4.Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari.
Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning
ob‘yektiv iqtisodiy manfaatini ko‘zlagan holda xo‘jalik yuritish usullaridir. Bu
usullar tarkibiga rejalashtirish, narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy
ko‘rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo‘jalik yuritish jarayonida sharoitlar
o‘zgaradi.Sharoitlarning o‘zgarishiga qarab, qo‘yilgan maq-sadni inobatga olgan
holda, xo‘jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni
buzmagan holda, o‘zgartirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |