9 - MAVZU: HAYVONLAR IRSIYATINI GENETIK INJENERIYA YO’LI BILAN
O’ZGARTIRISH. GIBRIDOMALAR OLISH
“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Hayvonlar irsiyatini genetik injeneriya yo’li bilan o’zgartirish
Umurtqali hayvonlar va odam organizmi tashqi muhitdan organizmga kiruvchi, o’zi uchun yot bo’lgan yoki har xil kasallik chaqiruvchi moddalarni
zararsiz holatga o’tkazib, so’ngra organizmdan chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Texnologiyalar rivojlanishi natijasida muhitga millionlab xilma-xil zararli
moddalar, viruslar va mikroorganizm mutant shtammlari tarqaladi. Bu moddalar inson organizmida allergiya – zararli moddalarga o’ta sezuvchanlik kasalligi, irsiy va
boshqa ko’plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Evolyutsiya jarayonida hayvon va inson organizmlarida yot moddalarga, yot virus va mikroorganizmlarga chidamlilik xususiyati rivojlangan. Organism
uchun yot moddalar antigenlar deb ataladi. Organizmning antigenlarga chidamliligi immunitet deb ataladi. Immunitetni organizmning immune sistemasi ta’minlab
turadi.
Molekulyar genetika, hujayra injeneriyasi hamda gen injeneriyasi fanlarining rivojlanishi biotexnologiya fanining istiqbolini yana ham oshirdi. Natijada
tadqiqotchilar hujayra genotipini qayta tuzish va genotipga maqsadga muvofiq yot genlar kiritish evaziga hujayra irsiyatini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Irsiyati o’zgartirilgan hayvon tuxum hujayrasidan va o’simliklarning har qanday hujayrasidan sun’iy sharoitda yetuk organism biotexnologiyasi ishlab chiqildi.
Transformatsiya, transduksiya jarayonlari, DNK qo’sh zanjir strukturasining kashf etilishi, genlar faoliyatini molekulyar idora qilish, genlarni elektroforez
vositasida ajratib olish, restriktaza va ligaza fermentlarining kashf etilishi, vektor konstruksiyalar tuzish, genlarni klonlash, o’simlik hujayralarini sun’iy sharoitda
o’stirish va yetuk o’simlik yetishtirish, har xil hujayralarni sun’iy sharoitda o’stirish, har xil hujayralarni qo’shib gibridoma olish va shu kabi juda ko’p kashfiyot va
ixtirolar gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyani vujudga keltirdi.
Genetika yunoncha genesis, ya’ni tug’ilish, kelib chiqish so’zidan olingan. Irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
Irsiyat – tirik organizmlarning belgi va xususiyatlarini o’z nasliga o’tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli bolalar ota-onasiga, aka-ukalar esa o’zaro bir-
birlariga o’xshash bo’lishdilar. Odamlarda tana, yuz tuzilishi, soch rangi, tashqi muhit omillarining ta’siriga qaramasdan nasldan-naslga o’tadi. Odamlarda juda ko’p
irsiy belgilar nasldan-naslga o’tib keladi. Masalan, Angliyada graf Shryusberning 14 avlodida irsiy belgi bo’lgan sindaktiliya (ikki va undan ortiq barmoqning
qo’shilib o’sishi) kuzatilgan. Avstraliyalik imperator Gabsburglar avlodining ko’pchiligining jag’I oldinga turtib chiqqan bo’lgan.
O’zgaruvchanlik – o’z belgilarini o’zgartirish, yangi belgilarga ega bo’lish, avvalgi belgilarni yo’qotish tirik organizmlar xossasidir. Tirik organizmlarning
tashqi va ichki omillarining ta’sirida yangi, o’zgargan belgi va xususiyatlarni hosil qilishdan iborat. O’zgaruvchanlik tufayli organizmlar o’z ajdodlaridan hamda bir-
biridan o’z belgi va xususiyatlari bilan farq qiladi. Buning natijasida ularda xilma-xillik namoyon bo’ladi. irsiyat va o’zgaruvchanlik bir-biriga uzviy bog’liq bo’lib,
evolyutsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi.
Organizmlarning irsiy birliklari, xromosomalar (DNK) o’zgarish xususiyatiga ega. Ularni o’zgarishi esa organizmlarning belgi va xususiyalarini
o’zgarishiga olib keladi. O’zgaruvchanlik tufayli organic olamda xilma-xillik namoyon bo’ladi.
Darvin o’zgaruvchanlikni ikki xilini – irsiy bo’lmagan va irsiy o’zgaruvchanlikni farq qilgan. Lekin irsiy bo’lmagan, ya’ni modifikasin
o’zgaruvchanlikning sabablari Darvin davrida kam o’rganilgan.
Ana shu sharoit irsiy bo’lmagan o’zgaruvchanlik sababchisidir. Irsiy bo’lmagan o’zgaruvchanlik sababli organizmlar turli sharoitlarga moslashadi.
Modifikasion o’zgaruvchanlikdan tashqari irsiy bo’lgan o’zgaruvchanlik mavjud, u xromosomalar yoki genlarga, ya’ni irsiyatningmoddiy asoslariga dahldordir.
Irsiy o’zgarishlar Darvinga yaxshi ma’lum edi, u evolyutsiyada bu o’zgarishlar katta rol o’ynaydi, deb hisoblagan. Lekin bu o’zgaruvchanlikning sabablari
Darvin davrida kam tekshirilgan edi. Chunonchi, irsiy o’zgaruvchanlikning bir turi mutasiyalar genlarning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi, boshqa bir turi –
kombinatsion o’zgaruvchanlik naslda genlarning yangicha kombinasiyalanishidan kelib chiqadi, uchinchi xili – nisbiy o’zgaruvchanlik bitta genning o’zi bir emas,
balki ikki va undan ortiq belgilarning shakllanishiga ta’sir etishiga bog’liqdir. Shunday qilib, irsiy o’zgaruvchanlikning barcha turlari gen yoki genlar yig’indisining
o’zgarishiga asoslangan.
Shuning uchun bu o’zgaruvchanlik genotipik o’zgaruvchanlik deb ataladi. Irsiy bo’lmagan o’zgaruvchanlikda faqat fenotip o’zgaradi. Shuning
uchun fenotipik o’zgaruvchanlik deyiladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik. Organism fenotipining qanday bo’lishi, undagi belgilarning rivojlanish darajasi, uning genotipiga hamda irsiy axborotning
yuzaga chiqishi muhit sharoitiga bog’liq. O’zgaruvchanlikning genotip o’zgarishiga bog’liq bo’lmay, balki tashqi sharoit o’zgarishi oqibati fenitipda yuzaga
keladigan xili modifikatsion o’zgaruvchanlik deb ataladi. Bu turdagi o’zgaruvchanlik bir xil genotipga ega bo’lgan organizmlarda ularning har xil sharoitda
yashashlari oqibatida namoyon bo’ladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik chegarasi organizmning genotipiga, irsiy xususiyatlariga bog’liq organizmdagi belgilarining tashqi muhit
omillarining ta’sirida muayan doirada genotipga bog’liq holda o’zgarish qobiliyatiga reaksiya normasi deb ataladi. Organizmdagi belgilar modifikatsion
o’zgaruvchanlikka moyillik darajasi o’zaro farq qiladi.
Son jihatidan o’rganilayotgan o’zgaruvchanlik ikkiga ajratiladi: uzlukli, uzluksiz. Uzluksiz o’zgaruvchanlikda har bir olingan son bir-biridan juda kam
farq qiladi. Agar ularni kichigidan boshlab bir qatorga joylashtirib chiqilsa, uzluksiz qator hosil bo’ladi. Shuning uchun bu o’zgaruvchasnlik uzluksiz deb ataladi.
Uzlukli o’zgaruvchanlikda esa variatsion qatorda joylashtirilgan o’zgaruvchanlikning kattaligi butun bir son bilan ifodalanadi. Shuning uchun bu o’zgaruvchanlik
uzlukli yoki diskret deb ataladi.
De Friz mutantlar va ularning bo’g’imlarini uzoq vaqt davomida kuzatib, hisoblab, 1901-1903 yillari o’zining mutatsiya nazariyasini yaratdi.
Ushbu mutatsiya nazariyasida ilgari surilgan g’oyalar quyidagilardir:
1.
Mutatsiyalar to’satdan paydo bo’ladi.
2.
Mutatsiya natijasida hosil bo’lgan yangi belgilar turg’undir.
3.
Mutatsiyalar irsiy bo’lmagan o’zgaruvchanlikdan farqli o’laroq, irsiydir. Nasldan-naslga beriladi.
4.
O’zgaruvchanlikning o’rtamiyona shakli tevaragida uzluksiz qator hosil qilmaydi. Chunki mutatsiya natijasida sifat jihatidan o’zgarish sodir
bo’ladi.
5.
Mutatsiyalar har xil ko’rinishlarda paydo bo’lib, foydali va zararli bo’lishi mumkin.
6.
Mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o’rganilgan organizmlar soniga bog’liq.
7.
O’xshash mutasiyalar bir necha marta paydo bo’lishi mumkin.
Mutatsiya deb normal belgilar saqlovchi genlarda turli tashqi muhit omillari ta’sirida nasldan-naslga o’tadigan kimyoviy o’zgarishlar paydo bo’lishiga
aytiladi. Mutatsiyalar tashqi va ichki muhit ta’sirida paydo bo’lishi mumkin.
Mutatsiyalar tabiatda doim bo’lib turadi. Bu tabiatning oddiy hodisasidir. Mutatsiyalar ko’pincha spontan va yo’naltirilmagan holatlarda paydo bo’ladi,
ya’ni foydali, befarq, lekin ko’pincha zararli yoki hatto o’limga olib boradigan (letal) bo’ladi.
Foydali mutasiyalar evolyutsiya natijasida saqlanib turlarning yashovchanligini oshiradi va yangi turlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Zararlilari esa
turlarni yashovchanligini kamaytirib, mayib-majruh organizmlarni hosil bo’lishiga, turniregresga olib keladi. Ko’pincha irsiy kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy
sababchiga aylanadi.
Hosil bo’lish xususiyatiga qarab mutatsiyalar 3 xil bo’ladi:
1.
Gen mutatsiyalari
2.
Xromosoma mutatsiyalari
3.
Genom mutatsiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |