Jinoyat huquqi - Rimda respublika institutlarining inqirozi
- va imperatorlar butun hokimiyatchiligining
- o`sishi bilan bog`liq o`zgarishlar tasirida rim
- jinoyat huquqi sohasida ham muhim o`zgarishlar
- yuz bergan. Rim jinoyat huquqi bu vaqtda
- imperiyaning butun hududiga va aholining barcha toifalariga,
- jumladan, peregrinlarga ham yoyilgan.
- Mavjud tartibotlarni har tomonlama
- himoya qilish maqsadida jinoiy repressiya kuchaytirilgan.
- Mazkur davrda jinoyat huquqi
- rivojlanishidagi xarakterli tendensiya
- shundan iborat bo`lgan ediki,
- qator xususiy deliktlar asta-sekin jinoiy
- jazolanadigan bo`lgan, jinoyatlar (crimen publicum)
- kategoriyasiga kiritilgan. Masalan, o`g`rilik ilgarigidek
- xususiy delikt hisoblangan, lekin qator hollarda
- (buzib yoki kuch ishlatib o`g`rilik qilish
- katta yo`llarda o`g`irlik qilish va h.k.) ananaviy jarima
- choralariga yana davlat tomonidan
- beriladigan jazolar ham qo`shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |