39
-
loyihani ishlab chiquvchi va uni amalga oshiruvchilar faoliyatini
muvofiqlashtirish (bu vazifani loyihani boshqarish uchun tuzilgan maxsus
boshqaruvchilar guruhi amalga oshiradi).
-
loyihani moliyalashtirish uchun konsorsium tarkibiga kirgan bank
mablag‗lari va boshqa kredit va pudratchilarning ajratmalaridan vujudga kelgan
moliyaviy resurslarni to‗plash.
Loyiha konsorsiumni boshqarishning yirik tadbirlarining asosiy shakli bo‗lishi
kerak. Uni amalga oshirishning umumiy sxemasi: konsorsium nomidan uning kerakli
bo‗lgan vazifalarini vaqtinchalik bajaradigan guruhni shakllantirish. Loyihalarni
amalga oshirish uchun hisoblar, konsorsiumning valyuta yoki hisob raqami
yordamida amalga oshiriladi. Loyiha boshqarmasi uni amalga oshirish uchun mablag‗
yig‗adi, ilmiy uslubiy ta‘minlash va amaliyotga tadbiq etish uchun buyurtma beradi,
moliyalashtiradi, loyihani boshqarish uchun kerakli bo‗lgan barcha vazifalarni
bajaradi. Loyiha amalga oshirilgandan so‗ng uni boshqarish tizimi tarqatib yuboriladi
(yoki unga boshqa loyihani amalga oshirish yuklatiladi). Loyihani boshqarish bitim
asosida amalga oshadi.
Konsorsiumni boshqarish konsipsiyasi o‗zgarishi bilan unga qarashli bo‗lgan
bo‗linmalarda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish talab etiladi. SHu bilan birga
operativ va strategik vazifalarni o‗zaro bir-biriga bog‗lashni amalga oshiradigan
boshqarish tizimining tarkibida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-texnika kengashini tashkil
etish zarurati tug‗iladi.
Konsorsium faoliyatining o‗zagi ijrochilar bilan tuziladigan bitim tizimiga asoslanadi.
Konsorsiumga tovar etkazib berish, xizmat ko‗rsatish yoki ob‘ektni jihozlash ishlarini
amalga oshiridigan tashkilotlar xomashyo etkazib beruvchilar yoki pudratchilar
hisoblanadi. Agarda bu tashkilot o‗z navbatida boshqa buyurtmachilarni o‗zining
majburiyatlarini bajarishga jalb qilsa, u buyurtmachilar oldida (konsorsium) to‗liq
javobgarlikni bo‗yniga oladi va o‗zi xomashyo etkazib beruvchi yoki bosh pudratchi
bo‗lib hisoblanadi.Loyihani joriy etish jarayonida jihozlar to‗plamini xarid qilish
maqsadida xorijiy firmalar yordamida ob‘ektlarni qurish zarur bo‗ladi. Jihozlar
to‗plamini keltirish yoki ob‘ektlarni qurish pudrat shartnoma tuzilayotganda, ularning
foydalanish muddati tugaguncha shartnomaning amal qilishi uchun bank kafolatidan
foydalaniladi. Tomonlar o‗rtasida jarima to‗lash va zararni qoplash yuzasidan
kelishmovchilik bo‗lganda buyurtmachi arbitraj xukm chiqarguncha xom ashyo
etkazib beruvchining kafolatidan kerakli summani olishi mumkin. Bundan tashqari
shartnomada buyurtmachilarga yirik banklardan pul summasini olishi mumkinligi
ham belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: