12
SHkalalashtirish-psixik
holatlarni
o`lchash
uchun
qo`llaniladigan
eksperimental va matematik usullar yig`indisi;
Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so`z orqali ifodalaganda sub`ektivlik
holatlari bo`lishi muqarrar, bunday sub`ektivlik holatlari muddatidan avval xulosa
chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo`ladi. Sifat jihatdan
o`rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o`rtasidagi farq va
o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to`la holda ta`riflashda qiyinchilik tug`diradi.
Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi xatolar bo`lishi
mumkinligini aniq ko`rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy
tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo`llaniladi. Ana shunda sub`ektivlik holatlariga
barham berilib, shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga
bog`liqlikdan xalos bo`ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi.
Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida
aniqlashni bilish juda muhimdir.
Psixologiya matematik fan bo`la oladimi?
Psixologiyani matematikalashtirish - uning barcha sohalariga tarqaladi.
Psixologiya yaqin kelajakda qay darajada eksperimental fan bo`lsa, shu darajada
matematik fan ham bo`lib qoladi.
Psixologiyani matematikalashtirishning ahamiyati qanday?
Tadqiqot
metodikasini
tanlashdan
avval
eksperimentator
nimani
o`rganayotgani, olingan natija amaliy va tadqiqotchilik vazifasi talablariga mos kela
olishini tasavvur qila olishi kerak bo`ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi,
ishonchliligi va ob`ektivligini isbotlash uchun zarur bo`ladi. Metodikaning validligi
deganda uning tadqiqot predmetiga adekvatligi (mosligi) tushuniladi. Miqdoriy
validlik ushbu metodika natijalari bilan tashqi o`lchovlarning o`zaro aloqasini
aniqlashda namoyon bo`ladi. Masalan, ta`limning muvaffakiyati –o`quvchining
intellektual taraqqiyoti bilan bog`liq bo`ladi. SHuning uchun ham tashqi o`lchov
sifatida uning o`zlashtirishini olish mumkin. Aytaylik, talabalarning aqliy
rivojlanishini o`rganish uchun test topshiriqlari va o`zlashtirish bahosi o`rtasida
ijobiy aloqa mavjud bo`lsa, qo`llanilgan metodika validlikka ega bo`ladi.
Metodikaning yana bir muhim xususiyati uning ishonchliligi bo`lib, ushbu
metodikaning o`lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo`ladi.
Metodikaning ob`ektivligi o`lchash natijalarining undan foydalanuvchi
shaxsga bog`liq emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini
tekshirish maqsadida turli statistik o`lchovlardan foydalanish mumkin bo`ladi.
Har qanday metodikadan ham tajriba jarayonida foydalanish
mumkinmi?
O`lchov nazariyasi fikricha psixologiyada qo`llaniladigan barcha o`lchov
usullari psixologik o`lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: