1
1-mavzu. Boshlang„ich sinf ona tili darslarini tashkil etishda о„qituvchining
kreativ yondashuvini rivojlantirish
Reja:
1.
О„zbek tilining hayotimizdagi о„rni va nufuzi.
2.
Boshlang„ich ta‟lim ona tili fanini oqitishdagi muammolarning
konseptual guruhlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
muammo, omil,
kompetensiya.
О„zbek tilining hayotimizdagi о„rni va nufuzi.
Bugun О„zbekistonimiz
«Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida
taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga kо„tarilmoqda. Mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan keng kо„lamli islohotlar jarayonida davlat tilining
hayotimizdagi о„rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrda
“O„zbek
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-
tadbirlari tо„g„risida
”gi PF-5850-sonli Farmoni imzonlandi.
Mazkur hujjatda o„zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro
miqyosdagi obrо„-e‟tiborini tubdan oshirish, unib-о„sib kelayotgan yoshlarimizni
vatanparvarlik, milliy an‟ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug„ ajdodlarimizning boy
merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini tо„laqonli joriy
etishni ta‟minlash maqsadida quyidagi vazifalar belgilangan:
•
21 oktabr sanasini «О„zbek tili bayrami kuni» deb e‟lon qilish tо„g„risidagi
taklifi ma‟qullansin.
•
davlat tilini rivojlantirish bо„yicha dasturlar va «yо„l xaritalari»ni ishlab
chiqish,
•
ta‟lim muassasalarida davlat tilini о„rgatish va uni bilish darajasini baholash
tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi
nufuzini oshirish.
2
Umumiy о„rta ta‟lim muassasalarida Ona tili fanini о„qitishning asosiy
maqsadi - о„z fikrini og„zaki va yozma tarzda tо„g„ri va ravon bayon qiladigan,
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, о„zgalar
fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol
toptirishdan iborat.
Ona tili fanini o„qitishning asosiy vazifasi sifatida “o„quvchi shaxsini
fikrlashga, o„zgalar fikrini anglashga, o„z fikrini og„zaki hamda yozma shaklda
savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish;
o„quvchida
grammatikaga
oid
o„zlashtiriladigan
bilimlarni
(fonetika,
leksikologiya, yozuv, so„zning tarkibi, so„z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv
va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni)
rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to„g„ri
va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |