1-mаvzu: «Dinshunoslik» fаnigа kirish. Mа’ruzа rejаsi


Jonivorlar va qushlarga sig’inish



Download 312,41 Kb.
bet2/6
Sana11.11.2019
Hajmi312,41 Kb.
#25583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik ma'ruza (lotin)

Jonivorlar va qushlarga sig’inish


BO’RI. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo’lgan yosh go’dakni bo’ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham turklarning ko’k bayrog’ini bo’rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo’rining mo’’jizaviy ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha saqlanib qolgan. Yaqin-yaqingacha ayrim tog’da yashovchi xalqlar orasida o’ldirilgan bo’rining a’zosidan tumor yasab, bo’yinga osib yurilsa, erkak kishining ayollar orasida obro’-e’tibori baland bo’ladi degan tasavvur yoyilgan. Andijon viloyatida yashovchi qipchoklar orasida ayollar ko’zi yorishini yengillatish maqsadida unga quritilgan bo’ri yuragidan berishgan.

OT. Otga sig’inish turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo’lgan. Buni Janubiy Qirg’iziston tog’laridagi qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko’rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki dexqonchilik bilan shug’ullanuvchi o’troq aholi orasida ham keng tarqalgan. Bronza davrida yasalgan hanjarlarning dastaklarida otlarning tasvirlari tushirilgan. Ilk tosh davrida mayyitlarni otlar bilan birga dafn etish odatlari keng tus olgan. Otni muqaddaslashtirish islomiy asotirlarga ham kirib kelgan. O’ratepa (Tojikiston), Aravon (Janubiy Qirg’iziston)da xalifa Alining afsonaviy oti Duldulning toshdagi tuyoq izlari muqaddas sanaladi. XIX asrda qozoq qabilalari orasida vafot qilgan kishining ma’rakalaridan keyin marhumning qurbon keltirilgan sevikli otining bosh suyagi qabr yodgorligi yoniga qo’yilgan. Hozir ham ushbu xalqlar orasida marhumning ma’rakasiga so’yilgan otning bosh suyagi qabr tepasiga tashlab ketiladi.

QORA MOL. Qadimgi Avesto matnlarida muqaddas ho’kiz timsoli tasvirlanib, uning tanasidan har xil boshoqli ekinlar va shifobaxsh giyohlar, urug’idan esa foydali jonivorlarning barcha turlari tarqalganligi haqida so’z yuritiladi. G’arbiy Turkmaniston hududlarida qadimgi zamonlarda yasalgan qora mol haykalchalari uchraydi. Qozog’iston va Qirg’iziston hududlarida bronza va ilk temir davrlarida qoyatoshlarga bitilgan ho’kiz tasvirlari saqlanib qolgan.

QUSHLAR. Rivoyatlarga ko’ra, o’zlarini O’g’izxon avlodlari deb hisoblagan o’g’iz-g’uzlar yoki turkiy o’g’izlar yomonliklardan asrovchi bobolar timsolini qushlarda ko’rishgan. Qirg’iy, burgut, lochin, qarchig’ay kabi qushlar qabila a’zolariga baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzod hisoblanib, ularni otish qat’iyan man etilgan.

Turklarda suv qushlari koinotning turli qismlari – osmon, yer va suv orasidagi vositachi hisoblangan. Qarg’alidan topilgan shaman ayolning bosh kiyimini g’oz va oqqush patlari bezab turgan. Qirg’izistonda So’n-ko’l atrofidagi qoyatoshlarga o’yib ishlangan suvda suzuvchi qushlar (balkim g’ozlar) galasi tasviri tushirilgan. Qozoq va qirg’iz xalqlari asotirlarida muqaddas Umay qush qiyofasida tasvirlanadi.

O’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman xalqlari qadimdan shu paytgacha ukki, boyo’g’li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonadilar. Shu sababli kichik yoshdagi o’g’il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. O’rta Osiyo o’troq xalqlari orasida qirg’ovul, tovus, xo’roz muqaddas qushlar deb sanalgan.

DARAXTLAR. Archa va chinor daraxtlari juda qadimdan muqaddas kuchga ega ob’ekt sifatida e’zozlangan. Ana shu daraxtlar islom davrida avliyolar mazoriga aylangan. Ularga qizlar o’z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga alam bog’lab, armonlarining ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O’zbekiston va Tojikistonda chinor daraxti g’oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o’tin sifatida yoqishga ham qo’rqadilar.

Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti aka-uka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog’idagi bahaybat chinorning to’rt metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Buruchmulla qishlog’ida odatdan tashqari katta chinorni ziyoratga keluvchilarning keti uzilmaydi.

Anor daraxtining ramzi baraka, hosildorlikni ifoda etadi. Qadimgi sopol buyumlarda Anaxita ma’budasi ko’pincha anor mevasi timsolida tasvirlangan. VI-VIII asrlarda yaratilgan Afrosiyob naqshlarida ana shu daraxt tasvirlari ko’plab uchraydi. O’rta Osiyoning janubiy qismidagi ayrim qishloqlar ahli anor bolaning tug’ilishida ko’mak beradi deb hisoblaydi. Popopchi chevar ayollar anor daraxti tasvirini matoga to’qish jarayonida uning baraka va mo’l hosil ramzi ekanligini ifoda etmoqchi bo’ladilar.

Na’matakni qadrlash keyingi yillarda Tojikistonning bir qancha tumanlarida qayd qilindi: yangi yil arafasida uy egasi na’matakning bir bog’ini shipga osib qo’yadi. Bu orqali ular na’matak kelasi yil don ekinlaridan mo’l-ko’l hosil olish imkonini beradi, deb ishonadilar. Shunday qilib, jonivorlar va o’simliklarga sajda qilishning ildizi ming yilliklarga borib taqaladi.



TANGRICHILIK. Qadimgi turklar dini asosini Tangriga (Samo) va Zaminga (Er-Suv) sig’inish tashkil etadi. Bunda Samoga sig’inishga asosiy e’tibor berilgan. Tangrining xohishi bilan xoqonlar elni idora qilgan. Shuningdek, Tangri xohishi bilan zafar quchganlar yoki mag’lub bo’lganlar.

Ahamiyat jihatidan undan keyingi o’rinni ma’buda Umay – oila va bolalar himoyachisi egallagan. Shuningdek, turkiy tillarda so’zlashuvchi qabilalarning e’tiqodlari ichida salmoqli o’rinni muqaddas tog’lar va g’orlarga ziyorat qilish tashkil etadi.Turkiy asotirlarga ko’ra, Ona bo’ri turklar ajdodini g’orda tuqqan. Shu sababli buyuk xoqon bir yilda bir marotaba tog’dagi g’orlarga kelib, qurbonlik qilgan. Turkiy xalqlar tasavvurlarida yer-suv, o’rmon va tog’larni ko’pdan-ko’p arvohlar egallab turadi. Vaqti-vaqti bilan qurbonliklar keltirib, ularni tinchitib turish lozim bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra, yer osti saltanati mavjud bo’lib, o’lgan kishining ruhi u yerga ko’chib o’tadi va uni o’lim xudosi va yer osti hukmdori Erklig boshqaradi. Ko’pgina yozma manbalar olovning muqaddasligi, olov bilan poklanish to’g’risida, ilohiy kuchga ega bo’lgan Yada toshi vositasida go’yo yomg’ir yog’dira oladigan turk afsungarlari haqida ma’lumotlar beradi.

Qadimgi turkiylar e’tiqodiga ko’ra, Tangri o’ziga bir qator ko’makchi ma’budlarni ham yaratgan. Jumladan, ushbu panteon Umay (Jumay, ona ma’buda), Erlik (ota ma’buda), Yer, Suv, Olov, Quyosh, Oy, Yulduzlar, Havo, Bulut, Shamol, To’fon, Momoqaldiroq, Chaqmoq, Yomg’ir, Kamalak ma’budlaridan iborat bo’lgan. Tangri Yer va boshqa ruhlar (Yurt egasi, Suv onasi) bilan Yer olami ishlarini hal qilib, barcha jonzotlarning umrini belgilagan. Yerda hayotning sababchisi bo’lgan Umay ma’budi ayol qiyofasida va "hayot onasi" deb e’zozlangan. Erkak jinsidagi Erlik o’lim sababchisi bo’lib, uning makoni Yerosti olami hisoblangan.

Tangrichilikka ko’ra, olam 3 qavatdan iborat. Yuqori olamning hukmdori, bosh ilohi Tangri hisoblangan. O’rta olamni Yer-Suv, Quyi olamni Erlik (Erklig) boshqargan. Tangri samodan turib dunyoni o’z izmiga solgan: insonlarning taqdiri, tabiat hodisalari, hoqonlarga donolik va hokimiyat va b. U o’z xohish istagini so’z bilan ifodalagan, ammo hukmini tabiat orqali bildirgan.

Ma’lum davrlardan boshlab O’rta Osiyo aholisi orasida eski diniy tasavvurlar bilan bir qatorda boshqa sivilizatsiyalar doirasida shakllangan buddizm, yahudiylik, xristianlik, manixeizm va islom diniy tizimlari ham tarqala boshladi.

2-masala bayoni: Zardushtiylik. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib borishi bilan diniy qarashlar ham o’zgara bordi. Diniy afsonalar mazmuni, diniy-e’tiqod amaliyoti ham o’zgardi.

Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda paydo bo’lgan din - zardushtiylik - o’tga sig’inish, Markaziy Osiyoda eng keng tarqalgan diniy tizimlardan biri edi.

Zardushtiylik dini asosida foniy dunyoni yaratuvchi xudoning yagonaligi g’oyasi yotadi. U o’zining haqiqatini yetqazish uchun odamlar orasidan unga samimiy e’tiqod qilgan Zardushtni tanladi. Zardusht-Mazda Yasna dini payg’ambarining nomi. Zardushtiylik bu diniy ta’limotning shartli nomi bo’lib, birinchi targ’ibotchisi nomi bilan atalgan.

O’tmishdа Zаrdo’shtning vа «Аvesto» ning vаtаni qаerdа bo’lgаnligi to’g’risidа bаhs-munozаrаlаr bo’lib ikki xil fikr ilgаri surilgаn. Birinchisi «G’аrb nаzаriyasi» bo’lib, bu nаzаriya tаrаfdorlаri xozirgi Eron xududidа joylаshgаn Mediа Zаrdo’sht vаtаni, Zаrdo’shtiylik dini аnа shu erdа yuzаgа kelgаn vа boshqа o’lkа xаlqlаri o’rtаsidа tаrqаlgаn, degаn fikrni ilgаri surib kelmoqdаlаr.

Ikkinchi fikr «Shаrq nаzаriyasi» deb yuritilib, bu nаzаriya tаrаfdorlаri Zаrdo’shtning vаtаni vа zаrdo’shtiylik dinining yuzаgа kelgаn, ilk tаrqаlgаn joyi qаdim Xorаzm bo’lgаn deb e’tirof etаdilаr.

Ko’p yillik bаhs-munozаrаlаrdаn so’ng pirovаrdidа o’ttizdаn ortiq xorijiy аvestoshunos olimlаr vа o’zimizning tаdqiqotchi olimlаrimiz Zаrdo’shtning vа «Аvesto» ning vаtаni O’zbekiston, qаdim Xorаzm bo’lgаn degаn qаt’iy bir fikrgа kelgаnlаr. Tаdqiqotchi olimlаrning bundаy yakdillik bilаn chiqаrgаn xulosаlаrini YUNESKO hаm tаsdiqlаgаn.

Shundаy qilib, zаrdo’shtiylik Mаrkаziy Osiyodа shаkllаnib, keyinchаlik Eron vа boshqа o’lkаlаrgа tаrqаlgаn.15

Zаrdo’sht so’zining lug’аviy mа’nosi turlichа izohlаnib kelinаdi. Bir tа’birgа ko’rа «Sаriq, tillа rаng sohibi (egаsi)»; boshqа bir tа’birgа ko’rа «Zаrrin yorug’lik egаsi»; yanа bir tа’bir bo’yichа «Oq tuyalik, tuya boquvchi» demаkdir. Bа’zi tаrixiy mаnbаlаrdа bu nomning mа’nosi – «yulduz o’g’loni» deb tа’riflаngаn.

Zаrdo’sht insoniyat xаloskori sifаtidа mаydongа chiqib, tаrаqqiyot uchun g’oyat zаrаrli bo’lgаn ko’pxudolik e’tiqodlаrini g’аyriinsoniy mohiyatini аnglаb, kishilаrni yakkаyu yagonа Oliy Tаngri – Аxurа Mаzdаgа e’tiqod qilish g’oyasini ilgаri surdi. Zаrdo’sht vаxdoniyat – yakkа xudogа e’tiqod qilish g’oyasini ilgаri surgаn pаyg’аmbаr sifаtidа insoniyat tаrixi sаhnidаn o’rin oldi.

Bаrchа pаyg’аmbаrlаr singаri Zаrdo’sht hаm o’zi tug’ilib o’sgаn yurtdа qаdr-qiymаt topmаydi. Uzliksiz tа’qib, tаzyiq, tаhdidlаrdаn bezib, o’z muxlislаri vа tаrаfdorlаri Bilаn Erongа – аxmoniylаr shohi Gushtаsi (Vishtаsp) xuzurigа ketаdi. Shoh vа mаlikа Xutаosа butun sаroy аyonlаri bilаn birgаlikdа Zаrdo’shtning yangi dinini qаbul qilаdilаr vа uning keng yoyilishigа yordаm berаdilаr. Nаtijаdа Zаrdo’shtiylik uzil-kesil qаror topаdi.

«Аvesto» uzoq dаvrlаr mobаynidа – miloddаn oldingi 3 ming yillikning oxirlаridаn boshlаb og’zаki tаrzdа shаkllаnib, аvloddаn-аvlodgа o’tib kelgаn. «Аvesto» ni Zаrdo’sht diniy аsаr sifаtidа bir tizimgа solgаn, hаmdа o’zi hаm uning «Gohlаr» (Gotlаr) qismini yozib kitobаt qilgаn. «Аvesto» so’zining lug’аviy mа’nosi «o’rnаtilgаn, qаt’iy qilib tаyin etilgаn qonun-qoidаlаr» demаkdir.

«Аvesto» - «Yasnа», «Gohlаr», «Vispаrаd», «Yashtlаr», «Vаndidаd» vа «Kichik Аvesto» dаn iborаt.

- «Yasnа» - toаt, tа’zim, sаlovаtgа loyiq, munosib mа’nolаrini ifodаlаydi. U «Аvesto» ning eng qаdimgi muhim qismi bo’lib, 72 bobdаn iborаt bo’lgаn hаmdu sаno, qurbonlik duolаridаn tаshkil topgаn.

- «Gohlаr» - mа’nosi qo’shiq-gimn demаkdir. U hаm «Yasnа» ning 72 bobi sirаsigа kirаdi. «Gohlаr» Zаrdo’sht tomonidаn ijod qilingаn beshlik qo’shiq-gimnlаridir. Ulаrdа yakkа xudolik tа’limoti, ikki qаrаmа-qаrshi kuchlаr – ziyo vа zulmаt, ezgulik vа yovuzlik, hаyot vа o’lim o’rtаsidаgi kurаshdа hаr bir inson yakаyu-yagonа oliy Tаngri – Аxurа Mаzdа аmrigа ko’rа ezgulik kuchlаri tomonidа bo’lishi kuylаnаdi.

- «Vispаrаd» 24 bobdаn iborаt ibodаtgа doir qo’shiqlаr, xukmdorlаrgа qаrаtilgаn munojааtlаr vа jаmiyki rаdlаr mаdhidir.

- «Yashtlаr» - mаqtovlаr, qutlovlаr, e’zozlаr kаbi mа’nolаrni bildrib, u zаrdo’shtiylаrning o’qib yurаdigаn duolаri vа аlohidа ilohlаrni mаdh etuvchi qo’shiq-oyatlаrdаn iborаt.

- «Vаndidаd» ning mа’nosi yovuz kuchlаrgа, devlаrgа qаrshi qonun mа’nosini bildirаdi. U 22 bobdаn iborаt.

- «Kichik Аvesto» (Xurdа Аvesto – deb hаm yuritilаdi.) «Аvesto» hаjmi kаttа kitob, ya’ni bo’yi 120 sm, eni 70 sm dаn iborаt bo’lgаnligi sаbаbli undаn dindorlаr kundаlik fаoliyatidа froydаlаnishgа qiyinchilik tug’dirgаn. «Аvesto» dаn dindorlаrning kundаlik hаyoti uchun zаrur vа аhаmiyatli bo’lgаn duolаr, olqishlаr, qo’shiqlаr tаnlаb olinib, shu аsosdа «Kichik Аvesto» to’plаmi yarаtilgаn.

«Аvesto»dа koinotning dаstlаbki unsuri – er, suv, hаvo, olov ulug’lаnаdi. Tаbiаtni bulg’аsh kаttа gunoh ekаnligi tа’kidlаnаdi. Olov – gunohlаrni poklovchi, yovuz ruhlаrni dаf etuvchi sehrli kuch, deb tа’kidlаnаdi. Hаtto erni, suvni ifloslаntirmаslik mаqsаdidа mаyit (o’lgаn kishining jаsаdi) ni ergа ko’mish, suvgа tаshlаsh gunoh deb hisoblаngаn. Mаyitni go’shtini qushlаrgа edirib, suyaklаrini etdаn tozаlаb uni mаxsus sopol quti (ossuаriy) lаrgа solib, аyrim binolаrdа sаqlаgаnlаr yoki mаxsus quduqqа sochib yuborgаnlаr.

Bu din behudа qon to’kuvchi, qurbonliklаr, hаrbiy to’qnаshuvlаr, bosqinchilik hujumlаrini qorаlаb, o’troq, osoyishtа hаyot kechirishgа, mehnаtgа, dehqonchilik, chorvаchilik bilаn shug’ullаnishgа dа’vаt etаdi. Moddiy hаyotni yaxshilаshgа urinishni yovuzlikkа qаrshi kurаsh deb hisoblаb, hаyrli ishni, аxloqli, odobli bo’lishni tаrg’ib etgаn. Zаrbo’shtiylik dinidа qo’riq er ochib uni bog’u-rog’gа аylаntirgаn odаm ilohiyat rаhmаtigа sаzovor bo’lаdi, аksinchа, bog’lаr, ekinzorlаr, sug’orish inshoаtlаrini buzgаnlаr kаtа gunohgа qolаdilаr, deb uqdirilаdi.

Insoniyat tаrixidа birinchi bo’lib Zаrdo’sht yarаtgаn dindа insonlаrning bu dunyodаgi hаyotigа yarаshа nаrigi dunyodаgi tаqdiri hаl bo’lаjаgi hаqidаgi g’oya ilgаri surilgаn. Zаrdo’shtiylik tа’limotining аsosi olаm qаrаmа-qаrshiliklаr kurаshi аsosigа qurilgаn, degаn g’oyadаn iborаt. Bu qаrаmа-qаrshilik tаbiаtdа hаyot vа o’lim, yorug’lik, ziyo vа zulmаt, ijtimoiy hаyotdа аdolаt vа аdolаtsizlik, аxloqiy hаyotdа yaxshilik vа yomonlik, ezgulik vа yovuzlik o’rtаsidаgi аbаdiy kurаshdа nаmoyon bo’lаdi, ko’rinаdi.

Ezgulik, yaxshilikning ifodаchisi Аxurа Mаzdа doim yovuzlik, yomonlik xomiysi Аxrimаngа qаrshi kurаsh olib borаdi. Аhurа Mаzdа – «Аhurа» vа «Mаzdа» so’zlаridаn iborаt. Mаzdа so’zi oldigа «ulug’lаsh» so’zi –Аxurа qo’shilib Аxurа Mаzdа nomi pаydo bo’lgаn. Mаzdа so’zi esа butun borliqni yarаtgаn mutloq аql, dono, qudrаtli rаhnаmo demаkdir. Shundаy qilib Аxurа Mаzdа so’zini «Xudo Mаzdа», «Dono Xudo», «Ulug’, qudrаtli xudo» deb tushunsаk bo’lаdi.

Аxrimаn so’zining mа’nosi esа – yomonlik, yovuzlik, olаmi demаkdir. U yovuzlik timsoli bo’lib, bаrchа shаytoniy kuchlаr: yovuz devlаr, jodulаr, аl-vаsti, tаmomilа yomon kuchlаr sаrdori deb qаrаlаdi.

«Аvesto» dа inson аxloq – odobi, mа’nаviyati quyidаgi uchlikdа: Gumаtа – yaxshi, ezgu fikr, Gugtа – yaxshi, ezgu so’z, Gvаrshtа – yaxshi, ezgu ishdа ifodаlаnаdi.

«Аvesto» dа tozаlik, poklikkа аlohidа e’tibor qаrаtilgаn. Xovuzdаn yuvilmаgаn, iflos ko’zаdа suv olgаn kishi besh dаrrа bilаn jаzolаngаn. Inson yashаydigаn xonаdа yuvinish, poklаnish qorаlаngаn.

Zаrdo’shtiylikdа nаslning pokligi, tozаligigа hаm аlohidа e’tibor berilgаn, qаttiq nаzorаt qilingаn, qаrindosh-urug’, аkа-ukа, opа-singilning qudа-аndа bo’lishi qorаlаngаn. «Аvesto» dа Nаvro’z – Yangi kun, Yangi yilning boshlаnishi, tаbiаtning uyg’onishi, hаyotning boshlаnishi, deb tаsvirlаnаdi.

Mа’lumotlаrgа qаrаgаndа bugungi kundа Zаrdo’shtiylik dini vа tа’limotigа e’tiqod qiluvchilаr аsosаn Xindiston vа Erondа mаvjud. Chunonchi Eronning Yazd vа Gilon viloyatlаridа ulаrning soni 100 ming, Xindistonning Mаxаrаshtrа vа Gujаrot shtаtlаridа 115 mingdаn ziyodni tаshkil etаdi.18

Moniylik. Dualistik dinlarning eng yirigi bo’lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-276) tomonidan asos solingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik, buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O’z davrida Moniylik G’arbda Rimgacha, Sharqda Xitoy va Hindistongacha bo’lgan hududda keng yoyilgan va yuqori nufuzga ega bo’lgan.

Moniy 12 yoshga to’lganida o’ziga ilohiy xabar (vahiy) kelganini ma’lum qilgan. O’ziga xabar bergan ilohning nomini Moniy ya’ni "ikki mohiyat (Nur va zulmat, yaxshilik va yomonlik) ruhi" deb atagan. Shundan so’ng unga Moniy - "Ruh" laqabi berilgan.

241 yil Moniy 24 yoshga yetganda unga o’z ilohidan yana vahiy kelgan va nihoyat Moniy o’zining diniy targ’ibot ishlarini boshlagan. 242 yilda Fors davlati shohi Shopur I ning taxtga o’tirish va toj kiyish marosimi paytida Moniy birinchi marta o’z ta’limotini ommaviy bayon etib, va’z aytgan. Shundan so’ng Moniy Shopur I ning vafotiga qadar (273 yil) mamlakatda o’zining diniy targ’ibotini olib bordi. U o’zini shu dinning asoschisi va payg’ambari deb bilgan va butun Fors davlati, Hindiston, Old va O’rta Osiyo bo’ylab safarlar uyushtirgan. U o’z safarlari davomida zardushtiylik, hinduiylik, yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlari faollari bilan muloqotlar uyushtirgan hamda ularning ta’limoti, ibodatxonalarining faoliyati va targ’ibot uslublarini o’rganib, o’z ta’limotining targ’ibot - tashviqot ishlarida foydalangan. Shunday bo’lsada Moniy, o’z faoliyatini qatl qilingunga qadar Fors mamlakati hududidagina amalga oshirgan.

Moniy o’zini Zardusht, Siddhartha Gautama (Budda) va Iso Masihlarning izdoshi deb biladi. 275 yilda mamlakatda yuqori nufuzga ega bo’lgan Maglar (zardushtiylik ruhoniylari)ning qistovi bilan Fors davlatining yangi shohi Bahrom I Moniyni zindonga tashlashga farmon bergan va 276 yilda qatl ettirgan.

Moniyning ta’limotida Nur va Zulmat o’rtasidagi azaliy kurash asosiy o’rinni egallaydi. Uning mazmun-mohiyati esa, Nurning Zulmat ustidan g’alaba qozonishiga ishonishdir. Moniylik mahalliy dinlar — zardushtiylik, buddaviylik va xristianlik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Moniy o’zini avvalgi dinlarning "to’g’rilovchi payg’ambari" deb e’lon qilgan.

Borliqning 2 substantsiya asosi — yorug’lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik va moddiyat olamining o’zaro kurashini e’tirof etuvchi zardushtiylik dualizmi moniylikning asosini tashkil etadi. Ularning e’tiqodicha, birinchi olamda Nur (Xudo), ikkinchisida — Zulmat (Shayton) xukmronlik qiladi. Inson ikki unsurdan - Nur farzandi bo’lgan ruh va Zulmat farzandi hisoblanmish jismdan iborat mavjudotdir. Shuning uchun inson Zulmat kuchlariga qarshi kurashda Nur kuchlariga yordam berishi lozim deb qaraladi. Ushbu ikki olam o’rtasidagi kurash falokat bilan tugaydi, natijada moddiyat halokatga uchrab, ruh g’alaba qozonadi.

Moniylik ta’limotiga ko’ra, bu dunyo yovuzlik dunyosi deb qaralgan va patsifizm (urushmaslik) hamda mol-dunyo yig’maslik muhim o’rin tutgan. Moniylik o’z e’tiqod qiluvchilaridan mol-mulklaridan 1/10 hissa xayri-sadaqa berishni, bir kecha kunduzda to’rt mahal ibodat qilishni, yolg’onchilik, qotillik, o’g’irlik, zino, baxillik, sehrgarlik va unga ishonishni, butparastlik kabi amallardan uzoq yurish talab qilgan.

Moniylik o’z davrida aholining quyi tabaqa vakillari orasida keng tarqalgan. Bunga sabab ular Zulmat olamini zodagonlarning zulmlari qiyofasida tasavvur qilganlar va bundan xalos bo’lish uchun Nurga ibodat qilganlar. Bu bilan Nurning g’alabasiga har kim o’z hissasini qo’shmoqda deb ishonganlar.

Moniy Iso Masihni payg’ambar ekanini tan olsada, Musoning payg’ambar ekanini inkor qilgan. O’zini esa Yuhanno injilida bashorat qilingan Iso Masihdan keyin keluvchi "Paraklit" (Fraklit) ismli payg’ambar deb da’vo qilgan.

Moniylik ta’limoti u tomonidan tuzilgan "Shopurkan", "Tirik Hushxabarchi" (Moniy va uning ta’limoti haqida), "Pragmataya" (sirlar kitobi), "Kefalaya" (Boblar) kabi kitoblarda asoslab berilgan va ayrimlari rus tiliga tarjima qilingan.

Moniylikdan bugungi kunga qadar birgina Xitoyning Futszyan viloyati Tsyuanchjou tumanida joylashgan moniylik ibodatxonasigina saqlanib qolgan.

3-mаsаlа bаyoni: Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Shu kunlarda yahudiylar Isroilda 4,7 mln. (aholining 80 foizi), AQSHda 6 mln. (40 foizi Nyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., G’arbiy Yevropa davlatlaridan Frantsiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. kishini tashkil qiladi, ular boshqa ko’pgina mamlakatlarda ham yashaydilar.

Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. «Yahudiy» so’zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan Ya’qub payg’ambarning o’g’li Yahudo nomiga nisbat berilgan. Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bo’lib, bunda Isroil – Ya’qub payg’ambarning ikkinchi ismi, «banu» so’zi esa – «bolalar» degani, demak «Banu Isroil» – «Isroil avlodlari» degan ma’noni bildiradi.

Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey so’zi zamonaviy adabiyotlarda «yahudiy» so’zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki so’zning etimologiyasi turlicha: «evrey» qadimiy somiy tillardagi «ibriy» so’zining o’zgargan shaklidir. «Ibriy» so’zi (arabcha ‘abara-ya‘buru – «kechib o’tmoq» fe’lidan) «kechib o’tganlar» ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib o’tib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib o’tuvchilar») nomi berilgan.

Yahudiylarning ilk podsholari Soul, Dovud va Sulaymon bo’lishdi. Sulaymon davrida Buyuk Ibodatxona qurilgan, u ikki marta Bobil (mil. avv. 586 y.) va Rim (mil. 70 y.) xukmronligi davrida vayron qilingan. Yahudiylar uni xotirlab, Ikkinchi ibodatxona davridagi qal’aning «Yig’i devori» deb atalgan devor parchalariga sig’inganlar. Miloddan avvalgi 132-135 yillarda yahudiylar qo’zg’oloni bo’lib o’tadi. Quddus rimliklar tomonidan vayron qilinadi, yahudiylar esa Falastin hududidan Rim imperiyasining turli tomonlariga butunlay badarg’a qilinadilar. Shu tariqa, bu davrlarda yahudiy xalqining katta qismi asir qilib olingan yoki bu yerlardan quvg’in qilingan. Aynan mana shu hol yahudiylarning keyinchalik Falastin hududidan tashqariga, jumladan, Markaziy Osiyoga tarqab ketishiga sabab bo’ldi.

Yahudiylik ta’limoti monoteizm g’oyasiga, yahudiy xalqining Xudo sevgan bandasi g’oyasiga va messianlikka asoslangan. Monoteizm g’oyasi yahudiylikning asosiy aqidasidir. U xudo Yaxvega sig’inish orqali gavdalanadi. Yahudiylar o’zlarini Odamato avlodlaridan Xudoning eng sevgan bandalari ekanliklariga, ularga o’zgacha taqdir berilganligiga ishonadilar. Bu go’yo Xudo bilan ruhiy yaqinlikda va Toraning ritual hamda ahloqiy talablarida aks ettirilgan. Bu g’oya yahudiylarning hozirgacha bo’lgan etnologik birligining asosidir. XIX asrning oxirida bu g’oya sionizm millatchilik xarakatining asosi bo’lgan.

Yahudiylikda messiya haqidagi ta’limot rivojlangan. Daniil va Isaya payg’ambarlari Xaloskor kelishi haqida to’g’ridan-to’g’ri xabar beradilar. Xaloskorning kelishi dunyo oxirini bildiradi.

Yahudiylarning muqaddas kitobi – Bibliyaning bir qismi bo’lgan Tavrot – yagona va qudratli Xudoga ishonishga da’vat e’tuvchi kitobdir. Bu kitob mil. avv. II-I ming yillikda yig’ila boshlagan. U 39 kitobdan iborat: Besh kitob, tarixiy kitoblar, payg’ambar kitobi va Yozuvlar.

Musoning besh kitobi – Tora. Yahudiylarning Toradan keyingi muqaddas kitobi Talmud – toraning talqini va yahudiyning ahloq qoidalari.

Mahalliy diniy jamoalar sinagoglar deb ataladi. Ular ravvin tomonidan boshqariladi. Sig’inuvchilar sinagogda shanba kunlari yig’ilib, duo o’qishadi. Ularda odatdagi ibodatlardan tashqari turli diniy marosimlar o’tkazilgan. Diniy bayramlar – Shabbat (shanba), Pesax (pasxa), Shebuot (elliktalik) (Muso Torani olgan kuni), Rosh Ashana (yangi yil), Yom Kipur (oxirat kunning bayrami).

Ma’lumki, yahudiylar O’rta Osiyoga qadim zamonlardan ko’chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud.

Miloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshoxligi Assuriya tomonidan, miloddan avvalgi 586 yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o’lkadan xaydab chiqarildi. Bu esa yahudiylarning Osiyo o’lkalari bo’ylab tarqalib ketishiga sabab bo’ldi. Hatto miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o’lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O’rta Osiyoni o’z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko’chib kelishi boshlangan. Yahudiylar O’rta Osiyoda So’g’diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda paydo bo’ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so’ng u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar.

Buxoro yahudiylarining fors, turkiy tillar qorishmasidan iborat bir tilda so’zlashishlari ham yuqoridagi fikrni quvvatlaydi. Ular Yahudiylarning muqaddas kitobi Toraning fors tilidagi tarjimasidan yaqin zamonlarga qadar foydalanganlar.

Ko’pchilik tadqiqotchilar yahudiylarning O’rta Osiyoda paydo bo’lishlarini milodning birinchi asrida vujudga kelgan «Buyuk ipak yo’li» faoliyati bilan bog’laydilar. Buyuk ipak yo’li, darhaqiqat, bo’yoqchilik bo’yicha mutaxassis bo’lgan yahudiylarning xom ashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga tarqalishiga sabab bo’lgan. Yahudiylarning Balx shahrida paydo bo’lishlari esa, faqatgina milodning IV asriga to’g’ri keladi. Milodiy IX-X asrlarda yahudiy jamoalari ancha ko’psonli va erkin bo’lganlar.

Yahudiylarning O’rta Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor 1954 yili sovet olimlari tomonidan Turkmanistonning Marv va Bayram=Ali shaharlaridan topilgan. Bular qadimgi sinagoga qoldiqlari, yahudiy yozuvlari va nomlari bitilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II – milodiy I asrlarga tegishli bo’lgan.

X-XIII asrlar Buxoro yahudiylari uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan o’sish davri bo’ldi. Ular Iroq yahudiy markazidan uzoqda, O’rta Osiyo hududlarida yahudiylikka oid o’z qarashlarini rivojlantirdilar va Tora qonunlariga moslashtirdilar.

O’zlarini haqiqiy deb hisoblagan Bobil yahudiylari O’rta Osiyo yahudiylarini kashrut qoidasi (ruxsat etilgan ovqatlarnigina yeyish)ni buzish, yerli aholi bilan aralashib ketish va yahudiy dinini bid’atlar bilan buzishda ayblay boshladilar. Albatta, bu ayblovlar asossiz emas edi. IX-X asrlarda O’rta Osiyoda karaimlar deb ataladigan yahudiy sektasi paydo bo’ladi. Bu sekta tarafdorlari faqat Torani tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar.

Biroq, yahudiylarning hammasi ham umumyahudiy e’tiqodlariga qarshi bo’lmagan. Ularning ko’pchiligi Bag’dodda qo’nim topgan eskilarx (quvg’indagi shahzoda) va gaonlarga bo’ysunganlar. Eskilarx yahudiy jamoalari orasida katta obro’ga ega bo’lgan. U jamoalarga boshliqlar tayinlash huquqiga ega bo’lgan. Unga yahudiylardan hech kim qarshilik ko’rsatmagan, chunki u Xalifa tomonidan qo’llab turilgan. Har yili barcha yahudiy jamoalaridan, shu jumladan Buxoro yahudiylaridan ham eskilarx xazinasiga mablag’lar kelib turgan.

XIII asr boshiga kelib Chingizxon qo’shinlari Movarounnahr shaharlarini birma-bir qo’lga kiritgach, yerli aholini shafqatsiz ravishda qirg’in qildilar. Qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam sonli yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. Mo’g’ullar davrida Xorazmda yahudiylarning har bir shaharda 100 uydan oshiq bo’lishlari taqiqlangan.

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounahr mintaqasiga Erondan ko’pgina yahudiy jamoalari ko’chirib keltirilgan, ularning bir qismi Buxoroda yashagan. Temuriylar davrida O’rta Osiyodagi xristian jamoalari inqirozga uchragan bo’lsalarda, lekin yahudiy jamoalari saqlanib qoldi.

XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg’oniston, Xiva, Qo’qon va Buxoro jamoalariga bo’linib ketdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bir qismi bosib olinishi yahudiylarning yana Turkiston va Buxoro jamoalariga bo’linib ketishiga olib keldi. O’rta Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo’lsalarda, ularning asosiy qismi ko’proq Samarqandda yashagan.

XIX asrga kelib yahudiylar O’rta Osiyoning Qarshi, Marv, Xatirchi, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Karmana, Marg’ilon, Dushanba shaharlarida yashaganlar. Ular odatda bir mavzega jam bo’lib yashar edilar. 1843 yilda mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar yerni 10000 kumush tangaga sotish haqida shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudiylar jamoasining 32 a’zosi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to’rt muhr bilan tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o’zlarining birinchi mahallalariga ega bo’ldilar. Jamoa boshlig’i Moshe Kalontar sotib olingan yerda qurilishlar qilish uchun yahudiylardan pul yig’di. Ular yangi joyda birinchi bo’lib Bani Isroil qabilalari soniga mos 12 ta hovlida uy-joy, maktab, hammom, sinagoga qurdilar.

XIX asrning 80-yillarida buxoro yahudiylaridan 1,5 mingga yaqini, XX asrning 20-30-yillari esa - 4 mingga yaqini yahudiy tilida o’qish uchun Falastinga ko’chib ketgan.

O’rta Osiyoda 1940 yilgacha yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari mavjud bo’lgan. 1932 yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil qilingan. Keyinchalik yahudiy tilida o’qitish va madaniy faoliyat yuritish to’xtatilgan.

SSSR parchalanib ketganiga qadar Buxoro yahudiylari asosan (28396 kishi) O’zbekiston hududida istiqod qilganlar.

Buxoro yahudiylari orasida Islom dinini qabul qilganlar ham bo’lib, bundaylar chala deb yuritilgan. Islomni qabul qilgan yahudiylar musulmonlar orasida yashaganlar. Biroq ko’pchilik hollarda ular o’zlarining eski urf-odatlarini yashirincha saqlab qolganlar. Buxoroda Eshoni Pir mavzeida 100 tacha, Chor karvonsaroy mavzeida esa bir necha mana shunday chala yahudiy oilalari yashagan. Ularning asosiy mashg’uloti hunarmandlik, paxta savdosi bo’lgan. Jamoa oqsoqoli kalontar deb atalib, u o’z qavmidan soliq va o’lponlarni yig’gan. U jamoaning rasmiy vakili hisoblangan.

1991 yilda O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng barcha dinlarga, shu jumladan yahudiy diniga erkin e’tiqod qilish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Hozirda Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida buxoro hamda Yevropa (ashkenazi) yahudiylarining milliy madaniy markazlari, shuningdek, sinagogalari faoliyat ko’rsatib turibdi.

Yahudiy jamoalari respublikamizning yuqorida aytib o’tilgan uchta ma’muriy markazda o’z ibodatxonalariga ega. Hozirgi vaqtda sakkizta sinagoga ro’yxatdan o’tgan.

4-masala bayoni: Buddizm. Buddizmning paydo bo’lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur Siddxartxa Gautama Shakyamuni hayoti bilan bog’liq. Shakya qabilasidan bo’lgan knyaz o’g’li Gautama mil. av. VI asrda dunyoga keldi. U to’kin-sochinlikda o’sib, faqat hayot quvonchlarinigina bilar edi. Gautama qiyinchiliksiz katta bo’ldi, balog’at yoshiga yetib, uylandi, o’g’illik bo’ldi. Uning baxtiga hech narsa xavf solmasdi. Bir kun saroydan tashqariga chiqqan yosh shaxzoda hamma badani yara chaqalar bilan belangan kasal insonni, undan keyin qarilik g’am tashvishini yelkasiga ortgan cholni uchratdi, so’ng dafn marosimini va nihoyat chuqur o’y-xayolga botgan darveshni ko’rdi. Bu to’rt uchrashuv kamchilik ko’rmay o’sgan shaxzodaning dunyoqarashini butunlay o’zgartirib yubordi. Shaxzoda hayotda baxtsizlik, kasallik, o’lim borligini va dunyoda mashaqqatlar hukmron ekanini bildi. Gautama o’z ota uyidan g’am-g’ussaga to’la holda chiqib ketdi. Sochini oldirib, dag’al kiyimlarni ustiga kiydi, yoshligida o’tgan beg’am, betashvish hayotidagi gunohlarini yuvish va buyuk haqiqatni anglash maqsadida o’zini mashaqqatga solib, dunyoni keza boshladi. Kunlardan birida Gautama odatiga ko’ra Bodxi (ong) daraxti tagida o’tirib chuqur fikr yuritar ekan, birdan “ongi ochildi” – hayot g’ildiragining siri va ichki sabablarini tushunib yetdi, to’rt muqaddas haqiqatni angladi: dunyoni g’am-qayg’u boshqaradi; uning sababchisi xohish va istaklarga to’la hayotning o’zidir;g’am-qayg’ulardan nirvanaga chuqur berilish bilangina qutulish mumkin; haqiqatni tushunib yetgan kishini kulfatlardan qutulib, nirvanaga erishishga olib boradigan yo’l, uslub mavjud. Gautama ushbu to’rt muqaddas haqiqatni anglab, Nurlangan Buddaga aylandi.

Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.

Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yo’li mavjud» degan g’oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga ko’ra, inson o’ziga xos mavjudot bo’lib, tug’iladi, o’zini-o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g’oyalar to’rt haqiqatda o’z ifodasini topgan:

Birinchi haqiqat – «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob-uqubatdir.Tug’ilish – qiynoq, kasallik – azob, o’lim – kulfat, qiyinchilikka duch kelish – mashaqqat, ayriliq – ezilish, orzu-havasga yetolmaslik – uqubat.

Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Demak, qayta tug’ilish, qaytadan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi.

Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Buddistlar fikricha, nirvana holati «hayot g’ildiragidan» tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatishdir.

To’rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutulish yo’li mavjuddir». Bu yo’l sakkizta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlashdir. Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi.

Buddizm ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.



  1. Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati):

  1. qotillikdan saqlanish;

  2. o’g’rilikdan saqlanish;

  3. gumrohlikdan (ortiqcha his-tuyg’ulardan) saqlanish;

  4. yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;

  5. mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

  1. Meditatsiya.

  1. to’g’ri tushunish (to’g’ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida so’z yuritilgan to’rt haqiqatni bilish va unga ishonish;

  2. to’g’ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bo’lishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qo’yishdan saqlanishga intilish;

  3. o’zini to’g’ri tutish – o’ziniki bo’lmagan narsaga ko’z olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

  4. to’g’ri anglash – o’z tanasi va ruhiga o’zini yo’qotib qo’ymaydigan darajada nazoratda bo’lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo’yish;

  5. to’g’ri harakat qilish – o’zidagi yomon tuyg’ularni jilovlash hamda ezgu tuyg’ular va harakatlarni rivojlantirish;

  6. to’g’ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish;

  7. to’g’ri fikr yuritish – kamolotning to’rt bosqichini ketma-ket bosib o’tish;

  8. to’g’ri gapirish – yolg’ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

  1. Donishmandlik – bu buddizmning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunishdan iborat.

Yuqorida ko’rsatilgan uch amaliyot bosqichini o’tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana so’zining lug’aviy ma’nosi – «o’chish, so’nish». Unda hayotning har qanday ko’rinishiga intilish yo’qoladi.

Buddizm sharqdagi eng yirik din hisoblanadi. Budda dinining muvaffaqiyatga erishishiga sabab undagi insonlarning tengligi g’oyasi, monarxning adolat bilan boshqarishi, sabrlilik, axloqning muqaddaslashtirilishi bo’ldi.

Buddizm O’zbekistonning janubiy hududlarida yangi eraning boshlarida o’rnashdi. Buddizmning Hindistondan Markaziy Osiyoga kirib kelishini odatda kushonlarning hukmronligi bilan bog’laydilar. Imperator Kanishkaning hukmronligi davrida Kushon podshohligi ushbu dinning markazlaridan biriga aylangan.

Kushon podshohi Kanishka buddizmga e’tiqod qilgan. U zarb qildirgan tangalarda boshqa ilohiyatlar bilan bir qatorda Budda tasviri ham uchraydi. VII asrning boshlarida Termizda 10 ta buddizm monastirlari (sangarama) va mingta rohib bo’lgan. V-VIII asrlarda Eftalitlardan keyin buddizm Markaziy Osiyoda tanazzulga yuz tuta boshladi.

XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o’ng qirg’og’ida buddizmga oid ko’psonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni topganlar; ko’pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan bo’lgan.

Xristianlik. Xristianlik ya’ni Nasroniylik Yaxudiylik dinidan mustaqil din sifatida ajralib chiqqan va jahon dinlaridan biriga aylangan. Xozirgi kunda Xristian cherkovi ma’lumotlariga ko’ra, jahonda bu dinga 2 milliarddan ortiq kishi e’tiqod qiladi.1

Xristianlik nomi, uning asoschisi Iyso Masix, yunoncha Iisus Xristos nomidan olingan. Uning aqidalari, diniy ta’limotlari Bibliya tarkibiga kiruvchi Injil – Yevangeliya (Xushhabar)da, ya’ni «Yangi ahd» qismida bayon etilgan.

Masix ya’ni Xristos so’zining ma’nosi «xudo tanlagan», «Xudo siylagan», «Xaloskor» ma’nolarini anglatadi. Xristian so’zi yunoncha bo’lib mazmuni Iyso Masix yo’lidan yuruvchi kishi demakdir. Mazkur dinning nomi ham ana shu – Xristian, masihchi so’zidan olingan.

Iso alayxissalom yaxudiy millatiga mansub bo’lib, taxminan milodiy 1-33 yillarda Falastinda, xozirgi Isroilda yashab o’tgan. Milodiy yil hisobini ham Iso Masih tug’ilgan sanadan boshlab hisoblash qabul qilingan.

Diniy adabiyotlarda Iso onasi Bibi Maryamdan otasiz ilohiy xomiladorlik asosida tug’ilgan deb rivoyat qilinadi. Unga o’ttiz yoshida Injil nozil qilingan. «Injid» yunoncha «Yevangeleon» so’zidan iborat bo’lib, nasroniylikda «Yevangelie» deb yuritiladi. Ma’nosi «ilohiy xabar», «xushxabar», «ezgu xabar» demakdir.

Bu dinni Islomda nasroniylik deyilishi Iso Masihning tug’ilgan yeri Nosira nomi bilan bog’liq. Bu shahar ahli Iso Masixni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yuritganlar. Iso Masih 30 yoshidan boshlab 3 yil davomida payg’ambarlik faoliyatini olib borgan. Isoning yangi dinni targ’ib qilishdagi muvaffaqiyatlaridan darg’azab bo’lgan Quddus kohinlari va ruhoniylari uni sudga berishga qaror qiladilar. Ushlab olingan Iso o’lim jazosiga hukm etiladi. Iso Galgofa tog’ida qiynab o’ldiriladi. Uni juda katta yog’och xochga tiriklayin mixlab tashlaydilar.

Xristianlik dastavval qullarning, ezilganlarning, jabr-diydalarning orzu-umidlarini ifodalovchi, xaloskorlik dini sifatida paydo bo’lgan. Bu dindagi mazlumlarni shukur qilib yashashga, itoatgo’ylik, oxiratda tenglik va’da qilinishi kabi g’oyalari hukmron tabaqalarga qo’l kelgan. Shu sababli xristian dini uch-to’rt asrdan so’ng davlat diniga aylangan. Chunonchi Rim imperatori Konstantin bu dinni qabul qilib, 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon qildi. 325 yilda Konstantinning ko’rsatmasi bilan jahon xristianlarining birinchi yig’ini – Nikey sobori chaqirildi. Bu sobor (yig’in)da yepiskop va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqladilar, cherkov qonun-qoidalari yozilgan kitoblarni qabul qildilar va cherkov tashkiloti tugal holga keltirildi. Diniy tashkilotda – pop, d’yakon, yepiskop, kardinal kabi quyi va oliy mansablar joriy etildi. Din ishlari markazlashtirilib, unga yakka rahbar-dastlab yepiskop, keyinroq esa papa lavozimlari ta’sis etildi. Xristianlik xukmron mafkuraga aylanib har qanday ish, ta’lim-tarbiya, hatto davlat ishlari ham ular nazorati ostiga olindi. Xristian davlatlarida yepiskop va papalar cheklanmagan xuqukqa ega bo’ldilar. Rim yepiskoplari, V-asrdan esa papalar xristian olamiga tanxo xukumronlik qila boshladilar. XIII asrga kelib butun Ovro’po xristianlashtirildi. Rossiyada bu dinga cho’qintirish marosimi 988 yilda Kiev knyazi Vladimir tomonidan amalga oshirildi.

Xristianlik dinining ta’limoti «Bibliya» da bayon etilgan. «Bibliya» kitoblar demakdir. U yaxudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya o’z ichiga Tavrot, Zabur va Injilni olgan, Eski axd (Eski vasiyat) va Yangi ahd (Yangi vasiyat) deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat ilohiy kitobdir. Tavrot va Zabur Bibliyaning Eski ahd qismiga kiritilgan bo’lib, u yaxudiylar va nasroniylar uchun birday ilohiy muqaddas kitob sanaladi. Bibliyaning xristianlik bilan bog’liq ikkinchi qismi Yangi ahd deb yuritilib, unga Injil kiritilgan.

Bibliyaning Yangi ahd deb ataluvchi qismi Injil 27 kitob (bo’lim) chadan iborat bo’lib, unda Iso Masixning dunyoga kelishi, yashashi, o’lib keyin tirilishi va ta’limoti bayon qilingan. Injilni Iso Masixning 12 shogirdi va safdoshi apostollar ya’ni xavoriylar payg’ambar o’limidan keyin 1-2 asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Matto, Luka, Mark va Yuxanno kabi apostol(xavoriy)lar yozgan 4ta Injil kitobi: Yevangeliya (xushxabar), havoriylarning amallari, 21 risolasi va Ioann «Vahiynoma»si milodiy 313 yilda Papa Buyuk Konstantinning buyrug’iga muvofiq qabul qilingan.

Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo muqaddas uchlikda namoyon bo’ladi. Ya’ni Xudo uch qiyofali, lekin mohiyatan yagonadir. Ammo Xudo Xudo – ota, Xudo – o’g’il, Xudo – muqaddas ruh ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu holat esa yakkayu-yagona xudoga shirk keltirish edi. Mana shunday yanglish, hato aqidalari tufayli nasroniylar musulmonlar tomonidan «kofir» - kufrga ketgan deb ataladilar.

Xristianlik diniy ta’limotining bosh g’oyasi yakkaxudolik, gunohga botish va undan xalos bo’lish aqidalaridir. Odamlar xudo oldida gunohkor, yahudiymi yo yunon, rimlikmi yo varvar, qulmi yo erkin fuqaro, boymi yo kambag’al – barchasi «xudoning bandasi», barchasi gunohga botgan. Bandasi o’z gunohini xudoga, buyuk xaloskori (Iso) ga chuqur e’tiqod qilish orqali yuvadi. Iso Masix butun odamzotning gunohini yuvish uchun qancha azoblar chekib, bandalariga o’rnak bo’lsin deb o’zini qurbon etadi. Muqaddas uchlik – Ota – Xudo, O’g’il-xudo (Iso) va Muqaddas ruhga ishongan, tavba qilgan, oxiratdagi yaxshi hayotga umid bog’lagan taqvodor kim bo’lishidan qat’i nazar to’g’ri jannatga borishi mumkin. Aksincha, betavfiq gunohkor va ta’magir do’zoh olovida qovuriladi.

Milodiy 395 yilda qudratli Rim imperiyasi parchalanib – G’arbiy (Rim) va Sharqiy (Vizantiya) qismlarga bo’linib ketdi. 476 yilga kelib esa G’arbiy Rim saltanati butunlay quladi. Natijada Rim cherkovi va uning boshlig’ining nufuzi mislsiz oshib ketdi. Cherkov boshlig’i Rim papasi deb atalib, cheksiz xuquqqa ega bo’ldi.

Sharqiy Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati kuchli bo’lganligi sababli cherkov xokimiyatga bo’ysundirilgandi. 1054 yilga kelib Rim va Konstantinapol cherkovlari o’rtasida diniy ta’limotlarni talqin etish, yangi vujudga kelgan cherkovlarni nazorat qilish, daromadlarni taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan ixtilof keskinlashdi. Oqibatda Rim papasi Lev IX va Konstantinopol cherkov boshlig’i Kirudariy bir-birlarini la’natladilar. Xristianlik ana shu sanadan boshlab ikkiga ajralib ketdi. Ulardan biri Rim papasiga bo’ysunuvchi katolik (butun dunyo) cherkovi, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo’ysunuvchi Pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom oldi.

Katolik – yunoncha so’z bo’lib, ma’nosi «umumjahon», «umumiy», «asosiy» demakdir. Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Uning yagona jahon markazi – Vatikan davlatida joylashgan. Mazkur cherkovning bosh ruhoniysi, yepiskopi, birdan bir boshlig’i – Rim papasi sanaladi. Rim papasiga Isoning yerdagi noibi, u din va axloq masalalarida mutloq gunohsiz, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan ham yuqori turadi deb qaraladi.

Katolik cherkovini papa va uning joylardagi kardinal (o’rinbosar) lari boshqaradilar. Kardinallar yig’ilishi Rim papasini saylaydilar.

Katolik dinida muqaddas Ruh faqat Ota-Xudodan emas, balki O’g’il-Xudodan ham kelib chiqqan deb qaraydi. Ruhoniylarga uylanish – nikohni ta’qiqlaydi. Injilni faqat ruhoniylar sharhlashi mumkin deb hisoblaydi. Ruhoniylar odamlar bilan xudo o’rtasida vositachi deb qaraladi.

Katoliylik marosimiga ko’ra chaqaloqni cho’qintirayotganda suvga botirib olmaydilar, balki uning ustidan suv quyadilar. Cho’qintirilgandan so’ng suritiladigan xushbo’y moy go’daklikda emas, keyinchalik balog’at yoshida suritilishi tayin etilgan. Diniy ibodat asosan lotin tilida olib borilishi, bu oqimga xos xususiyat sanaladi.

Katolik cherkovi bid’atga va Papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish uchun XIII asrdan Inkvizatsiya (cherkov sudi, jazolash tashkiloti) ni tashkil qilgan. U yuz yillar mobaynida katolik mamlakatlarida faoliyat ko’rsatgan. Sud qilinuvchilarga nisbatan o’ta shafqatsiz qiynoq usullari qo’llanilgan.

Cherkov statistikasiga ko’ra, xozir Yer yuzida katoliklar 900 milliondan ortiq. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Frantsiya, Belgiya, Avstraliya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida katoliylik hukmron diniy tashkilot sanaladi.

Provaslavie – ma’nosi chin e’tiqod demakdir. Provaslavie – oqimining katoliylikdan farqlaridan biri shuki, bu oqimda yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona rahbari yo’qligidir. Xozirgi vaqtda pravoslavieda 15 ta avtokafel (mustaqil) cherkov mavjud. Bular – Konstantinopol, Aleksandriya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Alban, Polyak, Chexiya, Amerika va boshqa cherkovlardir.

Yuqorida qayd etilganidek Pravoslavie 1054 yilda Xristianlikning Sharqiy Rim imperiyasi o’rnida rasmiylashgan va uning davlat dini bo’lgan.

Pravoslavie – olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan iborat yagona Xudo ekanligi, narigi dunyo, ajr to’g’risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob-uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishga imkon beruvchi Iso Masihning xaloskorlik faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi. Bu oqimda 7 sirli marosim asosiy o’rinni egallaydi. Bular cho’qintirish, non va vino tortish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun moyi surtish, nikoh marosimlaridir.

Provaslaviening katoliylikdan farqlari shundaki, muqaddas ruh faqat Ota – Xudodan kelib chiqqanligi, cherkov boshliqlari emas, balki cherkovning o’zi gunohsizligi va aqidalarning o’zgarmasligi e’tirof etiladi. Ruhoniylarning uylanishlari va nikohdan o’tishlari majburiy qilib belgilangan. Provaslavieda bayramlar nihoyatda ko’p bo’lib, ular – ulug’, o’rta va kichik bayramlarga bo’linadi. Jumladan, Pasxa bayrami Xochga tortilgan Isoning mo’jizaviy qayta tirilishi xotirasiga bag’ishlangan bo’lib, bahorgi tengkunliklarda nishonlanadi.

Rajdestvo Xristovo – Iso Masixning tug’ilish bayrami, katoliylikda har yili 25 dekabrda, Pravoslavieda 7-yanvarda nishonlanadi va boshqalar.

Xristianlikdagi uchinchi oqim – Protestanizm bo’lib, norozilik bildruvchi, kelishmaslik degan ma’noni bildiradi.

1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda 2 –Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi Germaniyaning bir qancha shaharlari va 5 knyazi norozilik – protest bildirdi. «Protestanizm» atamasi shu so’zdan kelib chiqqan. Uning cherkovi esa protestanizm cherkovi deb yuritiladi.

Protestanizm ham xudoning borligini, uning uch qiyofada namoyon bo’liishini, jonning o’lmasligi, jannat va do’zoh haqidagi umumxristian ta’limotini e’tirof etadi. Shu bilan birga protestanizm 3 ta yangi qoidani joriy etdi:


  1. Shaxsiy e’tiqod bilan najot topish mumkinligi;

  2. Dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligi;

  3. Injilning oliy nufuzi.

Protestanizm katolik cherkovi gunohdan holi, Rim papasi birlamchi, degan ta’limotlarni rad etadi.

Xristianlikning bu oqimida insonning xudoga va cherkovga munosabati soddalashtirilgan. Monaxlik va ruhoniylarning uylanmasligi qoralanadi.

Protestanizm sirli marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqat cho’qintirish hamda non va vino tortish marosimini qoldirdi.

Protestantlar soni xozirgi davrda butun dunyoda 250 milliondan ortiq. Bu oqim Skandinaviya mamlakatlari, Germaniya, Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda keng tarqalagan.

Protestanizmdagi asosiy oqimlarga – babtizm, staroverlar, duxoborlar, molokonlar, mormonlar, adventistlar, Iegova shoxidlari va boshqalar kiradi.

Xristianlik ta’limotining tarqalishida xristian jamoalarining Sharq va Janubga harakatlari davrida amalga oshirgan keng missionerlik faoliyatlari katta rolь o’ynadi. Boshqa tarafdan, xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelishiga Rim imperiyasida xristianlarning beayov tazyiq ostiga olinishlari ham sabab bo’ldi. III asrga tegishli bir Suriya manbai O’rta Osiyo ikki daryo oralig’ini o’z ichiga olgan Kushon davlatidagi xristianlar haqida ma’lumot beradi. Ular Eron, O’rta Osiyo aholisini xristianlik bilan tanishtirdilar, Mongoliya cho’llari va hatto Xitoygacha yetib bordilar.

Xristianlarning Sharqqa harakatlanishi Buyuk ipak yo’li savdo yo’llarining shakllanishi, unga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan muayyan hunarmand hamda savdogar qatlam va guruhlarning shakllanishi bilan ham bog’liq. Birinchi bosqichda bu Sharqdagi yirik shaharlarda yahudiy jamoalarning joylashishi bilan bog’liq bo’lgan. U yerga yangi ta’limot targ’ibotchilari ham intilganlar.

O’rta Osiyoning janubiy chegaralariga yaqin yerlarda joylashgan jamoalar bu yerda xristianlikning paydo bo’lishida asosiy rol o’ynagan. Ular Vizantiya, Suriya, Falastin va Erondan O’rta Osiyoga ko’chib kelib, bu yerda o’zlari bilan olib kelgan o’z madaniyati va diniy ta’limotini tarqatishgan. Marv xristianlari to’g’risidagi ma’lumotlar eng qadimgi hisoblanadi. Ilmiy adabiyotda shunday fikr mavjudki, xristianlar, Marvda Iso Masih tug’ilganidan 200 yil o’tgach paydo bo’lgan.

Manbalarda IV asr boshlarida Marvda yepiskoplik tashkil etilganligi haqida aytiladi, V asr boshida esa metropoliya tashkil qilinadi. Turli ibodatxona va monastirlar metropoliyaning yaqin va uzoq hududlarida moneliksiz o’z faoliyatini davom ettiradi.


Download 312,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish