Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar, fuqarolik holati bilan bogʻliq hujjatlarning davlat tilida yoki zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi berilishi nazarda tutilgan (12, 13-moddalar).
Xullas, oʻzbek tilining rivoji va ravnaqi uchun davlat tomonidan barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida «Davlat tili haqida»gi qonunning barcha moddalari toʻliq amalga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek “Oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi”.
Milliy istiqlol hayotning barcha sohalarida boʻlgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yoʻl ochdi. Mustaqil davlatimizning Asosiy qonuni - Konstitutsiyada, "Davlat tili haqida"gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda oʻzbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq koʻrsatib berilgan.
Yaqin oʻtmishda milliy tafakkurni, milliy oʻzlikni izdan chiqarmoqqa, shu yoʻl bilan oʻz hukmronligi umrboqiyligini ta’minlamoqchi boʻlgan mustabid tuzum oʻzbek tilni izdan chiqarishga qattiq bel bogʻlagandi. Bu tuzum oʻzbek tiliga "yagona umumxalq tili"ning unsurlarini tiqishtirdi. Prezidentimiz Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV sessiyasidaga (1999-yil 14-aprel) nutqida mustabid shoʻrolar tuzumining illatlari haqida gapirar ekan, xususan shunday degan edi: "Oʻz ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini bilmaslik koʻplab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi". Bu, oʻz navbatida, inson ma’naviy dunyosining qashshoqlashuviga, milliy qadriyatlarga bepisandlik bilan qarashdan iborat nomaqbul aqidaning "bolalashi"ga olib kelganligini anglamaslik mumkin emas.
Oʻzbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida qonuniy ravishda qoʻllanmoqda, milliy ma’naviyatning betakror koʻzgusi sifatida, xalqning borligi va birligi belgisi sifatida oʻrganilmoqda, oʻrgatilmoqda.
Kishi oʻz fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor boʻlishi, kundalik soʻzlashuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga toʻgʻri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qogʻozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shuning uchun ham "Davlat tili haqida"gi qonunimizning oʻzak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
Davlat tilida ish yuritish kursining maqsadi: talabalarni davlat tilida ish yuritishning asoslari bilan yaqindan tanishtirish, rasmiy hujjatlar haqida toʻliq tasavvur hosil qilish, har bir rasmiy hujjatni yoza olish koʻnikmasini shakllantirish.
Davlat tilida ish yuritish kursining vazifalari: hujjatchilik tarixi, xususan, Sharq hujjjatchiligi haqida toʻla tasavvur hosil qilish; hujjat turlari va xususiyatlari, hujjat tili va uslublari, ish yuritishga oid atamalarni oʻrgatish, barcha - ish yuritish qogʻozlarini yozishni oʻrgatish.
«Davlat tilida ish yuritish» fani «Tilshunoslik asoslari», «Hozirgi oʻzbek adabiy tili», «Mantiq», «Uslubshunoslik» kabi fanlar bilan bevosita bogʻliq.
Oʻzbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida qonuniy ravishda qoʻllanilmoda, milliy ma’naviyatning betakror koʻzgusi sifatida, xalqning borligi va birligi belgisi sifatida oʻrganilmoqda, oʻrgatilmoqda. Kishi oʻz fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor boʻlishi, kundalik soʻzlashuv tilidan tashqari, rasmiy – ish yuritish tilini ham bilishi, kerak. «Davlat tili haqida»gi qonunning 8-14-, 19-20-moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil boʻlgan hujjatlar turli mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Shu jihatdan mazkur kursning ahamiyati katta va uni oʻrganish bugungi kundagi dolzarb masalalardandir.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil boʻlgan hujjatlar kattayu kichik mehnat jamoalarining, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Mustaqillik sharofati bilan oʻzbek tiliga e’tibor kuchaydi, oʻzbek tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. Oʻzbek tilining, jumladan ish yuritishning taraqqiyoti va istiqboli toʻgrisida gʻamxoʻrlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Davlat tilini, davlat tilida ish yuritishni oʻrganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglagan majburiyatga aylanib bormoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqdangan "Oʻzbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma", Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova etilgan "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, korporatsiyalari, kontsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalar apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha namunaviy yuriqnoma"ni alohida qayd etish kerak. Keyingi hujjatda, umumiy qoidalardan tashqari, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va joʻnatish, hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish va boshqa tartibotlar koʻrsatilgan.
«Davlat tilida ish yuritish» kursini oʻqitishda talabalarning Tilshunoslik asoslari, Hozirgi oʻzbek adabiy tili, Falsafa, Mantik, Uslubshunoslik kabi fanlardan egallagan bilimlariga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |