“ LOYIHA” TEXNOLOGIYASI
2-KICHIK GURUH
VAZIFA
Biosferani muhofaza qilish muammolari
Biosferani muhofaza qilish muammolari. Tabiatni muhofaza qilish – tabiat boyliklaridan ratsional, oqilona foydalanish
demakdir. Bu esa tabiatning xilma-xilligini o’z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi.
Biosferani saqlashda tabiiy boyliklardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq xo’jalik texnologiyasiga o’tish katta ahamiyatga
ega. hozirgi mavjud turlarni asrash ham biologik, ekologik va madaniyat nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. hozirgi davrda
yashayotgan har bir tur ko’p asrlar davomidagi evolyutsiyaning mahsuli bo’lib, o’z genofondiga ega. o’simlik va hayvonlarning
kamayib qolgan yoki yo’qolib ketish xavfi ostida turgan turlari “Qizil kitob”ga kiritilgan. Bu kitobga kiritilgan nodir turlar
qonun bilan himoya qilinadi. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida 1971 yili xalqaro “Biosfera va inson” dasturi qabul qilingan.
Bu programma doirasida O’zbekiston Respublikasida ham alohida dastur tuzilgan. “Biosfera va inson” dasturi atrof-muhitning
holatini va insonning biosferaga ta’sirini o’rganadi. Bu dasturning asosiy vazifasi hozirgi davrdagi inson xo’jalik faoliyatining
kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash, biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish
choralarini ishlab chiqishdir. Biosferadagi muvozanatni osonlik bilan buzish mumkin, lekin uni qayta tiklash juda qiyin. Har bir
inson tabiat yaratgan boyliklarni kelajak avlodlarga ham qoldirish muqaddas vazifa ekanligini yaxshi anglab olmoq zarur. 5 –
iyun Xalqaro atrof muhitni himoya qilish kuni hisoblanadi.
O’simliklar olamini muhofaza qilish. O’simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga
380 mlrd tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd tonnasi dengiz va okean o’simliklariga, 38 mlrd tonnasi
o’rmonlarga, 6 mlrd tonnasi o’tloqlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari o’simliklar tabiatda eng muhim jarayonni – fotosintezni
o’tab, barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo’lgan kislorodni yetkazib beradi. Insonning kundalik hayotida
o’simliklarning ahamiyati juda katta. Shuningdek, o’simliklar muhim tabiiy-geografik omil sifatida Yer yuzidagi suv oqimiga,
bug’lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo’nalishiga,
hayvonlarning hayotiga katta ta’sir etadi. O’simliklar shahar va qishloqlarning mikroiqlimiga ham ta’sir etib, havoni tozalab
turadi va havoda kislorod miqdorining doimo yetarli darajada mavjud bo’lib turishini ta’minlaydi. O’simliklar jamiyat uchun
behisob oziq-ovqat, xom ashyo, dori-darmon, qurilish materiali va boshqa sohalarning asosiy manbaidir. Noyob bo’lib qolgan
o’simliklarni maxsus muhofazaga olish talab etilmoqda. Shunga ko’ra hozir bunday o’simliklarning 400 dan ortiq turini
O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritish zarurati tug’ildi. O’zbekiston o’simliklari va hayvonlarning ayrimlarini saqlab qolish uchun
maxsus qo’riqxonalar va buyurtma maydonlar ham ajratilgan.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo’lib, tabiatda moddalar va energiya
almashinuvida ular muhim rol o’ynaydi. Hayvonlar o’simliklar bilan uzviy aloqada bo’lib turadi. O’simliklarning Quyoshdan
olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o’zlashtirib organik moddalar hosil qiladi. Ana shu organik moddalar
o’txo’r va bir-biri bilan ovqatlanadigan etxo’r hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Natijada hayvonlar faoliyati normal o’tadi.
Hayvonlar o’z navbatida o’simliklarga ta’sir ko’rsatib, ularni changlatishda, urug’ va mevalarini tarqatishda ishtirok etadi.
Hayvonlar insonlar hayotida avvalo oziq-ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga ega; qolaversa mo’yna tayyorlashda va
ko’pgina boshqa sohalarda muhim rol o’ynaydi. Insonlarning salbiy ta’siri natijasida hayvonlarning soni kamayib ketishi
ma’lum. Hayvonlarni muhofaza qilish, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, kamayib ketgan hayvonlar sonini qayta
tiklash uchun asosan ovchilik va baliq ovlashni tartibga solish, qo’riqxona va buyurtmalarni tashkil etish lozim.
Qo’riqxonalar haqida. Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida inson xo’jalik faoliyati natijasida keskin o’zgarayotgan
tabiiy boyliklarga ongli munosabatda bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday uchastkalar qo’riqxonalar, rezervatlar, tabiiy
bog’lar, tabiiy yodgorliklari va zakazniklar deyiladi. hozirgi kunda Yer kurrasi bo’yicha muhofaza qilinadigan hududlar soni 20
mingdan ko’p. Qo’riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo’lgan ma’lum bir maydon bo’lib,
tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo’riqxonalar
muhim rok o’ynaydi. Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi – tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat
manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo’riqxona hududlaridan xo’jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq
tutish umuman taqiqlanadi. Qo’riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhofaza qilinadigan zona bo’lishi kerak. Qo’riqxonalarning
vazifasi tabiatni bir butun holda o’rganishdir. Ular landshhaft tarkibiy qismlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib olib, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o’zlashtirilgan landshaftlarga moslasha
olmagan hayvonlarni faqat qo’riqxonalarda saqlash mumkin bo’lmoqda. O’zbekistonda umumiy maydoni 460 ming gektarni
tashkil qiluvchi 14 ta qo’riqxona mavjud. Ular quyidagilar:
1. Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi.
2. Chotqol tog’-o’rmon qo’riqxonasi.
3. Payg’ambarorol qo’riqxonasi.
4. Qorako’l qo’riqxonasi.
5. Qizilqum qo’riqxonasi.
6. Bodayto’qay qNurota qo’riqxonasi.
7. Nurota qo’riqxonasi.
8. Zarafshon qo’riqxonasi.
9. Qizilsuv qo’riqxonasi.
10. Miroqi qo’riqxonasi.
11. Vardanzi qo’riqxonasi.
12. Arnasoy cho’l-ko’l qo’riqxonasi.
13. Abdusamat to’qay qo’riqxonasi.
Zarafshon paleontologik-stratigrafik qo’riqxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |