1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari Tayanch tushunchalar



Download 223,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana17.07.2022
Hajmi223,03 Kb.
#813558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
01-mavzu



1-mavzu. Axborot resurslarining asosiy tushunchalari 
Tayanch 
tushunchalar:
Axborot 
resurslari 
va 
axborot-kutubxona 
resurslarining tushunchalari. Axborot resurslarining rivojlanish tendensiyalari. 
Elektron axborot resurslari. Elektron darslik, o‗quv qo‗llanma,elektron ishlanma 
Jamiyat, fan va ta‘lim rivojida elektron axborot resurslarining ahamiyati.
KIRISH 
Zamonaviy ta‘limning rivojlanishi faqatgina fanlarni o‗rganishning 
zamonaviy usullarini modernizatsiyalash va takomillashtirish uchun xizmat 
qiladigan axborot texnologiyalarining takomillashishi bilan emas, balki ilmiy-
ta‘limiy axborotning yangi manbalari mavjudligi bilan belgilanadi. Qimmatli 
axborot manbalaridan foydalanishga bo‗lgan imkoniyatning mavjudligi o‗quv 
materiallari sifatining bir necha bor ortishiga, shuningdek, olingan bilimlarni ilmiy 
va kasbiy faoliyatda qo‗llashga imkon yaratadi. 
G‗arbning yetakchi mamlakatlarida ilg‗or elektron ta‘limiy resurslardan 
foydalanish nafaqat o‗quv faoliyada, balki talabalar, o‗qituvchilar, ilmiy xodimlar 
va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlarida muhim o‗rin tutadi. Maqolalar 
yozish, bitiruv ishlarini tayyorlash, dissertatsiya ishlarini bajarishda ilmiy sohadagi 
yutuqlar va jahon resurslari bo‗yicha analitik tahlillarni amalga oshirish ilmiy 
faoliyat jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Jahon ilmiy-ta‘limiy resurslarini 
o‗rganish va ulardan foydalanish samaradorligi nimada? Bunda bir qator muhim 
jihatlarni ko‗rsatish mumkin: 

jahon ilmiy-ta‘limiy resurslarining tezkor navigatsiyasi;

ilmiy faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar uchun ilmiy risolalari yozish hamda 
yuqori reytingga ega bo‗lgan jurnallarda nashr ettirish faoliyatlarida ko‗mak 
berish;

o‗qituvchilarga ta‘lim berish sifatini oshirish hamda talabalarga ta‘lim 
olishlarida zamonaviy bilimlarni ilg‗or jahon tajribalari asosida yordam berish;

kutubxona xodimlari, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun zarur ilmiy 
adabiyotlarni qidirishda vaqtlarini maksimal darajada tejash; 

kutubxona javonlarini obuna resurslari bilan jismoniy to‗ldirishni 
kamaytirish; 

jahonning yetakchi mutaxassislari tahriridan o‗tgan sifatli elektron ta‘limiy 
resurslardan (kitob, jurnal va h.k.) foydalanish;

respublikada ilmiy jurnallar, tashkilotlar, olimlarning reytingini oshirishda 
naukometrik tadqiqotlarni rivojlantirish. 
Mazkur fan dunyoning yetakchi nashriyotlari, konsorsiumlari, shuningdek, 
O‗zbekistonning barcha o‗quv va ilmiy muassasalarining ta‘limga oid ma‘lumot 
bazalari haqida ma‘lumot berib, kutubxonachilar, kitobxonlar, tadqiqotchilar uchun 
mazkur resurslarni izlash, ulardan foydalanish bo‗yicha bilimlar beradi.
Fanning materiallarini tayyorlashda «Elektron-kutubxona tarmoqlarida ilmiy-
ta‘limiy axborotlardan foydalanish va shakllantirish texnologiyalari» nomli 
jahonning yetakchi nashriyotlari Springer, EBSCO Information Services, OUP, 
ProQuest, Thomson Reuters hamda eIFL xalqaro konsorsiumi, o‗tkazilgan tadqiqot 


natijalari, shuningdek, Emerald, EBSCO Information Services, Web of Science 
ma‘lumot bazalaridan foydalanilgan. 
Tashkilotlarni aktual ilmiy va ta‘limiy axborot bilan ta‘minlash jamiyat 
rivojlanishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari 
asrida mazkur masalani yechishning asosiy samarali vositasi bu - yagona xalqaro 
standartlar asosida shakllantirilgan raqamli formatdagi axborot resurslari fondiga 
ega avtomatlashtirilgan axborot resurslari tarmog‗ida rivojlangan axborot 
infratuzilmasini yaratish hamda o‗z resurslarini jamoaviy foydalanishga taqdim 
etish hisoblanadi. Bunda jahon ilmiy-ta‘limiy resurslaridan samarali foydalanish va 
ularni to‗plash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot infratuzilmasini rivojlantirishdagi jahon tendensiyalari, jumladan, 
ilmiy, amaliy tadqiqotlar yagona klassifikatsiya tizimlarini, ma‘lumotni 
kodlashtirish, xalqaro kommunikativ formatlar asosida ularni formatlash, uzatishga 
moyil bo‗ladi. Axborot muhitini shakllantirishdagi 90%dan ortiq xarajatlar 
mazmun-mohiyatiga aloqador hisoblanadi. Axborot manbalari va ma‘lumotlar 
tuzilmalarining turli-tumanligi tizimlashtirishda yagona ko‗rinishda taqdim 
etilishini talab qiladi. Axborot kommunikatsiyalari uchun kutubxonalarning 
MARC formatlari, DUBLIN CORE formatlar va axborot kommunikatsiyalarning 
xalqaro standartlari bugungi kunda nafaqat an‘anaviy kutubxona ma‘lumotlari, 
balki ilmiy-texnik va boshqa turdagi axborotlar orasida faol axborot almashuvining 
asosi bo‗lib xizmat qiladi.
Bu birlashuv ma‘lumotlarini taqdim etish jahon axborot makonini 
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bunday muhitning axborot asosi elektron 
kutubxonalar va ularning tarmoqlararo aloqalari hisoblanib, mazmuniy asosi esa 
nafaqat milliy axborot resurslari, balki, jahon ilmiy-ta‘limiy ma‘lumot bazalari 
hisoblanadi. 

Download 223,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish