EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda
ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va
modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy
jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’ektga (individ, populatsiya,
biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan
taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o’zgarishiga qarab xulosa
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt
taqqoslashsiz olib borilmaydi.
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi,
shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi
nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Modelь “ishlamay qolsa”, ya’ni
haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va
yaxshilash zarurligini aytib beradi.
1