiqtirmaydi,  og`ishmay  intila  boradi.  Qaysarlik  -  odam  oqilona  asoslarga  ega 

bo`lishga  qaramay  harakat  qilish  illatidan,  ilgari  oz  o`ylab  qabul  qilingan  qarordan  voz  kechish 


qobiliyatiga  ega  bo`lishidir.  Qaysarlik  real  sharoitga  tik  qaramay,  o`zgargan  vaziyatga  epchillik  bilan 

moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi. 

Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi: 

1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish. 

2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish. 

3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash. 

Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. 

Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib 

borish  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  o`smir  o`z  oldiga  o`zida  layoqat  bo`lmagan  qobiliyatni 

rivojlantirishni  maqsad  qilib  qo`yishi  mumkin.  Bolalarda  irodaning  rivojlanishi  motivatsion  va  axloqiy 

sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning 

qo`shilishi  -irodaviy  sifatlarning  rivojlanishiga  juda  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Iroda  asosan  o`smirlik  va 

o`spirinlik  davrida  jadal  sur`atlar  bilan  rivojlana  boshlaydi.  Irodani  tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalashda 

badiiy  adabiyot  va  kinofil’mlarning  o`rni  katta.  Biroq  ota  -  ona  va  pedagoglarning  o`rnini  hech  narsa 

to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun 

hayotiy  talablarga  to`g`ri  amal  qilishdir.  Irodali  kishi  o`z  vaqtining  xo`jayinidir.  O`z  faoliyatini  oqilona 

tashkil  etadigan  kishi  o`z  ishini  shoshilmay  bajarishi,  faoliyati  esa  uyushqoqlik  va  maqsadga 

yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin. 

Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi.

Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida juda katta rol o`ynaydi. O’yin bolalar irodasini o`stiruvchi va ahmlo’chi omillardan biridir. Bolalar o’zlarining turli-tuman o`yinlarida o`z oldilariga ma’lum maqsadlarni qo`yadilar, ba'zan uchrab qolgan to`siqlarni yengib, ko`zlagan maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o’stirish va mustahkamlashda rollarga bo`linib o`ynaydigan hamda qoidali o`yinlarning ahamiyati g’oyat kattadir. O`yin qoidalariga rioya qilishda o’z iroda kuchini ishga solishga to`g`ri keladi, chunki bola o`yin paytida o`zining harakatlarini o’ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi kerak. Kichik guruh bolalari esa buning uddasidan chiqa olmaydilar, ya'ni o’yinga to’la rioya qila olmaydilar. Shuning uchun ular qoidali o`yinda qatnashganlarida juda sodda sohani bajaradilar. Masalan, "poezd" faqat passajir (yo’lovchi) rolini o`ynaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o’stirish va mustahkamlashda ularni mehnat mashg`ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir. Bolalarga biron mehnat topshirig`i berilsa, ular ayni chog’dagi o’zlarining mayl-xohishlarini engib, mehnat topshiriqlarini o`z vaqtida bajarishga intiladilar. Ular ko`pincha hatto o’ynab turgan o’yinlarini ham to`xtatib, topshiriqni bajarishga kirishadilar. Bu esa ularda irodaviy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Bolalardagi irodaviy harakatlari rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o’ziga xizmat qilish, supurish-sidirish, guruhda navbatchilik qilish, poliz ekinlari, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini ham sistemali ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi.

Bog`cha yoshidagi bolalarning biron maqsadni aniqlash va biron qarorga kelishlarida motivlar kurashi ham ko’rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog`cha bolasiga ikkita o’yinchoqni ko`rsatib, shulardan birini tanlab olish taklif etilsa, u darrov tanlab ololmaydi. U qo`lini goh u o’yinchoq, goh bu o`yinchoqqa cho'zadi. Bunday holda juda sodda bo'lsa ham motivlar kurashi yuzaga keladi, bola qaysi bir o’yinchoqni olish haqida qarorga kelolmaydi. O’rta va katta guruh bolalari esa biron o`yin o`ynashni tanlashda (ya'ni o’yin maqsadini aniqlashda) anchagina tortishadilar.

Bog’cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik, mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bog`cha yoshidagi bolalar bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya’ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada bo`lmaydi, o`rta va katta yoshda ko’rinadigan ba'zi iroda sifatlari (qat’iylik, mustaqillik kabi) ko`pincha epigodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to`sqinlik uchrab qolsa, o’zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og`irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu sababli bunday to’sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kattalarni yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom etadigan to`sqinli dami yengishga bog`cha yoshidagi bolalarning chidamlari etmaydi. Bajarayotgan ishlari ularni juda qiziqtirsa, ular uzoq davom etadigan to`sqinliklarni ham chidam bilan yengishga harakat qiladilar.

Shunday qilib, bog’cha yoshida bolaning irodaviy harakatlari har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ularni maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi o`qish jarayoni dastavval bolalardan irodaviy (ixtiyoriy) harakatlarni va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bo`lishini talab qiladi. Agar bolalar o’z xatti-harakatlarini o`zlari idora eta olmasalar maktabning qat'iy tartib-qoidalariga rioya qila olmaydilar. Natijada ularga sistemali bilim berish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalariga har xil topshiriqlar berish orqali ularning irodalarini tarbiyalab borishlari zarur.

Bog’cha yoshidagi davrda bolalarning malaka va odatlari rivojlanib boradi. Dastavval ilk yoshdagi bolalarda (chaqaloqlarda) malaka ham, odat ham bo’lmaydi. Malaka va odatlar odamning intlividual hayoti davomida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik bo`lganda o’tirish, yoshiga to’lgach yurish malakasi, uch yoshga yaqinlashgach esa mustaqii kiyinish, echinish, ovqatlanish malakalari hosil bo'lib boradi.

Bog’cha yoshidagi bolalarda juda sodda bo’lsa ham ayrim mehnat malakalari, ya'ni guruhni ozoda va tartib bilan yig`ishtirish, gullarni parvarish qilish, idish-tovoqlarni yuvish va artish malakalari tarkib topa boshlaydi. Bog’cha yoshida bolalarga gigienik madaniyat odatlari, ya'ni yuz-qo’llarni yuvish, ozoda kiyinish hamda ijobiy, axloqiy odatlar tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalarning ularga o’rnak ko`rsatishlari juda katta ahamiyatga egadir.

Katta yoshdagi bog`cha bolalarida bog`chada o’tkaziladigan sistemali mashg`ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o`qish jarayoni bilan bog`liq bo’lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish mashg’ulotlarida qalamni to`g`ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona tili mashg`ulotlarida birdan o’ngacha sanash va boshqa malakalarga ega bo'la boradi. Ana shunday malakalarni tarkib toptirishda mashqning roli kattadir. T.V.Limiy mashg’ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday bajarilishini oldin o’zi ko’rsatishi va undan so’ng bolalardan talab qilishi kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash, yozish va o`qish malakalari hosil qilinadi.



Umuman, malaka va odatlarning inson hayotidagi roli bag`oyat katta. Buni biz maktabga bog’chadan va to`ppa-to’g’ri uydan kelgan bolalarning taraqqiyot darajalari o`rtasidagi farqdan yaqqol ko`rishimiz mumkin.


Download 115,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish