1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Jahon iqtisodiy inqirozining(1929-1933) Hindistonga ta’siri



Download 152,09 Kb.
bet7/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Jahon iqtisodiy inqirozining(1929-1933) Hindistonga ta’siri.

1929 yili boshqa mamlakatlar qatori Hindistonni ham iqtisodiy inqiroz qamrab oldi. Inqiroz nafaqat sanoatga, balki qishloq xo‘jaligiga ham zarar yetkazdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari keskin tushib ketdi. Angliya inqirozning butun og‘irligini o‘z mustamlakalariga solishga intilib, o‘z sanoat mollarini narxini oshirdi. Ko‘pchilik dehqonlar xonavayron bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishchilariga aylana bordilar.
Ishchilarning ahvoli ham keskin yomonlashdi. Shaharlarga xonavayron bo‘lgan dehqonlarning oqib kelishi katta ishsizlikni keltirib chiqardi. Jahon iqtisodiy inqirozining chuqurlashib borishi munosabati bilan Hindistonda mustamlakachilikka qarshi harakat yangidan yuksala boshladi. Bu esa Hindiston Milliy kongressini Angliya ma’murlari oldiga bir qancha talablarni qo‘yishga da’vat qildi. 1930 yil yanvar oxirida gazetada 11 moddadan iborat Maxatma Gandi dasturi e’lon qilindi, bu moddalardan asosiylari quyidagilar edi:

  1. Yer solig‘ini 50 foizga kamaytirish.

  2. Hukumat tuz monopoliyasini va tuz solig‘ini yo‘q yilish.

  3. Chet el to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yiladigan homiylik tariflarini bekor qilish.

  4. Ingliz amaldorlarining maoshini kamaytirish.

  5. Siyosiy mahbuslarni ozod qilish.

  6. Maxfiy politsiyani yo‘q qilish va hakozo.

Angliya hukumati bu talablarni bajarishdan bosh tortdi. Shundan keyin Gandi boshchiligidagi Milliy kongress “fuqarolik itoatsizligi kompaniyasi”ni boshlashga qaror qildi. 1930 yil 12 martda Gandi bir guruh izdoshlari bilan Arabiston dengizi soxiliga yo‘l oldi va bu yerda ingliz tuz kompaniyasiga bo‘ysunmaslik belgisi sifatida tuz pishira boshladi. Gandi sheriklari bilan birga qamoqqa olindi, Kongressning boshqa rahbarlari, shu jumladan Javaharlal Neru ham hibsga olindi. Umuman 60 mingdan ziyod kishi qamaldi. Milliy kongress qonundan tashqari deb e’lon qilindi.
Javob sifatida butun Hindistonda fuqarolar bo‘ysunmasligi harakati boshlandi, shimoli-g‘arbiy chegara provinsiyada qo‘zg‘olonlar, Abdul G‘afforxon boshchiligidagi pushti qabilalari bilan qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Ingliz hukumati ularga qarshi aviatsiyani qo‘llashga majbur bo‘ldi. 1930 yil yozida Peshovar, Chittagong, Bombey, Kalkutta, Madras shaharlaridagi g‘alayonlar munosabati bilan harbiy holat e’lon qilindi.
Fuqarolar bo‘ysunmasligi bilan bir paytda dehqonlarning g‘alayonlari ham boshlandi. Hamma joyda dehqonlar bo‘linmalari tuzildi. Ularga qarshi politsiya qismlari tashlandi va dehqonlar yo‘lboshchilarining ko‘pchiligi hibsga olindi.
1930-1931 - yillarda Hindistonda avj olgan ommaviy Milliy ozodlik harakatini shafqatsiz repressiyalar tufayli boshtirishga muvaffaq bo‘lindi. Shu bilan birga mustamlakachi hukmdorlar milliy harakatni bo‘lib yuborish maqsadida nayranglar ishlata boshlashdi. 1931 yili Londonda “doira stoli” konferensiyasi ochildi va bunda Angliya vakillari kastalar va diniy guruhlar (hindparastlar va musulmonlar) o‘rtasiga nifoq solishga urinishdi. “Doira stoli” ishining to‘liq befoyda ekanligiga ishonch hosil qilgan Gandi Hindistonga qaytdi va 1931 yil dekabrida ikkinchi fuqarolar bo‘ysunmasligi kompaniyasini boshladi. Gandi va Kongress sessiyasining barcha qatnashchilari yana qamoqqa olindilar.
1931-1933 yillardagi dehqonlar harakatida yangi belgilar ko‘zga tashlanadi. Dehqonlar kurashi sust bo‘lgan, masalan, Madoras, Andxra, Bixar viloyatlarini qamrab oldi. Dehqonlar harakati shuningdek Jammu, Kashmir va Alvar knyazliklarida ham bo‘ldi.
Garchi ilk dehqon uyushmalari Milliy kongress ta’sirida bo‘lsa ham, ularda so‘llarning ta’siri oshib bordi. Shimoli-g‘arbiy chegara viloyatida soliq to‘lamaslik kompaniyasi o‘tkazildi. Qo‘shma provinsiyalar dehqonlari ijara shartlarini engillashtirish, soliqlarni kamaytirish uchsun kurashdilar. U yerda ham dehqon uyushmalari tuzila bordi. Milliy kongress dehqonlarning o‘z ahvollarini yaxshilash uchun kurashlarini qo‘llab-quvvatladi, lekin ba’zi dehqon uyushmalarining zamindorlarga qarshi erni dehqonlarga berish uchun harakatlariga qarshi chiqdi.


              1. Download 152,09 Kb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish