Miloddan avvalgi III asr - milodning III asrida XII jadval qonunlari rasman harakat qilishda davom etgan, ular rasmiy ravishda keyinchalik, VI asrda Vizantiya imperatorining qonunchilik islohotlari davomida bekor qilingan edi).
Rim huquqi tarixining yangi bosqichida uning ancha muhim manbai pretorlarning ediktlari bo`lib qolgan. Shunday ediktlarning asosida sivil huquqi (hanuzgacha hurmatli, lekin tobora kam qo`llanilayotgan) bilan bir qatorda ikkita yangi va mutlaqo mustaqil huquqiy tizim: "pretor huquqi" (jus praetorim) va "xalqlar huquqi" jus gyentium) o`sib chiqqan. Mazkur ikkala tizim pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyatlari natijasi bo`lgan.
Imperatorlik hokimiyati hujjatlari (konstitutsiyalari) quyidagicha asosiy ko`rinishlarga bo`lingan: