1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Investitsiyaning turlari va ularning o‟ziga xos xususiyatlari



Download 0,72 Mb.
bet40/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Investitsiyaning turlari va ularning o‟ziga xos xususiyatlari.

Investitsiya fondlari - bu jismoniy va yuridik shaxslar mablag‗larini to‗plovchi hamda foyda olish, aksiyadorlar xatarini kamaytirish maqsadida ushbu mablag‗larni fond nomidan qimmatli qog‗ozlarga, bank hisobraqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir.

Investitsiya fondi yuridik shaxs bo‗lib, aksiyalarni chiqarish va xarid qilishni, qimmatli qog‗ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aksiyalariga egalik qilayotgan korxonalarning rivojlanishida va faoliyati samaradorligini oshirishda aksiyador huquqlari bilan ishtirok etadi.

Investitsiya fondlari ikki xilga bo‗linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya‘ni fond qimmatli qog‗ozlarining egalariga ularning o‗rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko‗zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi.

Investitsiya fondlarining muassislari bo‗lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo‗lmasligi kerak. Investitsiya fondining ustav fondi eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo‗lmasligi lozim. Fond aksiyalariga dastlabki obuna fond davlat ro‗yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Fond ustav sarmoyasining kamida 75 foizi pul mablag‗lari bilan to‗lanishi zarur. Investitsiya fondi davlat ro‗yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish uchun litsenziya olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.

Fondni tashkil etishda uning aksiyalari ochiq obuna yo‗li bilan tarqatiladi, bunday obuna boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Obunaning eng uzoq muddati 6 oy qilib belgilanadi. Obunaning yakunlanishida investitsiya fondining ustav sarmoyasi u tomonidan amalda joylashtirilgan aksiyalar bilan muvofiqlashtiriladi va adliya idoralarida ro‗yxatdan o‗tkaziladi,

Investitsiya fondining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi hisoblanadi. Umumiy yig‗ilishning maxsus vakolatiga qonun hujjatlari bilan belgilanganlardan tashqari, fond faoliyatining chegaralanishini, depozitariy va boshqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalarni ma‘qullash kiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari o‗rtasidagi davr 15 oydan oshmasligi kerak. Ushbu vaqt mobaynida kuzatuvchi kengash uning oliy organi hisoblanadi.

Investitsiya fondi investitsiyalarini boshqarish va uning qimmatli qog‗ozlari portfelini shakllantirishni, shuningdek, fondga maslahat xizmatlarini ko‗rsatishni boshqaruvchi kompaniya amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi idoralari tomonidan ta‘sis etilgan investitsiya muassasalari yoki ustav fondining 25 foizi davlatga tegishli bo‗lgan tashkilotlar, shuningdek, affilyatsiyalangan shaxslar investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi bo‗la olmaydi. Investitsiya fondining affilyatsiyalangan (tobe) shaxslari deganda yuridik va jismoniy shaxslar, boshqaruvchi kompaniya hamda uning mansabdor shaxslari, muassislar va ovoz beruvchi

aksiyalarning 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar tushuniladi. Affilyatsiyalangan shaxslar tarkibiga mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan boshqarish to‗g‗risida shartnoma tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi. Investitsiya fondining ishtirokchilari boshqaruvchi kompaniyaning muassisi va a‘zosi bo‗lishi mumkin emas, o‗z navbatida, boshqaruvchi kompaniyaning muassislari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar hamda ularning affilyatsiyalangan shaxslari investitsiya fondining aksiyadorlari bo‗la olishmaydi. Investitsiya fondining kuzatuvchi kengashlari hamda boshqaruvchi kompaniyalar tarkibiga davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslari kiritilishi mumkin emas. Boshqaruvchi kompaniya bilan investitsiya fondining aktivlarini boshqarish to‗g‗risidagi shartnomani aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan vakil etilgan fondni kuzatuvchi kengashining raisi tuzadi. Kuzatuvchi kengash boshqaruvchi kompaniya tomonidan tuziladigan bitimlarning ro‗yxatini, shuningdek, bitimlarning xususiyati va hajmiga ko‗ra chegaralarni belgilashi mumkin. Boshqaruvchi kompaniya o‗z faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, aksiyalari fondga tegishli bo‗lgan korxonalar aksiyadorlarining umumiy yishlishida aksiyador sifatida ishtirok etadi, Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan umumiy yillik mukofot pulining miodori investitsiya fondi sof aktivlari o‗rtacha yillik qiymatining 5 foizidan oshmasligi kerak.

Fond aksiyalari birinchi nashrining hisobi Markaziy depozitariyda, keyingi nashrlarining hisobi esa, Markaziy depozitariy bilan vakillik munosabatlariga ega bo‗lgan boshqa depozitariylarda yuritiladi. Depozitariy fond qimmatli qog‗ozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi, shu jumladan, qimmatli qog‗ozlarni almashtirish, xarid qilish va sotish bo‗yicha cheklovlarni amalga oshiradi, Depozitariyning talabiga ko‗ra uning vakili fond kuzatuvchi kengashining majlisida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin. Investitsiya fondi aksiyadorlarining reestri depozitariy tomonidan yuritiladi. Depozitariy fondning kreditori yoki kafili bo‗lish huquqiga ega emas. Fondning, boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning hujjatlari hamda hisobotlarini fond tomonidan tayinlangan mustaqil auditor yillik tekshiruvdan o‗tkazadi.

Depozitariy - bu qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qog‗ozlar bozorining muassasasidar. Faqat naqd (qog‗oz blanklar ko‗rinishidagi) qimmatli qog‗ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo‗lishi jamiyat uchun ancha qimmatga tushadi, chunki ularni tayyorlash uchun juda ko‗p hajmdagi bo‗yoqlar, qog‗ozlar va hokazolar sarflanadi. Bundan tashqari, qimmatli qog‗ozlarning qog‗oz blanklarini saqlash ko‗pincha texnik xususiyatdagi muayyan qiyinchiliklar bilan bog‗liq (saqlash uchun maxsus xonalar, seyflarning mavjud bo‗lishi zarurati). Nihoyat, naqd qimmatli qog‗ozlar muomalada bo‗lishida qator muammolarni keltirib chiqaradi. O‗tkazma yozuvlarni taqdim etish, transferagentlik xizmatlari, o‗rabbog‗lash va tashish, har bir blankning haqiqiyligini tekshirish va h.k. Yuqorida sanab o‗tilgan holatlar shunga olib keldiki, XX asr 70-yillarining o‗rtalarida naqdsiz qimmatli qog‗ozlar paydo bo‗la boshladi. Ularni hisobga olish va saqlash, xuddi pul mablag‗larini banklardagi hisobraqamlarda saqlash singari, buning uchun maxsus mo‗ljallangan muassasalar depozitariylardagi "depo" hisobraqamlarida yozuvlar ko‗rinishida amalga oshirilardi, qimmatli qog‗ozlarni naqdsiz shaklda chiqarish, saqlash va muomalada bo‗lishi an‘anaviy naqd shakldagi usulga qaraganda o‗zining ancha ustunliklarini ko‗rsatdi, chunki u har bir emitent va har qaysi jamiyat uchun katta miqdordagi mablag‗larni tejash imkonini berdi, bundan tashqari, emitentlar sarmoyadorlar hamda vositachilar uchun bir qator qulayliklarni ta‘minladi, bugungi kunda naqdsiz qimmatli qog‗ozlarni chiqarish butun dunyoda qimmatli qog‗ozlar bozorini rivojlantirishning asosiy tamoyili bo‗lib hisoblanadi.

Depozitariylardagi naqdsiz hisobga olish qimmatli qog‗ozlarning moddiy joylashtirilishi zaruratini istisno etuvchi ro‗yxatlarning kompyuterlashgan tizimi orqali bitim bo‗yicha hisob- kitoblarni bajarish jarayonini anglatadi. Naqdsiz hisobga olish kompyuterlashgan tizimi ikkita muhim shartga rioya etilishini nazarda tutadi: qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish va ularni moddiysizlantirish.

Qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish - bu qimmatli qog‗ozlarni ifoda qiluvchi jismoniy hujjatlarni (sertifikatlarni) depozitariyda joylashtirish demakdir. Sarmoyadorlarning aksariyat qismi, ayniqsa, tez-tez bitimlar tuzuvchi sarmoyadorlar qimmatli qog‗ozlarga egalik qilish guvohnomasi sifatida qo‗llarida sertifikatga ega bo‗lishni afzal ko‗rishadi. "O‗ttizlik guruhi" barcha usullar bilan bunday amaliyotdan voz kechishni qat‘iy ravishda tavsiya qiladi, chunki qog‗oz sertifikatlarni ko‗chirish va saqlash oxiroqibatda bozorning rivojlanishini sezilarli darajada murakkablashtiradi. Qimmatli qog‗ozlarni moddiysizlantirish - bu jismoniy qimmatli qog‗ozlarni chiqarmagan holda emissiyani amalga oshirishdir, qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirishdagi kabi depozitariyga bunday vaziyatda ham qimmatli qog‗ozlarga egalik qilish haqidagi yozuvlarni saqlash majburiyati yuklatiladi. Shundan keyin depozitariy mijozlarning talablariga ko‗ra naqdsiz hisobraqamlarga o‗tkazish yo‗li bilan mulkchilik huquqini o‗tkazadi. Moddiysizlantirishning harakatsizlantirishdan muhim farqi shuki, bunda sarmoyador uchun egalik qilish haqidagi guvohnoma siatida qo‗liga sertifikatni olish imkoniyati yo‗q.

Bank tizimi singari, O‗zbekiston Respublikasining depozitar tizimi ham ikki pog‗onalidir. Bu shuni anglatadiki, davlat unitar korxonasi ko‗rinishida tashkil etilgan Markaziy depozitariy mamlakatning bosh depozitariysi hisoblanadi. U O‗zbekiston depozitariylarida qimmatli qog‗ozlarni saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta‘minlaydi

{birinchi pog‗ona). Qolgan depozitariylar - nodavlat korxonalar bo‗lib, ularning muassislari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, Bu depozitariylar Markaziy depozitariyga bo‗ysunadi va u bilan vakillik aloqalarini o‗rnatishga majbur (ikkinchi pog‗ona). Depozitariylar o‗z deponentlarining hisobraqamlarida, ularning markaziy depozitariylardagi vakillik hisobraqamlarida umumiy hisobga olinadigan naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan huquqlarning hisobini yuritadi. O‗zining asosiy faoliyatidan tashqari, depozitariylar qimmatli qog‗ozlarning nominal egasi vazifasini bajarishi (ya‘ni depozitariy qimmatli qog‗ozlar egasining topshiriri asosida qimmatli qog‗ozlar egalarining reestrida ularning nominal egasi sifatida ro‗yxatga olinishi mumkin), shuningdek, qimmatli qog‗ozlar egalarining reestrini yuritish buyicha faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

Depozitariy ustav fondining miqdori eng kam ish haqining 2000 barobaridan kam bo‗lmasligi kerak, o‗z sarmoyasi va qarz mablag‗lari o‗zaro nisbatining koeffitsiyenti N1>0,0001 darajasida belgilangan. Bunda mijozlar mablag‗lari sifatida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‗ozlarning qiymat summasidan foydalaniladi. Bir mijozga to‗g‗ri keladigan xatarning eng ko‗p miqdori ko‗rsatkichi depozitariylarga nisbatan qo‗llanilmaydi.

Depozitariylarda qimmatli qog‗ozlarning but saqlanishi qimmatli qog‗ozlarning maxsus saqlash joylarida va hisob ro‗yxatlarining depozitar operatsiyalarining andozalariga muvofiq qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olishga doir yozuvlar tizimining yuritilishi bilan ta‘minlanadi. Markaziy depozitariy, bundan tashqari, qo‗shimcha ravishda o‗z axborot ma‘lumotlar bazasini takrorlash tizimi bilan qimmatli qog‗ozlarning but saqlanishini ta‘minlaydi.

Markaziy depozitariy qimmatli qog‗ozlarni saqlash, tegishli guvohnomani bergan holda naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan huquqlar hisobini yuritish hamda tasdiqlash vazifasini bajaruvchi oddiy tashkilotlardan farqli o‗laroq quyidagi vazifalarni bajaradi:



  • qimmatli qog‗ozlarning naqdsiz nashrlarini saqlash;

  • davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlarning naqd qimmatli qog‗ozlarini ularni sotib olgunga qadar saqlash;

  • naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan davlat huquqining hisobini yuritish;

  • depozitariyning vakillik hisobraqamlarini yuritish;

  • birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilarining qimmatli qog‗ozlarini ularning savdoga qo‗yilishi oldidan mavjudligini va haqiqiyligini tasdiqlash;

  • birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilariga savdolarda tuzilgan bitimlar bo‗yicha qimmatli qog‗ozlarning yetkazib berilishini ta‘minlash;

  • naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi

hujjatlarni saqlash;

  • O‗zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek, chet el bozorlarida O‗zbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarni hisobga olish;

  • depozitariylar tizimida qimmatli qog‗ozlarning harakati haqidagi axborotni yig‗ish va tartibga solish.

Markaziy depozitariy davlatga tegishli bo‗lmagan naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlar hisobini, aksiyadorlar reestrini yuritish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko‗rsatish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.

Depozitariyning asosiy xizmatlaridan biri Davlat mulki qo‗mitasiga, uning hududiy bo‗linmalariga, tarmoq birlashmalariga, uyushmalar va kontsernlarga statistik hamda ma‘lumotnoma tusidagi axborotlarni taqdim etishdir.





  1. Download 0,72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish