1-mavzu: biologiya fanining maqsadi va vazifalari


 - MAVZU: REKOMBINAT  DNK  OLISH



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/274
Sana16.06.2021
Hajmi1,33 Mb.
#67110
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274
Bog'liq
Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji

8 - MAVZU: REKOMBINAT  DNK  OLISH.
GENLARNI KLONLASH.
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Rekombinat DNK olish
1.Ahamiyatga  ega  bo’lgan  gen  funksiyasiga  binoan  qidirib  topiladi,  ajratib  olinadi 
(klonlanadi) va tuzilishi o’rganiladi.
2.Ajratib  olingan  gen  xromosoma  DNKsi  bilan  rekombinatsiyalanuvchi  biror  fag 
genomi, transpozon yoki plasmid bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi. 
3.Vektor  konstruksiya  hujayraga  kiritiladi  (transformaksiya)  va  transgen  hujayra 
olinadi. 
4.Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk organizmlar ham olish mumkin.
Sun’iy  ravishda  rekombinat  DNK  olish  va  genlarni  klonlash  ilk  bor  1972  yilda 
AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olilar E.coli bakteriyasining 
xromosoma  DNKsini  va  shu  bakteriya  plazmidini  alohida  probirkalarda  “yopishqoq”  uch 
hosil  qiluvchi  EcoR1  (iko-ar-bir)  restriktaza  fermenti  bilan  ishlov  berganlar.  Halqasimon 
plasmid  tarkibida  faqat  bir  dona  EcoR1  restriktaza  fermenti  tanlab  kesadigan  maxsus 
nukleotidlar  izchilligi  bo’lganligi  sababli  restriktaza  DNK qo’sh zanjirini  faqat bir joydan 
kesib  halqasimon  plazmidni  yopishqoq  uchli  ochiq  holatga  o’tkazadi.  Xromosoma  DNK 
molekulasida  EcoR1  restriktaza  fermenti  taniy  oladigan  maxsus  nukleotidlar  izchilligi 
qancha  bo’lsa,  bu  molekula  shuncha  bo’lakka  bo’linadi.  DNK  bo’laklarini  elektroforez 
moslamasida  kuchli  elektr  maydonida  katta-kichikligiga  qarab  ajratiladi  va  hosil  bo’lgan 
bo’laklar maxsus bo’yoq bilan bo’yaladi. Natijada bir nuqtada yig’ilgan bir xil kattalikdagi 
DNK bo’laklari to’plamini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan 
kattalikdagi DNK bo’lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar 
bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo’lagini ochiq holatdagi yopishqoq 
uchli plasmid DNK si bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu 
ikki  xil  DNK  bo’laklari  uchlarini  bir-biriga  kovalent  bog’lar  yordamida  ulanadi.  Natijada 
plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo’lagi kiritildi. Shu usulda rekombinat plasmid ilk bor 
hosil qilindi. Bu molekulyar qurilmada plasmid DNK vektor funksiyasini bajaradi, chunki 
yuqorida  aytib  o’tganimizdek  plazmidlar  xromosoma  DNKsiga  rekombinatsiyalana  oladi. 
Bu  vektor  konstruksiya  o’z  tarkibida  antibiotikka  chidamlilik  geni  bo’lganligi  uchun 
maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi. 
Rekombinat plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli genga ega 
bo’lib qolganligi  sababli, plazmidsiz bakteriyadan  farq qilib, antibiotik ta’sirida  o’lmaydi. 
Shu sababli tajriba o’tkazayotgan probirkaga antibiotik qo’shib rekombinat bakteriya kloni 
ajratib  olinadi  va  ko’paytiriladi.  Bu  klonni  tashkil  etuvchi  har  bir  bakteriyada  yod 
(geterologik)  DNK  bo’lagi  bor  bo’lib,  bakteriya  biomassasi  qanchalik  ko’paytirilsa,  yot 
DNK  bo’lagi  shunchalik  ko’payishi  mumkin.  Undan  tashqari  rekombinat  plazmid  vektor 
avtonom  replikatsiyalanuvchi  plazmid  bo’lsa,  yot  DNK  bo’lagini  yana  o’nlab  barobar 
ko’paytirish  mumkin.  Yot  DNK  bo’lagini  rekombinat  vektor  konstruksiyalar  vositasida 
ko’paytirish genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo’lagini klonlashda vektor sifatida virus 
va fag DNK molekulasidan yoki ko’chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalanish 
mumkin. 



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish