1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


-mavzu: Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlarini aniqlash va baxolash Reja



Download 1,47 Mb.
bet24/111
Sana14.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#800076
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

11-mavzu: Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlarini aniqlash va baxolash
Reja:
1. Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlarini aniqlash va baholash

Ma'lumki, iqtisodiyotni boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik va rejalashtirishga asoslangan tizimi hukmronlik qilgan davrda tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy muamrnolarini hal qilishda hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati inkor etib Sobiq Sho'rolar davrida kishilar ongiga kichik ishlab chiqarish, xususiy tadbirkorlik kapitalizm illati deb singdirildi. Natijada tadbirkorlik turli ma'muriy yo'llar bilan cheklandi. Xususiy ishlab chiqarish bilan shug'ullanish faoliyati qonun orqali taqiqlandi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalar faoliyati va afzalliklari inkor etilib, korxonalarni yiriklashtirish siyosati olib borilishi natijasida yagona davlat monopoliyalari vujudga keldi.

Jahon va O'zbekistori tajribasi shuni ko'rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni rivojlantirmay turib, iqtisodiy o'sish, ijtimoiy muammolarni, ayniqsa, ishsizlikning oldini olish, aholi daromadlarining oshishi, iste'mol bozorini mahsulotlar bilan to'ldirish va ko'paytirish mushkul. Buning tasdig'i sifatida Yevropa Ittifoqi Hamjamiyati mamlakatlarini olib ko'rish mumkin. Ularda ishlab chiqariladigan jami yalpi ichki mahsulotlarning 67 idan ko'prog'i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog'ining salmog'iga to'g'ri keladi.

Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek, «....tajriba shuni ko'rsatadiki, jahonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirmay turib, iqtisodiy o'sish, ishsizlik darajasining pasayishi va aholining daromadlarini oshishiga erishgan biror mamlakat yo'q».

Muslaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda tadbirkorlikning huquqiy asoslarini shakllantirishga e'tibor berildi. 1991-yil 16-fevralda qabul qilingan «Tadbirkorlik to'g'risida»gi Qonunga 1993-yil 2-iyulda ayrim o'zgartirishlar kiritilib, uning huquqiy asosiyaratildi. 1995-yil 21-dekabrda «Kichik va xususiy tadbirkor­likni rivojlantirishni rag'batlantirish tolg'risida»gi, 1999-yil 14-aprelda esa «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunlar, bir qator Prezidcnt Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan ijobiy rivojlantirildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi jarayoni yengil kechmadi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishning dastlabki yillarida moddiy-texnika va xomashyo resurslarining ko'p turlarini topishdagi qiyinchiliklar, tijorat banklari tomonidan kichik biznes uchuri kredit olishning murakkabligi, mahalliy boshqarish organlari va idoralarning tadbirkorlarga ko'maklashish o'rniga, litsenziya oluvchilarga turli-tuman to'siq va g'ovlarni yuzaga keltirishlar tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga jiddiy to'siq bo'ldi. Tadbirkorlar turli uyushma, jamg'arma, birlashma va assotsiatsiyalarga majburan a'zo bo'lishga, tadbirlar o'tkazishga yo'naltirildi, natijada kichik korxonalarni ro’yxatga olish, tadbirkorlarning arizalarini ko'rib chiqish va ular bo'yicha qarorlar qabul qilish jarayonlari, muddatlari ko'r-ko'rona sun'iy ravishda cho'zildi.

Prezidentimizning sa'y-harakatlari tufayli keyingi yillarda tadbirkorlikning. xususan, fermer xo'jaliklarining qonunchilik hamda huquqiy-me'yoriy asoslari ancha mustahkamlandi va takomillashtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlarni soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va statistika hisobotiarini topshirish tizimi soddalashtirildi. Tadbirkorlarning mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. Imtiyozli va mikrokreditlar berish hamda boshlang'ich kapitalni shakllantirish uchun mablag' ajratish yo'li bilan kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash ko'lami ham kengaytirib borildi.

Keyingi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Germaniya bankining 15 mln yevro, Xalqaro moliya korporatsiyasining 15 mln dollar, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining 15 mln dollar miqdoridagi yangi kredit yo'nalishlari ochildi.

Statistika ma'lumotlariga qaraganda, O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar soni respublikamizning har ming fuqarosiga nisbatan 10,4 tani tashkil etgan bo'lsa, rivojlangan mamlakatlarda 37—50 tani tashkil etadi. Ma'lumotlardan ijobiy bir holat ham ko'zga tashianadi. 2008-yilga kelib, respublikaning ish bilan band bo'lgan fuqarolarining 71,9 ini kichik biznes va xususiy tad­birkorlik bilan shug'ullanuvchilar tashkil etgan holda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 45.3 ni tashkil etgan. Rivojlangan mamla­katlarda bu ko'rsatkich 50 dan 71 gachani tashkil etadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag' sarfini kam jalb qilishi, ixchamligi, zarur tamoyilga rez moslasha olishi tufayli o'zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turini tez o'zgartira olishi, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizaisiya qilish imkoniyatlariga ega bo'lmoqda.

1999-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni 180 mingta bolgan bo'lsa, 2008-yilga kelib. ularning soni 398490 mingdan oshib ketdi. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda bu sohada 7,5 mln. dan ortiq kishi mehnat qilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz iqtisodivotini rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta'minlash, xalq farovonligini oshirish maqsadida quyidagilarga e'tiborni kuchaytirish lozim:

• jamiyatimizda tadbirkorlik va ishhilarmonlikka bo’lgan munosabatni tubdan o'zgartirish;

• tadbirkorlikni rivojlantirishga g'ov bo'lgan sun'iy to'siqlarni bartaraf etish;

• tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojiantirish uchun ajratilgan xorij sarmoyasidan to'liq foydalanishni oqilona yo'lga qo'yish va lizingni yanada jalb qiluvchi mexanizmini joriy etish;

• tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat hamda mahalliy mablag'lardan samarali foydalanish;

• tadbirkodar bilan yirik korxonalar hamkorligi va faoliyatini kengaytirib borish;

• mamlakat iste'mol bozorini to'ldirish maqsadida import o'rnini bosadigan mahsulotlar ishiab chiqarish hamda eksportga mo'ljallangan raqobatbardosh mahsulotlarni ko'paytira borish;

• tadbirkor va ishbilarmonlar o'z sohalarini yuqori darajada egailashlari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tarmoqlarini son va sifat jihatidan oshirish;

• tadbirkorlik va ishbilarmonlik sohasidagi ilg'or tajribalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va ulardan unumli foydalanish zarur.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamirish orqali, nafaqat ularning jamiyat uchun yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda hal qiluvchi mavqe va rolini egallashi, balki shu bilan birga, mamlakat aholisi farovonligini oshirish, daromadlnrini ko'paytirish, ishsizlikni bartaraf etish va ijtimoiy muammolami hal qilishda ijobiy ahamiyatga ega.

Tadbirkorlarga respublikamizda shunchalik ko'p imkoniyatlar yaratilgan. Tadbirkor, avvalo, o'zi yaratilgan imkoniyat, imkoniyatning o'zi nima va undan qanday foydalansa bo'ladi, degan savollarga javob topishi lozim.

Tadbirkorlik imkoniyati shunchaki, g'oya yoki taklifni amalga oshirish tavakkalini o'z ziminasiga olgan shaxsga foyda olish imkonini beradigan, diqqatni jalb etadigan inveslitsion g'oya yoki taklif sifatida talqin qilinishi mumkin. Bunday imkoniyatlar iste'molchilik xohishlarida o'zgarishlar yuz bergani tufayli ochilib, bozorda uning xaridori yoki yakuniy foydalanuvchisi uchun iste'mol qiymalini tashkil etadigan (yoki qo'shadigan) tovar, yoki xizniat paydo bo'lishiga olib keladi. Bulling uchun, avvalo, g'oyalarni imkoniyatlardan farqini bilib olish maqsadga muvofiqdir. G’oyalarning imkoniyatlardan farqi:

• Yaxshi g'oya borligi, hali, umuman, yaxshi tadbirkorlik imkoniyati borligini bildirmaydi. Misol uchun, 80 dan ortiq yangi mahsulot bozorda omadsizlikka uchrashini e'tiborga olish lozimdir.

• Shunday qilib, nima g'oyani tadbirkorlik imkoniyatiga aylantiradi?

• Sodda qilib aytganda, daromadning xarajatlardan ortib qolgani — foyda.

• Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish.

Yaxshi hisoblanish uchun tadbirkorlik imkoniyati quyidagi bir qator mezoniarni qoniqtirishi (yoki qoniqtirishga qodir bo'lishi) kerak:

• Amaldagi talabga mos bo'lishi.

• Investitsiya qilingan sarmoyaga foydani ta'minlashi.

• Raqobatbardosh bo'lishi.

• Qo'yilgan maqsadlarga muvofiq bo'lishi.

• Loyiq resurslar va qobiliyatlar bilan ta'minlangan bo'lishi.

Tadbirkorlik imkoniyatlarini aniqlash va baholashda juda ko'plab omillardan foydalanishimiz mumkin. Chunki haqiqiy ishbilarmon-tadbirkor har qanday sharoitda ham vaziyatdan chiqish imkoniyatini qidirib topish qobiliyatiga ega bo'ladi. Masatan, iqtisodiy qiyin sharoitda turgan tadbirkor reklama uchun yetarlicha imkoniyati bo'lmagan sharoitda pul talab qilmaydigan yoki arzon, ammo ommabop usullardan foydalanish yo'lini topishi lozim. Radiodagi turli viktorinalarda ishlirok etish bahonasida o'zi haqida ma'lumot berishi, Iniernet chatlarda tanishlarini ko'paytirishi va o'z ishi bilan ulanii do'stona tanishtirishi va shunga o'xshash yo'llarni qidirib topishi lozim.

Demak, tadbirkorni turli sharoitlarda turli qobiliyatlarini baholash mumkinligi bois tadbirkorlarning imkoniyatlari to'g'rislda tez xulosa chiqarish mumkin emasligini bildiradi.

Mohiyatini olganda, baholash quyidagilarni aks ettiruvchi, tavakkalchilikni hamda mukofot yoki foydani aniqlash bilan bog'liqdir:

• sanoat va bozorning ahvoli;

• «imkoniyatni amalga oshirish oralig'ining» davomiyligi;

• tadbirkorning shaxsiy maqsad va qobiliyatlari;

• menejerjar jamoasining sifati;

• raqobat muhili;

• sarmoya, texnologiyalar va boshqa resurslarga bo'lgan ehtiyoj;

• atrofdagi (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, me'yoriy baza, hukumat tomonidan belgilanadigan va h.k.) muhilning ahvoli.

Ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini ko'rish, topish va ularni amalga oshirish yo'naiishida munosib harakat qilish hamma joyda va har doim muvaffaqiyatli tadbirkorning eng muhim sifatlaridan bo'lib kelgan. Sunday ko'nikma muvaffaqiyatli korxonani tashkil etish va boshqarishga ham asos bo'ladi. Bu faqatgina g'oyalarni yaratish va ochilayolgan imkoniyatlarni aniqlash bilangina emas, balki vangi g'oyalardan eng hayolga loyiq, o'ziga jalb etadigan takliflarni ajratish va shularni amalga oshirish uchun tanlash maqsadida, ularni g'alvirdan o'tkazish va baholashni bilish bilan ham bog'liqdir.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish