Inventarizatsiya – bu sanash, tortish, o‘lchash va boshqa yo‘llar bilan korxona mol-mulkini ro‘yxat qilish, olingan ma’lumotlarni buxgalteriya ma’lumotlari bilan solishtirish, aniqlangan kamomad, ortiqcha chiqish, nobudgarchilik va hokazolar tarzidagi farqlarni hujjatlar asosida rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini aniqlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aks ettirish uchun hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik muomalalarining natura va mehnat o‘lchovi ko‘rsatkichlarini pul ifodasida baholash kerak. Baholash – bu hujjatlarda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalalarini pulda ifodalash usulidir. U har xil narsalardan tarkib topgan xo‘jalik mablag‘larini yagona pul ifodasida ko‘rsatish imkonini beradi. Korxonalar mablag‘larini baholashda ularning haqiqiy ishlab chiqarish yoki sotib olish tannarxi asos bo‘ladi. Hujjatlarda aks ettirilgan va pulda baholangan barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi schotlariga yoziladi. Buxgalteriya hisobi schotlari – bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schotlardan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan Materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan Materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan Materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan redm ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida
Do'stlaringiz bilan baham: |