Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI 3-KICHIK GURUH VAZIFA Irsiyatda T.Morgan qonunlari
Irsiyatda T.Morgan qonunlari.
Amerika olimi Tomas Morgan o’z shogirdlari bilan
birgalikda 1912-1926 yillar mobaynida kichik meva pashshasi drozofila melanogasterning
muqobil belgilari bilan farq qiluvchi shakllarini chatishtirish va duragaylarda ota-ona
belgilarini irsiylanishini o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlarini olib bordi. Tajribalarning
birida tanasi kulrang, qanoti uzun drozofila bilan tanasi qora, qanoti qisqa drozofilani
chatishtirib birinchi avlod olindi. Unda ota-onalari drozofilalarning tanasi kulrang,
qanotining uzun bo’lishi dominant belgi ekanligi aniqlandi. Olingan duragaylarning birincoi
avlodi ota-onaning retsessuv belgilarini o’zida mujassamlashtirgan qora tanali, qisqa qanotli
drozofila qayta chatishtirilganda olingan avlodining 50%ini tanasi kulrang, qanoti qisqa,
50% ini tanasi qora, qanoti uzun ekanligi, ya’ni dastlabki ota-onasiga o’xshash drozofilalar
rivojlanishi ma’lum bo’ldi.
Olingan natijalarni xulosalab T.Morgan belgilarning birikkan holda irsiylanishi
qonunini yaratdi. Mazkur qonunga binoan agar ikki xil belgining geni bir xromosomada
joylashgan bo’lsa, bunday juft belgilar avloddan-avlodga birikkan holda o’tadi.
Hujayraning meyoz bo’linishida gomologik xromosomalarning chalkashuvi krossingoveri
ro’y bersa, allel genlar o’rin almashishi kuzatiladi. Natijada ota-onaning ayrim belgilarining
o’zida mujassamlashtirgan individlar hosil bo’ladi. Shunga qaramay krossingover hodisasi
belgilarning birikkan holda irsiylanishi qonuniga putur yetkazmaydi. Chunmki F
2
duragaylar orasida ota-ona drozofilalarga o’xshashlari ko’p, krossingoverga uchragani esa
ozchilikni tashkil etadi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi. T.Morgan belgilarning birikkan holda irsiylanish
qonuni bilan bir qatorda irsiyatning xromosoma nazariyasini ham yaratdi. Uning mazmuni
quyidagicha:
1. Irsiyatning moddiy birligi bo’lmish genlar xromosomalarda muayyan tartibda
turg’um holatda joylashgan.
2. Har bir xromosoma genlarning alohida birikish guruhini tashkil etadi. Hujayradagi
genlarning birikish guruhi gaploid (n) holatdagi xromosomalar soniga teng.
3. Har bir xromosomada joylashgan genlar odatda avloddan-avlodga birikkan holda
beriladi.
4. Birikkan holatdagi genlar gomologik xromosomalarning konyugasiyasi tufayli
ayrim holatlarda bir-biridan ajralgan holda irsiylanishi mumkin. Bu hodisa krossingover
deyiladi.