Yuridik shaxslar Foyda solig’ini to’lovchi
Foyda solig’ini to’lovchilar bo’lib, moliya yilida Soliqka tortiladigan foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq to’lovchilar kodeksning 126-moddasida aks ettirilgan. Bular quyidagilardir:
1)O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
2) O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo’lish manbai O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan daromadlarni oladigan O’zbekiston Respublikasi norezedentlari.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari faqat Respublikada olgan daromadlaridan foyda solig’ini to’laydilar.
Soliq solishning alohida tartibiga o’tgan yuridik shaxslar foyda solig’i to’lovchilar bo’lib hisoblanmaydi. Shu jumlasiga quyidagi korxonalar kiradi:
Yagona Soliq to’loviga o’tgan mikrofirma va kichik korxonalar;
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
Yagona yer solig’ini to’lovchi Qishloq xo’jalik korxonalari;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining obyekti.
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining foydasi hamda ularning chegirmalar kilinmagan holda to’lov manbaida Soliq solinadigan daromadlari foyda solig’ining obyekti bo’lib hisoblanadi.
Foyda solig’i solinadigan baza. Soliq silinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan harajatlar o’rtasidagi farq sifatida, soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq Soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.Jami aromad tarkibiga kaysi daromadlar kiradi? Jami daromadlar tarkibiga tovarlarni (ishlarini, xizmatlarini) sotishdan olingan daromadlar va boshqa mulklarni sotishdan,ishlatishdan kelgan daromadlar kiradi. Boshqa mulklarni sotish va ishlatishdan kelgan daromadlarga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, tyokin olingan mol-mulk, inventarizasiya natijasida aniqlangan tovar moddiy zaxiralar qiymati, majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklaridan olingan daromadlar, valyuta kursidagi ijobiy farq, dividentlar va foizlar va boshqa daromadlar kiradi.
Soliq to’lovchining harajatlari Soliq solinadigan foydani aniqlash paytida hisobga olinadi. Harajatlar Soliq kodeksning 141 moddasiga ko’ra chegirib tashlanadigan va chegirib taylanmaydigan turlariga bulinadi.Chegirib tashlanadigan harajatlarga quyidagi lar kiradi:
1) Moddiy harajatlar;
2) Mehnatga haq to’lash harajatlari;
3) Amortizasiya harajatlari;
4) Boshqa harajatlar.
5) Kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi harajatlar.
Soliq solinadigan bazaga kiratiladigan harajatlar Soliq kodeksning 141-moddasida aks etirilgan. Bular chegirib tashlanmaydigan harajatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |