24
2.Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish
Innovatsiya faoliyatini mamlakat xududlarida keskin rivojlantirish bugungi
kunning eng dolzarb masalalaridan xisoblanadi. Lekin, ayni vaktda, viloyatlarda
innovatsiyalarga etarli e‘tibor qaratilyapti deb aytib bo‗lmaydi.
Misol tariqasida o‗tkazilgan innovatsiya yarmarkalari doirasida imzolangan
shartnomalarning bajarilishi to‗g‗risida ma‘lumotlarni keltiraman.
O‗tkazilgan 6 ta yarmarkalarda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va barcha
viloyatlardagi tadbirkorlar, fermerlar va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan
18,7 mlrd.so‗mlik 967 ta shartnoma imzolangan. Ularning bajarilishi 22,6%ni
tashkil etadi xolos.
Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida
quyidagi innovatsion maxsulotlarni ishlab chiqarilishi tashkil qilindi:
- Kimyo sanoatida yangi AFU(azotli fosforli o`g‘it) va fosfomochevina
o`g‘itlarini ishlab chiqarishgà yo`naltirilgan innovatsion texnologiyalarni joriy
etilishi natijasida jami 317,5 ming.tn yangi mahsulotlar
ishlab chiqarilgan;
- "Uzfarmsanoat" DAK korxonalarida 4 turdagi dori vositalari ishlab
chiqarish bo`yicha joriy etildi - "Fenasal 0,25 №12", "Albezol 0,2 g № 3",
"Radalin 0,5%", "TselAgrip 0,012 g №10", "Allapinin" va bosh?alar;
- "Uzmetkombinat" OAJda - elektrod ishlab chiqarish uchun 3,2 ming tn
xajmida mikrokristallik tsellyuloza (MKTs) seriyali ishlab chiqarilishi yo`lga
qo`yildi;
- Olimlarimiz va "TTZ" OAJ konstruktorlari tomonidan ishlab chiqilgan
konstruktorlik va boshqa ilmiy-texnik hujjatlari asosida 80 va 100 ot kuchiga ega
bo`lgan g‘ildirakli yangi traktorlarning tajriba nushalari Toshkent traktor zavodida
ishlab chiqarildi - (TTZ 9985), tsel'nokarkasli kabinalar TTZ 80.10 va TTZ 80.11 -
markali traktorlar uchun;
- "Agregat zavodi" OAJda - 844 dona g‘o`zani chilpish moslamasi - PChM-
4B seriyali ishlab chiqarildi.
2010-2017 yillarda hududlarning sanoat sohasida innovatsion faolligi
2008 yilning 15 iyulida qabul qilingan ―Innovatsion loyihalar va
texnilogiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishini rag‗batlantirishni qo‗shimcha
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirishni yangi boskichga olib chiqdi.
Qarorga muvofiq har yili Innovatsion g‗oyalar, texnologiyalar va
loyihalarrespublika yarmarkasi o‗tkazilmoqda. Innovatsiya yarmarkasi fan va
ishlab chiqarish uzviyligini ta‘minlashning asosiy mexanizmlaridan biri bo‗lib
qoldi.
Yarmarkaning vazifalari:
- innovatsion texnologiyalar, g‗oyalar va loyihalarning taqdimotini tashkil
etish;
- sanoatning raqobatbardoshligini oshirish manfaatlari yo‗lida fan, ta‘lim va
ishlab chiqarish integratsiyasini ta‘minlash;
- korxonalar va ixtisoslashgan firmalarning ilmiy-texnika sohasidagi
innovatsiya faoliyatini rivojlantirishga ko‗maklashish;
25
- ilmiy va amaliy tadqiqotlarning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish,
korxonalarning texnologiyalari va mahsulotlarini respublika hamda xorij
bozorlariga olib chiqish bo‗yicha aloqalarni kengaytirish va
mustahkamlash;
- byudjetdan tashqari moliyaviy mablag‗larni to‗plash, ilmiy xajmdor va
innovatsion mahsulotlar yaratish hamda ularni bozorga olib chiqish jarayoniga jalb
etish;
-
innovatsiyalarni
rivojlantirishni
rag‗batlantirishning
amaliy
mexanizmlarini, shu jumladan innovatsiya ishlanmalari (loyihalari)ni venchur
kreditlash tizimini yaratish.
Prezidentimizning yuqorida keltirilgan qaroriga muvofiq innovatsion
faoliyat bilan shug‗ullanuvchilarga solik imtiyozlari berildi, yirik korxonalarda
Modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‗armalari tashkil etildi,
korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiquvchi innovatsion markazlar
tashkil etildi, viloyatlarda hududiy Innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi
markazlari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: