imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi nazariyalarning
shakllanishiga olib keladi.
Eksperiment oldindan aytilgan nazariyani tekshirib ko‘rish uchun qo‘yiladi. Nazariya
ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy elementlari bir-
birini rad etadi. Nazariya bazasida uning tushunarli haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko‘plab shakllar noempirik (nazariy) bilish: qonunlar, klassifikatsiyalar va
turlari, modellar, sxemalar, gipoteza (farazlar ) dan iborat. Har bir nazariya o‘zida
quyidagi tarkibiy qismlarni ochadi: 1.Empirik oqibatlar poydevori ( dalillar, empirik
qonun-qoidalar ) 2. Bazis- ko‘plab birlamchi ( faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma
faraz ) bu nazariyaning fikriy ob’ekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab nazariyalar qaysiki
asosiy nazariy bilimlarni mustaxkamlaydi.
Nazariy bilimlarning tarkibiy qismlarini kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning
empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning
ideallashtirilgan ob’ekti o‘zi bilan
(tanish)
aniqlikning
tanish-ramziy
modelini
yaratadi.
qonunlar
nazariyani
shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas ideal ob’ektni tariflaydi. Uslubiy
qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan,
nazariyaning ramkasi bo‘lmish isbot talab etmaydigan, zarur va etarli bo‘lgan
aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, farazlarni empirik, induktiv asoslarning
bo‘lishi. Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal
tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L.
Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. SHakliy
nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning to‘zilishida namoyon bo‘ladi. Bu
nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar
nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada
ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi.
Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim
bo‘ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib
chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi.
Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki
undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada
sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir
qancha sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R.
Kettell modeli, “Katta beshlik”).
Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad
etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb
hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili:”Fan o‘zi bilan
anarxistiklikni vujudga keltiradi,nazariya qonunlar asosida har doim progressiv
rivojlanishda bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va xarakat orasidagi
munosabatni abstrakt tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to‘sqinlik qilmaydi, bu
“ Hammani qo‘yib Yuboramiz “ deb ataladi. Masalan, biz gepotezalarni qo‘llashimiz
mumkin, bular nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo‘lishi
lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin “(Feyerbend .P, 1986 )
Do'stlaringiz bilan baham: