1-mavzu: Biologik fanlar tizimi ularning zamonaviy muammolari va yutuqlari. Reja



Download 39,88 Kb.
bet2/10
Sana30.04.2022
Hajmi39,88 Kb.
#599321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza. Biotex

Biologya fanlar tizimi: Biologiya sitologiya, genetika, evolutsin ta’limot,ekologiya, paleantologiya,embriologiya,
BIOLOGIYA FANINING VAZIFASI. 
1) Insonning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirish .Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun 100-120 gr oqsil iste`mol qilishi kerak.Vaholanki kunlik oqsil 50-60gr dan oshmaydi. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanilib kelinayotgan duragaylash, genetik injineriya, genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish metodlaridan foydalanish samarali natija beryapti.
2) Insonning salomatligi bilan aloqador. Olimlarning e`tirof etishicha 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi va ularning o`zgarishi bilan bog`liq.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o`rganish ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda eng xavfli xodisalardan biri tabiatning tobora kambag`allashib borayotganligidir. O`simlik va hayvon turlarining yildan –yilga kamayib ketayotganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir.
3.Hujayra strukturasi va funksiyasii o`rganish ham umumiy 


BIOLOGIYA FANINING MUAMMOSI.
1) Hayotning paydo bo`lishi.
2) Odamning paydo bo`lishi.
3) Bosh miya faoliyati mexanizmini o`rganish.
4) Odam umrini uzaytirish muammolari.
Tabiatni muxofaza qilishda qishloq xo`jaligida o`z-o`zidan bargini to`kadigan g`o`za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish,parazit va zararkunanda hasharot boshqa organizmlarga qarshi kurashning , shuningdek suv, havoning ifloslanishi,tuproq eroziyasi,sho`rlanishning oldini olish biologik usullarini izlab topish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi.Hozirda bular o`z yechimini topdi. Hozirgi kunda Biologiya tez rivojlanayotgan fan bo`lib u erishayotgan yutuqlar insoniyatning kelajagi uchun nihoyatda muhimdir. Biologiya fanining ba`zi sohalari tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo`lgan.Masalan: Biofizika, Biokimyo fanlari shular jumlasidandir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. Кuzatish usuli, taqqoslash usuli, tarixiy usul, eksperimental usul, modellashtirish usuli. Кuzatish usuli organizmlar va ularning atrofidagi muhitda ro‘y beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash usuli yordamida aniqlanadi. Turli sistematik guruhlar, organizm va uning organlarini tarixiy jarayonda paydo bo‘lish qonuniyatlari tarixiy usul yordamida aniqlanadi. Mazkur usul yordamida organik dunyoning evolutsion ta’limoti yaratildi. Eksperimental usul orqali tirik tabiatdagi organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‘rganiladi. Кeyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish usulidan ham foydalanilmoqda.
Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko‘p muammolar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar, tirik tabiat sirlari mavjud. Bu muammolar, birinchidan, molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlash; ikkinchidan, bir va ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishdagi irsiyat mexanizmlari, ya’ni oqsil biosintezidan hujayra hosil bo‘lguniga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to‘rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, yerda hayotning paydo bo‘lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatdagi ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirini bilish; yettinchidan odamning paydo bo‘lishi bilan ochiq bo‘lgan ba’zi muammolarni hal etishdan iborat. Yuqorida qayd etilgan muammolarni yechish biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmasdan u juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar yechishda ham faol ishtirok etadi.
Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya – mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini, fi ziologiya esa funksiyasini, embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika – organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini, etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.
Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo‘lgan. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fi zik jarayonlarni biofi zika, organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo, tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografi ya fani o‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashni maqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi kunda insoniyat jamiyatining taraqqiyot darajasi biologiya fani rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Biologiyada tirik organizmlarning hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.

Download 39,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish