Statistik hisob. Statistik hisobni yuritish, tashkil qilish belgilangan nizom va yo’riqnomalar bilan tartibga solinadi. Statistik hisobot shakllari Moliya vazirligi, tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Statistik hisob – bu jamiyatda ommaviy ravishda ro’y beradigan ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni kuzatish, o’lchash va statistik hisobotlar ko’rsatkichlari ko’rinishida taqdim etish tizimidir. Statistik hisob ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha xodimlar soni, o’rtacha ish haqi summasi kabi natura va pul o’lchov birliklarida taqdim etiladigan ma’lumotlarni shakllantiradi. Bu hisobning o’ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan bir turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish, kuzatish va tahlil qilishda qo’llaniladi, ikkinchidan boshlanish va tugallash muddatlari, ya’ni davri belgilanadi. Statistik hisobning operativ hisobdan farqi birinchidan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to’liq sodir etilgandan keyingina olib boriladi, ikkinchi farqi o’tkazilgan kuzatish natijalari belgilangan hisobot shakllarida yaxlit holda va umumlashtirilgan holda ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |