Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini bildirib qo’yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "o’g’rilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog’i bo’yicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus xizmatlari buyurtmasi bo’yicha axborotni o’g’irlovchi firma va kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul mablag’larini o’g’irlash bilan ham shug’ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes o’ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko’p bo’lmasa) oshishiga sabab bo’ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud emas.
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
Axborot xavfsizligi –bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.