Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASI 2-KICHIK GURUH VAZIFA Genlarni klonlash Klassik genetik usul bilan irsiyatni o’zgartirishning asosiy kamchiligi 2 xil genotipli
organizm chatishtirilganda ularning barcha xo’jalik uchun molik va molik emas genlari
o’zaro rekombinasiyalanishidir. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan
gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi ko’pdan ko’p genlar o’tadi.
Gen injeneriyasi usulini qo’llanganda bu muammo yengil hal qilinadi. Buning uchun
takomillashtirilayotgan o’simlik navi hujayrasiga ma’lum foydali gen kiritiladi va bu
hujayradan yetuk o’simlik olinadi. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq
bakteriyasi agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan vektor molekula sifatida foydalaniladi.
Tabiatda agrobakteriyaning bu turi o’simlikni zararlantiradi. Zararlangan o’simlik
tanasidagi hujayralar pala-partish bo’linishi natijasida shish hosil bo’ladi. Bu shishni Ti
plazmid genomining T-DNK bo’lagi chaqiradi. Buning sababi T-DNK o’simlik hujayrasi
genomiga birikishi va uning xususiyatini buzishidir. T_DNK ning bu xususiyatidan gen
injeneriyasida keng foydalaniladi.
Tranformatsiya qilingan o’simlik hujayrasi bo’linishi natijasida ma’lum bir
programma bo’yicha rivojlanadigan hujayralar to’plami hosil bo’ladi. Bunday to’plam
kallus to’qima deb ataladi. Kallus to’qima hujayralaridan ayrimlari o’simlik gormoni va
boshqa regulyator moddalar ta’sirida ma’lum programma bo’yicha bo’lina boshlaydi.
Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o’simlik embrion to’qimasi va barcha
jihatdan normal voyaga yetgan transgen o’simlik olinadi. Transgen o’simlikning har bir
hujayra xromosomasida ko’chirib o’tkazilgan gen saqlanadi. Shu sababdan transgen
o’simlik jinsiy yo’l bilan ko’paytirilganda yot gen nasldan naslga beriladi.
Gen injeneriyasi qo’llanib ko’sak qurtiga chidamli g’o’za va kolorada qo’ng’izga
chidamli kartoshka o’simligi yetishtirilgan. O’zRFA genetika va o’simliklar eksperimental
biologiyasi institutida S.Jatayev va F.Muxamedxanova g’o’zaning va bug’doyning
gerbitsidga chidamli transgen formalarni yaratdilar. Demak, o’simliklarning irsiyatini
o’zgartirish uchun:
1. Ahamiyatga ega bo’lgan gen ajratib olinadi va tuzilishi o’rganildi.
2. Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi,
transpozon yoki plazmid bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.
3. Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi va transgen hujayra olinadi.
Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk o’simlik o’stiriladi.