Boshqariluvchi ko’prik balkasi qo’shtavr shaklida yasalgan bo’lib, balkaning o’rta qismi pastga egilgan, natijada dvigatelni pastga joylashtirishga imkon yaratiladi. Balkaning ikki uchida ishlangan burovchi tsapfa g’ildiraklarni burish vazifasini o’taydi. Burovchi tsapfa qulog’i shkvorenga bronzali vtulka orqali o’tqazilgan. Shkvorenning pastki qismiga to’sin va sapfa oralig’iga tayanch podshipnik joylashtirilgan. Sapfada ikkita konussimon rolikli podshipniklarga old g’ildiraklarning gupchagi o’rnatilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |