amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘l-larini jihozlash ishlari: yoritishni ta’minlash,
ko‘kalamzorlashtirish, yo‘llardan foydalanish hizmati binolari va inshootlarini
(avtobus bekatlari va pavilionlar, avtostansiya va avtovokzallar),
avtoservis
xizmati kompleks (motellar, kempinglar, istirohat may-donchalari, yuvish
shoxobchalari, ta’mirlashda kuzatuv chuqurlari va estakadalar, avtoyonilg‘i quyish
shoxobchalari, texnik xizmat stansiyalari, avariya xizmati aloqa qurilmalari)lari,
ovqatlanish va savdo shoxobchalari, yo‘l qurilish montaj ishlari jarayonida SHNQ
2.05.02 talablariga binoan ishlarning kalendar jadvaliga binoan bajariladi.
Yo‘l
belgilari, to‘siqlar, yo‘naltiruvchi ustunchalar, svetoforlarni o‘rnatish,
qatnov qismi chiziqlarini chizish ishlarini joyiga bog‘lash rejalash ishlari
bajarilgandan so‘ng boshlash lozim. Yo‘l belgilari o‘rna-tiladigan ustunlar,
temirbeton to‘siq ustunlar va ogohlantiruvchi ustunchalar uchun qaziladigan
chuqurlarning chuqurligi loyihada ko‘rsatilganidan 3.0 cm dan kam bo‘lishi kerak.
Po‘lat shvellerlar №10 va №12 o‘rnatilgan to‘siqlar ustunlari yoki po‘latdan yoki
po‘latdan egma profillik to‘siq ustunlari uchun loyihadagidan 20 cm kichik bo‘lishi
kerak. GOST 25458 talablariga javob beruvchi ustundagi yo‘l belgilarini o‘rnatishni
ustun bilan birga GOST 23437 talablaridek o‘rnatiladi.
Qurilishdagi xavfsizlikni
taminlash maqsadida zarbdan himoyalovchi temir beton ustunlar qo‘lanilganda,
asbestsement quvo‘rning(pastdan) muftadan yuqori qismi o‘rnatilgan ustun
turadigan joy yo‘l yuzasidan 85 cm dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Bunda tayanch
ustunning yo‘l yuzasidan ba-landligi 2,5 m dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Mabodo qurilishdagi havfsizlikni taminlash maqsadida yog‘och tayanch
qo‘llanilsa, undagi ustunlar o‘qidagi teshiklar belgi tunukasidagiga parallel bo‘lishi
shart va pastki teshikning markazi, tayanch o‘rnatilgan joy yo‘l yuzasi sathidan 135
cm dan ko‘p bo‘lmasligi shart. To‘siqlarni №10 va №12 po‘lat shvellerlar yoki
teng mustahkamlikdagi po‘lat profillar qo‘llanilgan holda qurilganda,
ularni
oldindan ustun va konsollari bilan seksiya holatda tayyorlab olish tavsiya qilinadi.
YOnma-yon to‘siqlarning seksiyalarini GOST 7802 ga asosan birini ikkinchisi
ustiga chiqarib sakkizta 16x45 bolt bilan maxkamlanadi. Yo‘l chiziqlarining o‘lchov
va materiallari GOST 13508 talabiga javob berishni lozim, qoplama yuziga
tushirishni esa GOST 23457 ga muvofiq bajariladi. Gorizontal chiziq-larni faqat
yuvilgan, supirilgan va quruq qoplama yuzasiga harorati 15
o
Sdan past bo‘lmaganda
nitrobo‘yoqlardan va 10
o
S past bo‘lmaganda esa
termoplatsik materiallardan
foydalanib chiziladi, bunda havoning nisbiy namligi 85% dan oshmasligi lozim.
Qoplama yuzasining haro-rati 10
o
S dan past bo‘lganda, termoplastik
materiallarda chiziqlarni tushirish uchun, qoplama yuzasi infraqizil nurli gorelkalar
bilan kamida 15
o
S gacha qizdirib olinadi. YUmshagan qoplamali yuzalarga, moy,
bitum yoki yoriq va choklarni to‘lg‘izish uchun quyilgan mastikali dog‘lar bo‘lgan
joylarda yo‘l chiziqlarini tushirishga ruhsat etiladi. Termoplastik materiallardan
tushirilgan chiziqlar rangi sifatining yomonlashuvining oldini olish maqsadida
quyidagilar ruxat etilmaydi:
- tayyorlangan termoplastik materiallar to‘la tugagunicha yo‘l chizig‘i
chizuvchi maxsus avtomashinaning to‘xtashi;
- sarflovchi idish bo‘shagandan so‘ng isitgichlarni yoqib qo‘yilishi.
Nitrobo‘yoq bilan gorizontal chiziqlar tushirilgan qatnov qismida
harakatlanishga kamida 15 min o‘tgandan so‘ng, termoplastik
materiallar bilan
chiziqlar tushirilgan qismlarda esa kamida 30 minut o‘tgandan so‘nggina ruhsat
etiladi. Yo‘l to‘siqlarining va yo‘naltiruvchi qurilmalarning elementlari va
tuzilishlari GOST 26804, ularni o‘rnatish esa GOST 23457 talablariga javob berish
lozim. Yo‘l svetoforlarining turi va guruhlarining yasalishi, ularning ko‘rinishi va
signallari GOST 25695 talabiga to‘g‘ri kelishi kerak. O‘rnatish joylarni GOST
23457 bo‘yicha aniqlanadi.
YOritgichlar, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘llardan
foydalanish xizmati kompleks bino va inshootlarini, avtotransport xizmati bino va
inshootlarini, avtoservis kompleks qurilmalari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari,
yo‘l harakatini nazorat etuvchi yo‘ldagi qurilmalarni qurish ishlari SHNQ 2.05.02
talablariga muvofiq bajariladi. Yo‘lni jihozlash-dagi elementlar o‘rnatishda asosiy
o‘lchov ko‘rsatkichlari loyihadagidan quyidagicha farq qilishi mumkin:
- chuqo‘rning markazi ko‘rsatilganidan ±1 cm ;
-chuqo‘rning balandligi ±2 cm ga;
- belgi shitining pastki chetining balandligi har bir metr qadam kengligida ±1
sm;
- to‘siqning chiqib turgan qismining seksiya uzunligiga qarab to‘siq balandligi
4320mm................ ± 1,0 cm
6320mm................ ± 1,5 cm
8320mm................ ± 2,0 cm
9320mm................ ± 2,35 cm
- to‘siqni ko‘rinish yuzasi (to‘siqning to‘lqin-simon yuzaligida) 10 m
uzunlikdan ko‘p bo‘lmasa ±3 cm.
Yo‘l chiziqlari-ning rejadagi ruhsat etilgan o‘zgarishi ± 3 cm ni tashqil etadi.
Yo‘l chiziqlarining chetlari tekis bo‘lishi kerak. Ularning ruhsat etilgan
o‘zgarishlari har 0,5 m da ± 5mm ga teng.
Ishlarning sifat nazorati
Yo‘lni jihozlashda quyidagilar nazorat qilinadi:
- ko‘z chama bilan ishning navbatma-navbat bajarilish tartib, talablari;
- to‘siqlar, belgilar ustunlarining tik (vertikal) o‘rnatilganligi;
- tirkagichlar va ustunlarning, hamda yo‘l chiziqlarining rejada har 10 m da
o‘lchov tasma yoki ip bilan o‘lchash orqali to‘g‘ri o‘rnatilganligi;
- to‘siqlarning rejadagi tekisligi, ip va andoza chizg‘ich yordamida;
-yo‘l chiziqlari chetlarining
tekisligi va kengligi, tanlab olingan kamida
uzunligi jami uzunlikning 10% dan kam bo‘lmagan qismida chizg‘ich yordamida
Do'stlaringiz bilan baham: