Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
8 - MAVZU: REKOMBINAT DNK OLISH. GENLARNI KLONLASH. “KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASI 1-KICHIK GURUH VAZIFA Rekombinat DNK olish 1.Ahamiyatga ega bo’lgan gen funksiyasiga binoan qidirib topiladi, ajratib olinadi
(klonlanadi) va tuzilishi o’rganiladi.
2.Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag
genomi, transpozon yoki plasmid bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.
3.Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi (transformaksiya) va transgen hujayra
olinadi.
4.Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk organizmlar ham olish mumkin.
Sun’iy ravishda rekombinat DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972 yilda
AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olilar E.coli bakteriyasining
xromosoma DNKsini va shu bakteriya plazmidini alohida probirkalarda “yopishqoq” uch
hosil qiluvchi EcoR1 (iko-ar-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon
plasmid tarkibida faqat bir dona EcoR1 restriktaza fermenti tanlab kesadigan maxsus
nukleotidlar izchilligi bo’lganligi sababli restriktaza DNK qo’sh zanjirini faqat bir joydan
kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga o’tkazadi. Xromosoma DNK
molekulasida EcoR1 restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi
qancha bo’lsa, bu molekula shuncha bo’lakka bo’linadi. DNK bo’laklarini elektroforez
moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo’lgan
bo’laklar maxsus bo’yoq bilan bo’yaladi. Natijada bir nuqtada yig’ilgan bir xil kattalikdagi
DNK bo’laklari to’plamini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan
kattalikdagi DNK bo’lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar
bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo’lagini ochiq holatdagi yopishqoq
uchli plasmid DNK si bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu
ikki xil DNK bo’laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog’lar yordamida ulanadi. Natijada
plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo’lagi kiritildi. Shu usulda rekombinat plasmid ilk bor
hosil qilindi. Bu molekulyar qurilmada plasmid DNK vektor funksiyasini bajaradi, chunki
yuqorida aytib o’tganimizdek plazmidlar xromosoma DNKsiga rekombinatsiyalana oladi.
Bu vektor konstruksiya o’z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo’lganligi uchun
maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi.
Rekombinat plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli genga ega
bo’lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta’sirida o’lmaydi.
Shu sababli tajriba o’tkazayotgan probirkaga antibiotik qo’shib rekombinat bakteriya kloni
ajratib olinadi va ko’paytiriladi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yod
(geterologik) DNK bo’lagi bor bo’lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko’paytirilsa, yot
DNK bo’lagi shunchalik ko’payishi mumkin. Undan tashqari rekombinat plazmid vektor
avtonom replikatsiyalanuvchi plazmid bo’lsa, yot DNK bo’lagini yana o’nlab barobar
ko’paytirish mumkin. Yot DNK bo’lagini rekombinat vektor konstruksiyalar vositasida
ko’paytirish genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo’lagini klonlashda vektor sifatida virus
va fag DNK molekulasidan yoki ko’chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalanish
mumkin.