1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning turkumlanishi



Download 129,08 Kb.
bet10/16
Sana28.03.2022
Hajmi129,08 Kb.
#514607
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-Мавзу бўйича (Бух хис)

1.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning turkumlanishi

Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo quyilgan kapitalning qoplanishi qiziqtiradi: qarzlar qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda; tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning olinishi; ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va h.k. Mol yetkazib beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining o‘z vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon beradigan hisob axborotlarini olishdan manfaatdordirlar.


Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar – bu birinchi navbatda soliq organlari. Ularning asosiy vazifasi soliqlar va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar) ni yig‘ishdan iborat.
Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli qog‘ozining daromadliligi (kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi farqqa, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy barqarorlik darajasini, mulkdorlarning fond birjasida ro‘yxatga olingan va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida aniqlashlari mumkin.
Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib, ular hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishlarning rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va boshqa shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur bo‘lgan me’yorda o‘rganish bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar guruhiga auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari, yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni kiritish mumkin.
Kasaba uyushmalari xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisobotini uning bilan jamoa shartnomasi tuzish yoki muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadilar.
Mahalliy davlat muassasalari va aholi korxonalar moliyaviy hisobotlari bilan ularning moliyaviy holati va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ayrim tumanlar, fuqarolar yig‘ini va boshqalar doiralarida hal eta olishlari nuqtai nazaridan qiziqadilar.
Shunday qilib, hisob axborotlari moliyaviy hisobotda muayyan xo‘jalik yurituvchi subekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini ko‘rsatilgan yo‘nalishda ochib berishi uchun, buxgalteriya hisobining butun metodologiyasi axborotdan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilishi lozim. Ayni vaqtda buxgalteriya axborotlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida raqobatli muhit mavjud bo‘lgan va uning tijorat sirini saqlash obektiv zarurati, hisob axborotlarining mazmuniga ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan quyiladigan talablardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotida buxgalteriya hisobining ikkita turi mavjud: boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob.
Boshqaruv hisobi ichki foydalanuvchilar-xo‘jalik yurituvchi subektni boshqaruvchi menejyerlar uchun axborotlarni tayyorlaydi.
Moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot taqdim etishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun uning negizida shakllanadigan moliyaviy hisobotda tijorat siri bo‘lmaydi va e’lon qilinishidan oldin uning ishonchliligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiriladi.



Download 129,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish