1-mavzu. Bioinformatika faniga kirish. Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi va bioinformatika fani istiqbollari



Download 0,51 Mb.
bet9/12
Sana11.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#655036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

diskretlilik - genlarning aralashmasligi;
barqarorlik - strukturani saqlash xususiyati;
labillik - ko’p marotaba o’zgarishga egaligi;
ko’plik allelizm – populyatsiyada ko’plab genlar molekulyar formalarda bo’ladi;
allellik -diploid organizmlar genotipida genlarning faqat ikki formasining mavjudligi;
spetsifiklik - har bir gen o’zining belgisini yuzaga chiqaradi;
pleyotropiya - genning ko’plik ta’siri;
ekspressivlik - genning belgi yuzaga chiqishidagi darajasi
amplifikatsiya - gen nusxalari sonining ko’payishi
Har bir organizmning shaxsiy taraqqiyoti hujayradagi genetik dastur – genom asosida amalga oshadi. Shaxsiy taraqqiyotning genetik dasturi deganda otalangan tuxum hujayradan to organizm to’liq voyaga yetishigacha bo’lgan taraqqiyotni belgilovchi genlar majmuasi tushuniladi. Prokariot va bir hujayrali eukariot organizmlarda gen bilan belgi o’rtasidagi masofa qisqa. Ulardagi barcha belgi va xossalar to’g’ridan-to’g’ri genlar faolligi, uni tartibga solish bilan belgilanadi. Ulardan farqli ravishda yuksak o’simlik va hayvonlar, odamlarda gen bilan belgi orasidagi masofa uzun va murakkab. Ulardagi morfologik va biologik belgilar odatda o’zaro mustaxkam bevosita, bilvosita aloqada bo’lgan hujayralar va ulardagi genlar faolligiga bog’liq.
Bunday jarayonlar zanjiri o’zaro aralashib ketishiga qaramay, ulardagi barcha yo’nalishlar qat’iyan muvofiq ravishda sodir bo’lishi sababli organizmning morfologik va funktsional yaxlitligi ta’minlanadi. Yuqorida qayd qilinganidek ontogenez birinchi navbatda hujayralar sonining ortishi bilan aloqador. Otalangan tuxum hujayra – zigota ontogenez taraqqiyot mobaynida son jihatdan ortib u yangi tug’ilgan chaqaloqda 1014, katta odamda esa 1015-1016 ga yetadi. Yuksak hayvonlarning embrional, yopiq urug’li o’simliklarning yashash davrida hujayralar tuzilishi va funktsional jihatdan ixtisoslasha boradilar. Rus olimi A.L.Zavarzin qayd etishicha embrional davrda hujayralar, to’qimalar, organlarning ixtisoslashishi bilan ular borgan sari o’zlarining murakkabligini yo’kotib, organizmning tarkibiy qismlarining biriga aylana boradilar.
Ma’lumki, genlarning xromosoma yoki genom tarkibida ma’lum bir joylashish sohasi gen lokusi deb nomlanadi. Bu lokuslar tarkibida joylashgan turli xil alternativ genlar variantlari allellar deb ataladi. Populyatsiya genomi tarkibida allel genlarning bittadan ortiq sonda takrorlanishlari va ularning o’zaro nisbatlari allellar yoki genlarning chastotasi deb ataladi. Masalan, gaploid populyatsiya tarkibida N soni qandaydir ikkita allel genlarga tegishli bo’lsin, va ularning nusxalarini mos ravishda a va b bilan belgilaymiz. Bu holatda bu allellarning uchrash chastotasi N/a va N/b ga teng hisoblanadi. Shuningdek, a + b = N va a/N + b/N = 1 tengliklar amal qilishini keltirish talab qilinadi.
Barcha tirik organizmlarning, jumladan, eukariotlar genomining o’rganilishi ulardagi genetik axborotlarni o’qish imkonini beradi. O’tgan asrning o’rtalarida irsiyatning moddiy asoslaridan hisoblangan DNK qo’sh zanjirining yaratilishi eukariotlar genomini, xususan, odam genomining o’rganilishiga zamin yaratib berdi.
Hozirgi kunga kelib faqatgina odam genomini emas, balki boshqa organizmlarning genomlarini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar tez sur’atlarda oshib bormoqda. Yangidan yangi fizik, kimyoviy va matematik metodlarning qo’llanilishi, DNK nukleotidlarini ketma – ketligini analiz qilish uchun robot texnikasidan foydalanish, zamonaviy kompyuter dasturlarining qo’llanilishi fanning bu sohasini jadal tezlikda rivojlanishiga turtki bo’ldi. Genomlarning tadqiqoti faqatgina fan sohasidagi emas, balki iqtisodiy va hattoki davlat darajasidagi siyosiy musobaqalarga aylanib qoldi.
Irsiyatning sistematik tarzda o’rganilishi o’simliklar va hayvonlar genomining tadqiq qilinishidan boshlangan. Genetik molekulalarning va irsiyatning boshqarilish mexanizmlarini tekshirishda eksperimental model sifatida bakteriyalar va viruslardan foydalanilgan. Shuning natijasida dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) va oqsillar genetik xususiyatning universal determinantlari ekanligi ko’rsatilgan.
Eukariot organizmlari prokariot organizmlarga nisbatan murakkab strukturaviy tuzilishga ega va shuning uchun ko’proq genetik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari eukariot organizmlar olamida ko’payishning jinsiy usuli ham mavjuddir. Bu esa ularning ko’pchiligi uchun nasl qoldirishning asosiy yo’lidir.
Tirik organizmlar genom tuzilishini o’rganishda zamonaviy kompyuter vositalarining ham o’rni beqiyosdir. Takomillashgan hisoblash vositalarining yaratilishi, ularda genomlarni o’rganish uchun maxsus dastur ta’minotlarining qo’llanilishi tirik organizmlar genomini mukammal tarzda o’rganilishiga zamin yaratdi. Genomi o’rganilgan organizmlar haqidagi ma’lumotlarning nihoyatda ortib ketishi ularni saqlash uchun maxsus ma’lumotlar bazalarining (MB) yaratilishiga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda dunyoda shaxsiy va yanada quvvatli kompyuterlardan biopolimerlar strukturasining analizini amalga oshiruvchi dasturlar kompleksining ko’pgina ko’rinishlari paydo bo’ldi. Butunjahon internet tarmog’ining qisqa sur’atlardagi rivojlanishi bu ma’lumotlardan dunyoning har qanday nuqtasidan turib foydalanish imkonini yaratdi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish