24-mavzu: Ko’priklarning vazifasi va turlari
Reja
1. Ko’priklarning vazifasi
2. Ko’priklarning tuzilishi
3. Ko’priklarning ishlash uslubi
Avtomobillarning ko’priklari asosan osma va g’ildiraklar orasidagi ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qiluvchi va bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan holda ishlovchi agregat vazifasini bajaradi. Ularga o’rnatilgan g’ildiraklar turiga qarab ko’priklar -yetakchi, boshqaruvchi va aralash (etakchi va boshqaruvchi) hamda ko’tarib turuvchi yoki ko’tarib yuruvchi bo’lishi mumkin.
Etakchi ko’prik rama (kuzov) gayetakchi g’ildiraklardan itaruvchi kuchlarni va tormozlanganda esa tormoz kuchlarini uzatadi. U ichki bo’shliqli bikr to’sin (balka) bo’lib, uning uchlarida qotirilgan podshipniklardayetaklovchi g’ildirak gupchaklari o’rnatilgan, ichida esa asosiy uzatma, differentsial va yarim o’qlar joylashtirilgan. Konstruktsiyasi bo’yicha ajraluvchan va ajralmas turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |