2-ilova Bolalar ongida natural sonlar qatori sistemasining tarkib topishi. 1. YOsh bolalarning turli to‘plamlar bilan mashg‘ul bo‘lishidagi amaliy faoliyati davrida ayrim elementlardan tashkil topgan to‘plamlarni butun bir ob’ekt shaklida tasavvur qiladi. Bu hol bolalarning 3 yasharligida sodir bo‘ladi, bu davrda bolalar ongida to‘plamlar tushuncha sini tarkib toptirish vazifasi ko‘ndalang turadi.
2. Bolalarda tarkib topgan ko‘pliklar tushunchalari element
larni bir-biriga mos munosabatda qo‘ya bilishni o‘rganishdagi amaliy ko‘nikmalariga asoslanib, 4 yoshdagi bolalar gruppasida sanoqqa o‘rgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi. Bu davrda bolalar ikki to‘plamni birini-biriga solishti rib ko‘rish malakasini egallaydilar va sanoq protsessida yakunlovchi (natijaviy) sonning ahamiyatini tushuna boshlaydilar.
3.Bolalarda to‘plamlar tasavvuri shakllanishi turli analizatorlar ishtirokida bo‘lishini hisobga olib, eshitish orqali tovushlar to‘plamini, ko‘rish orqali narsalar va hodisalar to‘plamini paypaslab, mayda muskullar yordamida ko‘rinmaydigan narsalar to‘plamini miqdoriy qabul qilish malakalarini tarbiyalov chi sharoitlarni mavjud qilish zarur
4. 6 yashar bolalar gruppasida qo‘shni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funksiyani bajarishi, ya’ni miqdorni va tartibni ko‘rsatishi bilan tanishadi. Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qat’iy bir sistemada bo‘lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi o‘zidan kichik ikki sondan iborat bo‘lishi ham o‘rgatiladi.
5. Bolalarga ta’lim berish programmasidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, ya’ni hisob faoliyatiga ko‘chish imkonini tug‘diradi.
3-ilova Sanoq faoliyatining rivojlanish bosqichlari
Bosqichlari
Ta’rifi
1- bosqich
Bu bosqichda bolalar bir xildagi narsalar to‘plami bilan ish ko‘rib, ularni ajratadilar va bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yi6 nimalarnidir quradilar. Bu vaqtda bolalarning diqqati butun to‘plamning ayrim elementlarga ajratib, tovush yoki harakatlar yig‘indisini kabi elementlarning bir xildagi takrorlanishiga ahamiyat bera boshlaydilar.
2- bosqich
Bu bosqichda bolalar bir to‘plam elemetlarini ikkinchi to‘plam elementlari bilan solishtirish malakasini amaliy egallab, elementlarning o‘zaro bir qiymatli munosabatda bo‘lishini aniqlay boshlaydilar. To‘plamlar elementlarini solishtirishni mashq qilip natijasida elementlar orasida tenglik yoki tengsizlikni seza boshlaydilar
3- bosqich
Bu bosqichda bolalar sanoq operatsiyasini egallay boshlab, solishtirilayotgan to‘plamlar elementlarini sanab, sonlarni o‘rinli ishlata boshlaydilar. Bolalar ongida natural sonlar qatori to‘plam tushunchasining shunday bir andozasi bo‘lib, uning yordamida istalgan to‘plamning elementar miqdorini aniqlash mumkinligini tushuna boshlaydi.