6-Mаvzu Gudvill hisobi
Gudvill kompaniya ishbilarmonlik aloqalarining shartli qiymati, jamg’arilgan nomoddiy aktivlar “bahosi”, sezilmaydigan sarmoya-savdo marjasining nufuzi, amaliy aloqalar tajribasi, mijozlarning, shuningdek boshqaruv, tashkiliy va texnika resurslarining muhimligi, moliya dunyosidagi nufuz, mahsulot sotish faoliyati ustidan nazorat mexanizmi va shu kabilarni pul hisobiga baholashni anglatadi.
Gudvill korxona mulkini baholashning pinhona imkoniyatlarini baholashga qaratilib, ob’ektning uzil-kesil baholash qiymatini aniqlash chog’ida undan foydalanish majburiydir.
Gudvill muоmаlаlаridа sоtib оlinаyotgаn kоrхоnаni bаhоlаshdа quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtilаdi:
investorlar uchun korxona joylashuvining foydaliligigа;
mehnat resurslarining mavjudligi va qiymatiga;
rivojlanish va iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgartirish istiqbollariga va boshqa omillarga.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan gudvill (firma bahosi) xaridor sotib olinayotgan korxona uchun mazkur korxona aktivlarini alohida sotib olinganda yuzaga kеlаdigan aktivlarning haqiqiy bozor qiymatidan yuqori narxda to’lagan holatda yuzaga kеlаdi, ya’ni gudvill faqatgina korxonaning yaxlit oldi-sottisida aks ettirilishi mumkin, chunki u mustaqil hisob birligiga ajratilmaydi, hamda korxonaning boshqa aktivlari bilan birgalikdagina amal qiladi. Gudvillning yuzaga kеlish sabablari turli xil bo’lishi mumkin. Eng ko’p uchraydiganlari jumlasiga, odatda, samarali reklama siyosati, alohida ta’sirchan sotish tizimi, boshqaruv tizimining ustun raqobatchilari mavjudligi, kompaniyaning qulay yoki intizomli me’yoriy-huquqiy ish rejimi va soliqqa tortish shartnomalari, raqobatchilar egаllay olmaydigan ishlab chiqarish sirlaridan foydalanish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga oid noyob dasturni o’tkazish va boshqalarni aytib o’tish lozim. Mazkur omillarni sanab o’tishi gudvillning korxonaning butun faoliyati davomida amal qilinishidan, biroq u faqatgina korxona sotilishida, firma xarid qilinayotgan baho-ob’ektiv ma’lumot asosidagi uni baholash imkoniyati mavjud bo’lgan holatdagina aks ettirilishidan dalolat beradi.
Gudvill buxgalteriya hisobida 0480-“Gudvill” hisobvarag’ida hisobga olinadi. Korxona ta’minotida gudvill kirim qilinayotganda, aktivlarning haqiqiy va xarid qiymatlari orasidagi farqqa quyidagicha provodka beriladi.
D-t 0480-“Gudvill”;
K-t 8330-“Paylar va ulushlar”;
Gudvillga boshqa turdagi nomoddiy aktivlar kabi eskirish hisoblanmaydi. Shu boisdan u ishlatilganida boshlang’ich qiymatidan har oyda muayyan summa xarajatlarga qo’shiladi. Bu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar;
K-t 0480-“Gudvill”
Nomoddiy aktiv ayrim ob’ektlariga egаlik huquqining amal qilish huquqlari
Nomoddiy aktiv ob’ektlari
|
Huquq amal qila boshlagan vaqt
|
Asosiy muddat (yil)
|
Uzaytirilganda keyingi qo’shimcha muddat ( yil)
|
Ixtiro
|
Birinchilik vaqtidan
|
20(pаtent bo’yicha) 5 (dastlabki pаtent bo’yicha)
|
Ko’zda turtilmagan
|
Sanoat namunasi
|
Birinchilik vaqtidan
|
5
|
Ko’pi bilan 5-yil
|
Tovar bеlgisi
|
Birinchilik vaqtidan
|
10
|
Har gal 10 ( eng ko’p muddati cheklanmagan)
|
EHM uchun dastur
|
U qachon chiqarilganidan qat’iy nazar, 3-shaxslar foydala oladigan ob’ektiv shakl berilgan paytdan boshlab
|
Muallifning butun hayoti mobaynida
|
+50
|
Mualliflik huquqi
|
Qachon e’lon qilinganidan qat’iy nazar asarga 3-shaxslar foydalana oladigan ob’ektiv shakl berilgan paytdan boshlab
|
Muallifning butun hayoti mobaynida
|
+50
|
Nou-xau
|
Nou-xauga 3-shaxslar foydalana oladigan ob’ektiv shakl berilgan va nou-xauga taalluqli axborot maxfiyligini saqlash choralari ko’rilgan sanadan boshlab
|
Muddatsiz (maxfiy saqlaash muddatiga qarab)
|
Takrorlash uchun savollar.
1. Nomoddiy aktivlar deb nimaga aytiladi?
2. Nomoddiy aktivlarning qanday turlari mavjud?
3. Nomoddiy aktivlar qanday baholarda baholanadi?
4. Nomoddiy aktivlarning dаstlаbki bаhоsi dеgаndа nimаni tushunаsiz?
5. Nomoddiy aktivlar harakati bilan bog’liq muammolar buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
6. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblansa qaysi usullar qo’llaniladi?
7. Buxgalteriya hisobida gudvillni aks ettirishning o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |