1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Bank turlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar



Download 0,72 Mb.
bet30/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Bank turlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar.

Kredit muassasalarining bo‗ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikkita turga ajratish mumkin: bir bosqichli va ikki bosqichli bank tizimi.

Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit, hisob-kitob xizmatlarini ko‗rsatishda ishtirok etadi.

Ikki bosqichli bank tizimida banklar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar vertikal va gorizontal yo‗nalishdagi tuzilishiga asoslanadi. Vertikal - rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo‗g‗inlar - tijorat va ixtisoslashgan banklar o‗rtasidagi bo‗ysunish munosabatlari, gorizontal- quyi bo‗g‗indagi turli banklar o‗rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushiniladi.

O‗zbekistondagi bank tizimi ikki pog‘onali bo‘lib, uning yuqori pog‘onasi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki, quyi pog‘onasi esa davlat aksiyadorlik-tijorat banklari, aksiyadorlik-tijorat banklari, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va xususiy banklardan iboratdir.

Markaziy bank mamlakatning emissiya banki bo‗lib, u davlatga tegishli bo‗ladi va butun bank tizimini va mamlakatda pul muomalasini nazorat qiladi. U banklar banki hisoblanadi.

Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog‗liq. Bundan tashqari, Markaziy bank ayni paytda boshqa, jumladan, banklarning banki, davlat banki, milliy oltin-valyuta zahiralarini boshqaruvchilik vazifalarini ham bajaradi. Markaziy bank o‗zining butun faoliyatini zimmasida turgan vazifalarni sifatli va samarali ado etadigan darajada uyushtiradi. Umumiy pul xo‗jalik aylanmasida Markaziy bankning monopollik mavqei unga pul muomalasini nazoratida saqlab turishga imkon beradi, pul miqdori nazoratsiz ko‗paymasa, uning xarid qobiliyati ham pasayib ketmaydi.

Bundan tashqari, tijorat banklari Markaziy bankda o‗z qisqa muddatli va o‗rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.

Markaziy bank naqdsiz to‗lov aylanmasini texnik tarzda bajarish uchun sof bank xizmatlarini taqdim etadi. Banklar bu xizmatlardan iqtisodiyotning turli subyektlari o‗rtasida to‗lov aylanmasini yo‗lga qo‗yish uchun foydalanadi.

Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‗zining mintaqaviy bo‗linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma‘lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.

Mamlakatimizda ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarga tegishli banklar davlat tasarrufida qoldirilgan bo‘lib, ular davlatning shu sohadagi islohotlarini amalga oshirishda xizmat qiluvchi moliyaviy muassasa hisoblanadilar. Bularga davlat aksiyadorlik-tijorat banklari bo‘lgan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Xalq banki va Asaka banklar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki mamlakatimizda chet mamlakatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalar jarayoniga, xususat eksport va import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatsa, xalq banki esa bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy tomondan qo‘llab-quvvatlash jarayoniga xizmat qiladi. Xalq banki fuqarolar bilan aloqada bo‗lib, omonatchilar bilan ish olib boradi, aholiga pul qarz berish va ularning bo‘sh pul mablag‘larini omonatga jalb qilish ishlarini bajaradi.

Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra tijorat banklari universal yoki ixtisoslashgan banklarga bo‗linadi. Tijorat banklari juda ko‗p turdagi xizmatlarni ko‗rsatadi va xizmat turlari hozirgi vaqtda kengayib bormoqda.

Shu bilan birga, xususiy banklar miqdoriy jihatdan kam sonli bo‗lib, ular bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy, kredit vazifalarini bajarib, tovar-pul muomalasi rivojiga ta‘sir ko‗rsatadilar.

2010-yilda respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan tijorat banklari soni 31 taga yetdi. Shundan 3 tasi davlat aksiyadorlik-tijorat banki, 13 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 10 tasi хususiy bank va 5 tasi хorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (6.1-rasm).




Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish