Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solib borish maqsadida uning faoliyatiga aralashishi ma‘lum me‘yorda bo‘lishi lozim. Hozirgi vaqtda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot uchun
«samarali davlat» kerak. Bu shunday davlatki, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga sharoit yaratib beradi, xalqning esa farovon yashashiga imkoniyat yaratib beradi.
Bozor iqtisodiyoti va fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari hal qila olmaydigan vazifalarga davlat o‗z e‘tiborini qaratib, faoliyatini shunga yo‗naltirsa, davlat ishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Jahon bankining bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan Yozef E. Shtiglis aytganidek, davlat va bozor iqtisodiyoti bir-birini to‗ldiradi. Davlat bozor mexanizmlari ishlashi uchun institutsional asoslarini yaratish uchun zarur. Bozor qila oladigan ishni davlat qilishiga hojat yo‗q.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, davlat quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
huquqiy asoslarni yaratish;
barqaror makroiqtisodiy vaziyatni saqlash uchun siyosat yurgizish;
infratuzilma va ijtimoiy xarakterdagi bazaviy xizmatlar uchun kapital mablag‗larni amalga oshirish ;
ijtimoiy jihatdan himoya qilinmagan jamiyat a‘zolarini kompleks tarzda himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish.
Tajriba shuni ko‗rsatadiki, mulkchilik huquqi qattiq himoya qilinmaydigan sharoitda bozor samarali ishlay olmaydi. Buning uchun:
talon-taroj, zo‗ravonlik va boshqa jinoyatlardan kishilarni himoya qila bilish;
davlat apparatining o‗zboshimchaligidan himoya qilish (korrupsiya, nohaq soliq solish va hokazo);
d) adolatli va aniq ishlovchi sud tizimini ta‘minlashdir.
Davlat monopolizmga qarshi kurashibgina qolmay, balki o‗zi ham monopolist bo‗lishi kerak emas. Kim bo‗lishidan qat‘i nazar, hatto davlat ham monopolist bo‗lsa, u taraqqiyotga oxir- oqibat to‗siq bo‗ladi.
Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir etish usullari:
huquqiy normalar (ularni joriy qilish, o‗zgartirish);
dasturlar ishlab chiqish (ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, ekologik va boshqalar);
informatsiya bilan ta‘minlash;
iqtisodiy dastaklar orqali ta‘sir etish (soliqlar, baholar, foiz stavkalari);
davlat xaridlari qilish;
limitlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar, investitsiyalar va boshqalar.
Har qanday iqtisodiy tizimda davlat iqtisodiyotni tartibga solishga intiladi, ammo xar bir tizimda va davrda buning uziga xos uslublari, mexanizmlari, obyektlari bor.
Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish konunchilik, ijrochilik va nazorat kilish choralarining yigindisidan iborat bulib, bundan maksad sistemaning barkarorligini ta‘minlash, shu bilan birga o‗zgarib borayotgan sharoitga moslashtirishdan iborat.
Xozirgi zamonda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy obyektlari quyidagilardir:
iqtisodiy sikl;
xo‗jalikning sektorli, tarmoqli va mintaqaviy tarkibi;
kapitalni jamg‗arish sharoiti;
ish bilan ta‘minlanganlik;
pul muomalasi;
to‗lov muvozanati;
ilmiy-tadqiqot ishlari;
baholar;
raqobat sharoiti;
ijtimoiy munosabatlar;
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
tashqi iqtisodiy aloqalar.
Albatta har bir davrda va davlatda o‗ziga xos obyektlar bo‗lishi mumkin. Lekin, umuman olganda rivojlangan mamlakatlarda bu obyektlar soni kamayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |