1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


O‟zbekistonda lizing xizmatlari bozori rivojlanishining istiqbollari



Download 0,72 Mb.
bet72/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

O‟zbekistonda lizing xizmatlari bozori rivojlanishining istiqbollari.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28-avgustdagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‗batlantirish tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoni mamlakatda lizing biznesi uchun qulay soliq muhitini yaratib berdi. Moliyaviy xizmatlarni kengaytirishdagi mavjud muammolar hal etildi.

Qonunchilikka kiritilgan o‗zgarishlar O‗zbekistonda lizingni rivojlantirish yo‗lidagi qator to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan edi. Jumladan, lizing oluvchining lizing operatsiyasini o‗z mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish bo‗yicha me‘yor, hamda fuqarolik qonunchiligidagi mavjud turli talqin etilishi mumkin bo‗lgan tushuncha va ziddiyatlar olib tashlandi. Umuman olganda qonunchilikka kiritilgan o‗zgarishlar quyidagi muammolarni hal etdi:


    1. Fuqarolik kodeksi va «Lizing to‗g‗risida»gi Qonunda lizing beruvchi, lizing oluvchi va mulk sotuvchilarning huquq va majburiyatlari yanada to‗la va aniq ko‗rsatilgan bo‗lib, bu lizing operatsiyalarini amalga oshirishda mustahkam qonunchilik asosini yaratdi;

    2. Prezidentning 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‗batlantirish tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmonidan kelib chiqqan holda Soliq kodeksi va

«Bojxona tarifi to‗g‗risida»gi Qonunga o‗zgartirishlar kiritildi;

    1. Lizing oluvchi o‗z majburiyatlarini bajarmagan holda, lizing beruvchi mol-mulkni talab qilib olishi bo‗yicha soddalashtirilgan mexanizm protsessual xo‗jalik kodeksiga kiritildi.

Bundan tashqari «Lizing to‗g‗risida»gi Qonundan operativ lizing tushunchasi olib tashlandi, hamda amaldagi qonunchilikdagi turlicha talqin etilishi mumkin bo‗lgan ayrim ziddiyatlarga barham berildi. Qilingan yana bir o‗zgartirish-lizing muddatlariga tegishli bo‗ldi. Ma‘lumki, jahon amaliyotiga muvofiq lizing o‗rta va uzoq muddatli moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Lizing shartnomalarida oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan ko‗proq soliq imtiyozlari mavjud bo‗lganligi sababli, sohta lizing bitimlarining tuzilish holatlari kuzatilishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda lizingning eng qisqa muddati 12 oy qilib belgilanib, sohta lizing shartnomalari tuzilishining oldini olish uchun asos yaratildi.

Shunday qilib, lizing uchun moliyalashtirishning boshqa usullari kabi bir xil soliq sharoitlari yaratildi.

Qonunchilikdagi o‗zgarishlar lizing bozori rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi, jumladan 2002 yilda 2001 yilga nisbatan lizing kompaniyalarining lizing operatsiyalari 48%ga, tijorat banklarining esa – 30%ga oshdi. 2003 yil yakunlariga ko‗ra, O‗zbekistonda Kichik va o‗rta biznes subyektlariga lizing asosida 37.5 mln AQSH dollari miqdorida asbob-uskunalar berilgan. Xalqaro lizing operatsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi va 2003 yilning birinchi yarmida O‗zbekistonga qo‗shma korxonalar va xalqaro lizing kompaniyalari tomonidan 40 mln AQSh dollari miqdoridagi asbob-uskunalar lizing asosida olib kirildi.

Bu ijobiy o‗zgarishlar xalqaro moliyaviy institutlar e‘tiborini torta boshladi. Jumladan, 2002 yilning oxirida Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK) va yevropa Tiklanish va Tarqqiyot Banki (YTTB) tomonidan – «O‗zbeklizing Interneshnl AJ» lizing kompaniyasi uchun umumiy hajmi 4,5 mln. AQSh doll. miqdoriga teng kredit liniyasi ochildi. Hozirgi paytda XMK tomonidan O‗rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tashkil etish ustida ish olib bormoqda

Ta‘kidlash joizki, kiritilgan o‗zgarishlar nafaqat lizing kompaniyalari faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, balki mamlakat lizing sohasiga ichki va tashqi investitsiyalar kirib kelishiga olib keladi. O‗zbekistondagi tijorat banklari ham lizing loyihalarini moliyalashtirishning hajmlarini yanada oshiradilar.

Ma‘lumki, O‗zbekistonda lizing operatsiyalari 8 ta lizing kompaniya va 13 ta bank tomonidan amalga oshiriladi. Farmonning joriy qilinishi lizing xizmatlari bozoriga yana yangi tijorat banklarining qo‗shilishiga olib keldi. Farmon e‘lon qilinganidan so‗ng 2002 yilning oxiriga qadar bu ikki bank tomonidan 300 mln. so‗m miqdoridagi 110ta loyihani moliyalashtirildi. Bu esa o‗z navbatida lizing bozorida tijorat banklarining ulushining oshishiga olib keldi. Banklar tomonidan umumiy hajmi 1,3 mlrd. so‗m miqdoridagi 154 ta yangi loyiha moliyalashtirildi. Prezident Farmonida lizing uchun kredit kabi soliq muhiti yaratilib, tijorat banklarining lizing operatsiyalaridan oladigan foydaning oshishiga imkoniyat tug‗dirildi.

O‗zbekistonda 2002 yilda ham huddi 2001 yildagidek lizing kompaniyalarining lizing operatsiyalaridagi hajmi tijorat banklarnikiga nisbatan ancha yuqori bo‗ldi: lizing kompaniyalari umumiy hajmi 45,6 mlrd. so‗m miqdoridagi 2310 ta loyihani amalga oshirdilar. 2003 yilda Respublika tijorat banklari tomonidan 6.476 mln so‗m miqdoridagi lizing operatsiyalarini amalga oshirilgan, bu esa 2002 yil natijalarga nisbatan deyarli 5 barobar o‗sganligidan dalolat beradi. Hamda 20042 yilda 2003 yilga nisbatan amalga oshirilgan lizing operatsiyalarining xajmi 60%ga oshdi va umumiy xajmi 10,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Lizing litsenziya talab qilmaydigan faoliyat turi bo‗lganligi tufayli, mamlakatda lizing operatsiyalari faqat lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshirilibgina qolmadi. Masalan, mamlakatda telekomunikatsiya va aloqa, shuningdek qurilish sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar 2003 yilning dastlabki 5 oyi ichida chet el lizing beruvchilaridan umumiy hajmi 40 mln. AQSh doll. miqdoridagi zarur texnologiyalarni o‗z faoliyatlariga jalb qildilar.

Ayni chog‗da, lizing faoliyati uchun imtiyozlarning yaratilishi moliyaviy bozorda raqobatni yanada kuchaytirdi. Lizing xizmatlarining ulushi oshib borishi natijasida bozor kengayib borishi bilan birga, moliyalashtirish bahosining pasayishiga olib keldi. Xorijiy tajribaga ko‗ra lizing xo‗jalik subyektlari uchun o‗z faoliyatlariga asosiy vositalarni jalb qilishda bank kreditining muqobil vositasi sanaladi. Ba‘zi davlatlarda lizing o‗rta muddatli moliyalashtirishdan ustunroq turadi. Bundan O‗zbekiston banklari lizing bozorining kengayishidan zarar ko‗radi degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, iqtisodni moliyalashtirishda yetakchi bo‗lib hisoblangan banklar o‗z faoliyatlari doirasini kengaytirish va qo‗yilmalarning samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. endilikda tijorat banklari bir tomondan mustaqil ravishda lizing operatsiyalari o‗tkazish, ikkinchi tomondan esa lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish uchun qiziqishlari oshmoqda. Lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish banklar uchun o‗z kredit portfelini diversifikatsiyalash, hamda asosiy qaltisliklarni lizing kompaniyalari zimmasiga o‗tkazish uchun sharoit yaratadi.

Yuqorida qayd etilgan lizingga oid qonunchilikga muhim ahamiyat kasb etuvchi o‗zgarishlarning kiritilishi, lizing xizmatlari bozorining istiqbollarini bashorat qilish imkoniyatini beradi. Shunga qaramasdan lizing faoliyati rivojini qiyinlashtiruvchi omillar mavjud, ulardan eng muhimi ushbu sohada moliyaviy resurslarning yetishmasligidir. Amalda lizing kompaniyalarining kapitalizatsiyalashuvi unchalik yuqori emas, tijorat banklari esa ushbu sohada o‗z zahiralaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmoqdalar.



Lizing kompaniyalari lizing oluvchilar uchun asbob-uskunalarni bank kreditlari evaziga jalb qiladilar. Bu esa lizing oluvchi uchun kreditga nisbatan lizingning qiymatini oshiradi.



      • Lizing olishi mumkin bo‗lganlar va lizing beruvchilar lizingning mohiyatini va afzalliklarini yetarlicha tushunmasliklari, buning oqibatida lizing loyihalarining miqdorini cheklanganligi;

      • Lizing yordamida jalb qilinadigan asbob-uskuna va texnika to‗g‗risida ma‘lumotlar bazasining yetishmasligi;

      • Lizing bozori infratuzilmasining shakllanmaganligi, lizing kompaniyalarining tarmog‗i rivojlanmaganligi, hamda ushbu sohadagi barcha subyektlar uchun xizmat ko‗rsatadigan konsalting firmalarining yo‗qligi;

      • Lizing kompaniyalari uchun malakali mutaxasislarning yetishmasligi lizing kelishuvlari hajmini chegaralab qo‗yadi va lizing xizmatlari bozorini rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi.

Yana bir to‗sqinlik qiluvchi omil bu – soliqqa tortish maqsadida jadallashgan amortizatsiyaning qo‗llanmasligi. XX asrning 50-yillarida lizing AQSh va yeropada jadallashgan amortizatsiyaning qo‗llanishi oqibatida muhim moliyaviy dastak darajasiga ko‗tarilgan. Rossiyada ham aynan shunday yo‗l tutilib, amortizatsiyaning bu usuli orqali hisoblangan koeffitsienti 3 gacha etib belgilangan.

Jadallashgan amortizatsiyaning qo‗llanilishi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‗rsatuvchi sohaning shakllanishiga turtki bo‗ldi. Shuningdek bu samoyadorlarga iqtisodiyotning real sohalariga jalb qilinadigan kapital qo‗yilmalarning hajmini oshirish imkoniyatini berdi.

Jadallashgan amortizatsiya so‗nggi 10 yillikda Polsha, Chexiya Respublikasi va Isroilda muvaffaqiyatli qo‗llanib kelinmoqda va bundan nafaqat lizing, balki malakatning ishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar oqimini oshirish maqsadida qo‗llanilmoqda.

O‗zbekistonda lizing uchun olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojxona to‗lovlaridan ozod etish jarayonlari takomillashtirilishi zarur. Amalda ushbu jarayonlarda quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:



      • «texnologik uskunalar» atamasiga va texnologik deb yuritish mumkin bo‗lgan uskunalar uchun aniq mezonlarning belgilanmaganligi bu sohada turlicha talqinlarga olib keladi;

      • banklarga uskunalarni «texnologik» ekanligini aniqlash va lizing maqsadlari uchun olinayotganligini tekshirish singari banklar uchun xos bo‗lmagan vazifa yuklatilgan;

O‗zbekistonda lizing operatsiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun qator tashkiliy-uslubiy tadbirlar amalga oshirishi lozim.

Birinchidan, O‗zbekistonning barcha viloyatlarida lizing kompaniyalarini tashkil etib, faoliyatlarini lizing operatsiyalari o‗tkazish orqali jadallashtirish zarur. Ularning ba‘zilarini qishloq hududiga joylashtirilishi esa qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va yangi ish o‗rinlarini yaratilishiga zamin yaratadi.

Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini olib borishda tashkilot va fuqarolarni moddiy rag‗batlantirish, hamda ular tomonidan lizing loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy kafolatlarni berish maqsadida O‗zbekistonda lizingni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish Fondini tashkil etish lozim. XMK O‗rta Osiyo mamlakatlarida lizingni moliyalashtirish Fondini tuzish arafasida. Fondning asosiy vazifasi xalqaro moliya institutlari va donorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu mamlakatlarda lizing operatsiyalarini rag‗batlantirish uchun ularga moliyaviy resurslarni yetkazib berishdan iboratdir.

Uchinchidan, lizingning yaxshi rivojlanishi uchun lizing biznesining infratuzilmasini yaratib, bunga xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilish, hamda raqobatchilik muhitini rivojlantirish lozim. Lizing xizmatlari nafaqat lizing kompaniyalari va banklarning o‗z mablag‗lari hisobidan, balki banklarning krediti shaklidagi jalb qilinadigan qarz resurslari orqali ham amalga oshirilishi kerak.

To‗rtinchidan, qonunchilikda bir shaxs ham ishlab chiqaruvchi, ham sotuvchi va ham lizing beruvchi sifatida ishtirok etishi mumkinligi masalasini ko‗rib chiqish zarur.

Beshinchidan, qonunchilikka uskunalarning jadallashgan amortizatsiya me‘yorlarini qo‗llash, shuningdek mustaqil ravishda soliqqa tortish bazasida belgilangan amortizatsiya me‘yoridan ikki barobar ko‗p bo‗lgan summani olib tashlash kabi o‗zgarishlarni kiritish zarur.

Shu bilan birga butun respublika hududida lizing infratuzilmasini shakllantirish zarur. Lizing sohasini kengaytirish uchun lizing kelishuvlarini ta‘minlovchi keng axborot bazasini yaratish hamda lizing loyihalarini amalga oshirishda ko‗maklashadigan konsalting firmalar va boshqa vositachi tashkilotlarni tashkil etish kerak. Iqtisodiyotning yanada rivojlantirish davrida yuqori raqobatbardoshli obyektlarning qo‗llanilishini ta‘minlash va chet el investitsiyalarini jalb qilish lizing rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir. Lizingni rivojlantirish tadbirlari belgilanayotganda mahalliy va chet el qatnashchilari uchun teng sharoitlar yaratilishi lozim.

Lizing bo‗yicha axborot ta‘minotiga katta e‘tibor berilishi zarur. Lizing kelishuvlari bo‗yicha axborot ta‘minoti avvalo lizingni jadal rivojlantirish maqsad qilib qo‗yilgan viloyatlarda yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lishi kerak. Mahalliy va chet el firmalari o‗rtasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirish uchun hammabop axborot tizimini yaratish lozim.





Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish