1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Kapitalizmning qisman mo`tadillashuvi yillarida Angliya



Download 152,09 Kb.
bet42/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

2. Kapitalizmning qisman mo`tadillashuvi yillarida Angliya.
1924 yildan boshlab ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda, shu jumladan Angliya xalq xo‘jaligida qisman mo`tadillashuv davri boshlandi. Lekin Angliyadagi mo`tadillashuv juda bo‘sh va qisqa mo`tadillashuv edi. Uning iqtisodiyoti asosan turg‘unlik holati bilan harakterlandi. U AQSH va hatto Fransiyadan ham ancha orqada qolib ketgan edi. Turg‘unlik holati ko‘proq metallurgiya, ko‘mir, to‘qimachilik va kemasozlik sanoatlarida ro‘y berdi. Hatto 1929 yilga kelganda ham Angliyaning sanoat mahsuloti 1913 yildagi darajasining 99,1% ini tashkil etdi. Ishsizlar 1 mln. kishidan ortiq edi. Tashqi savdoda ham Angliyaning hissasi kamaya bordi. Jahon bozori uchun kurashda AQSH va Yaponiyadan tashqari, tiklanib kelayotgan Germaniya ham Angliyaga raqobatchi bo‘lib qolmoqda edi.
Angliya hukmron doiralari xo‘jalikdagi turg‘unlik holatidan chiqish va iqtisodiyotda barqaror mo`tadillashuvga erishishga barcha choralar bilan urindilar. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik - ishsizlik va korxonalarning to‘la quvvat bilan ishlamasligidan xolos etmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg‘unlik 1929 yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923 yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Birorta ham partiya undan chiqish yo‘lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham ko‘pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi.
Britaniya qiroli Georg Beshinchi 1923 yil 23 dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramsey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi. 1924 yil yanvaridaleyboristlar rahbari Ramsey Makdonald boshchiligida yangi, birinchi leyboristlar hukumati “ishchilar hukumati” tuzildi. Bu hukumat “ishchilar hukumati” deb atalgan bo‘lsada, haqiqatda hukmron burjuaziya manfaatini ko‘zlab siyosat yuritdi.
Leyboristlar hukumati ochiqdan-ochiq korxona egalarini yoqlab chiqdi, mustamlakachilik tarafdori bo‘lib ish ko‘rdi. “Ishchilar hukumati”ning siyosati amalda konservatorlar hukumatining siyosatidan farq qilmadi. Ishchilarning noroziligi kuchaya bordi. O‘ziga-o‘zi isnod keltirgan “ishchilar hukumati” 1924 yil noyabr boshidayoq iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1924 yil 29 oktabrda yangi parlament saylovlarini o‘tkazdi. Konservatorlar parlamentda 413 ta, leyboristlar 151 ta va liberallar 40 ta deputatlik mandatiga ega bo‘ldilar. 1924 yil noyabr boshida Bolduin boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi va mamlakatni 1929 yilgacha boshqardi.
Stenli Bolduin 1924 yilda hukumatga qaytib keldi va 1929 yilgacha Bosh vazir bo‘lib turdi. Iqtisodiyotdagi turg‘unlik hamon bosh muammo bo‘lib qolmoqda edi. Qachonlardir jahon bozorida Britaniya hukmronligining asosi bo‘lgan hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta’minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab etilar edi. Ammo buning uchun, eng avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo‘lib qoldi. Bu esa turg‘unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi.
Ingliz sanoatchilari ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi choraga qo‘l urdilar - ishchilarning usiz ham past darajada bo‘lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926 yil 4 mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to‘xtadi.
Bolduin hukumati tomonidan 1925 yilda moliya islohoti o‘tkazilib qadrsizlanib ketgan pul (funt sterling)ning oltin standarti (banknotni oltinga tenglashtirish va oltinga almashtira olish) tiklandi.
Konservatorlar hukumati 1925 yil oktabrida Lokarno bitimlarini tuzishda, Germaniya agressiyasini Sharqqa qaratish uchun zamin hozirlashda faol qatnashdi. Angliya “Daues rejasi”ga ko‘ra, Germaniya harbiy sanoatining tiklanishiga katta yordam qilib turdi va yangi “Yung rejasi”ni qabul qilishda qatnashdi.
Jahon bozori, xom ashyo manbalari va chetga kapital chiqarish ob’yektlari uchun kurashdi, ayniqsa Angliya-Amerika ziddiyati keskinlashdi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha rivojlangan Buyuk Britaniya dominionlari - Kanada, Avstriya va boshqalar, o‘zlariga Angliya bilan teng iqtisodiy huquqlar berilishini talab qildilar. Angliya burjuaziyasi yon berishga majbur bo‘ldi. 1926 yili imperiya konferensiyasida dominionlar Britaniya imperiyasi tarkibida qolgani holda ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka erishdilar va Angliya bilan yuridik jihatdan tenglashdilar.
1931 yilda parlament akti (Vestminster statuti) bilan kuchga kiritildi va Britaniya mustamlaka imperiyasi “Britaniya millatlar hamkorligi” degan nom oldi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish