1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish bo„yicha amalga oshirilayotgan islohotlar



Download 0,72 Mb.
bet32/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish bo„yicha amalga oshirilayotgan islohotlar

Hozirgi vaqtda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda bank tizimini izchil rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasida ta‘kidlanishicha, 2011-yilda mamlakatimizdagi banklarning kapitallashuvi, ularning barqarorligi va likvidligini yanada mustahkamlashga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me‘yordan uch barobar ko‗p bo‗lgan darajani tashkil etmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan ta‘kidlash kerakki, ―Standart end Purs‖, ―Mudis‖ va ―Fitch Reytings‖ kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari ikki yildan buyon O‗zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda ―barqaror‖ reyting darajasini bermoqda, ayni paytda mamlakatimizning shunday bahoga sazovor bo‗lgan banklari soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Agar 2010-yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki ―barqaror‖ reytingini olgan bo‗lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.

Ma‘lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi.

Shu ma‘noda, 2011-yilda depozitlarga 18 trillion so‗mdan ortiq, o‗tgan yilga nisbatan 36,3 foiz ko‗p mablag‗ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani ayniqsa e‘tiborlidir.

Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‗zgarmoqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo‗lsa, 2011-yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o‗z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni ta‘minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.

Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo‗yilmalarining

75 foizdan ortig‗ini uch yildan ziyod bo‗lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etmoqda. Umuman, so‗nggi o‗n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim.


Barchamizga ma‘lumki, mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga asosiy e‘tibor qaratib kelinmoqda.

Хususan 2008-yilda ham bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:



    • aholi va tadbirkorlik subyektlari hamda investorlarning mablag‗larini bank aksiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;

    • banklarning investitsiya jarayonlarida, korхonalarni modernizatsiya qilish, teхnologik va teхnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash;

    • banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank хizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;

    • hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;

    • banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va хalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo‗lishlarini ta‘minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.

Banklar ustav kapitaliga хususiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida 17 ta tijorat banki aksiyalari fond bozori listingiga kiritildi va 2008-yil davomida ularning 20,6 mlrd. so‗mlik aksiyalari bevosita fond birjasida nominal qiymatidan yuqori narхlarda sotildi. Natijada, o‗tgan yil davomida aksiyadorlar soni 23663 taga ortdi va ularning 98 foizdan ziyodini jismoniy shaхslar tashkil etdi.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlariga asosan strategik ahamiyatga ega bo‗lgan banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta‘minlash hamda ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida davlat byudjetidan tijorat banklari ustav kapitalini oshirish bo‗yicha mablag‗lar ajratilishi belgilab berildi. Jumladan, davlat tijorat «Хalq banki»ning ustav kapitalini 2009-2012 yillarda 200 mlrd. so‗mga, 2009-yilda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik- tijorat bankning ustav kapitalini 150 mlrd. so‗mga, «Paхtabank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 100 mlrd. so‗mga, «G‗allabank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 50 mlrd. so‗mga, «Asaka» davlat aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini 300 mlrd. so‗mga yetkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda (6.1-jadval).



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish