1-mavzu: “Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi, vazifasi hamda tadqiqot usullari.
Reja:
Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari;
Fanni mazmuni, uni yoritishda qo'llaniladigan tadqiqot usullari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish - ustuvor vazifamizdir mavzusida mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar mahkamasining majlisidagi va O'zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari mavzusidagi halqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi ma'ruzalarida agrar siyosat va islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligi tadbirlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Kalitso’zlar:Agrar siyosat, Agrar islohotlar, Oziq-ovqat xavfsiligi, Oziq-ovqat dasturi.
Agrar siyosatva oziqovqatxavfsizligi faniningpredmeti,maqsadi va
vazifalari; Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelgani bugungi kunda mazkur muammoni jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya‘ni deyarli har sakkiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. Yer yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash masalasi yildan- yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi bo‘lib va bu tafovut, avvalo, oziqovqat mahsulotlarini jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigasiya, meliorasiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan investisiyalarning yetarli emasligi mazkur muammoni yanada keskinlashtirmoqda.
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va pestisidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qatoriga urbanizasiya, ya‘ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi bilan bog‘liq muammolar ham qo‘shilmoqda. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib ketmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini ―daladan dasturxonga sxemasi bo‘yicha iste‘molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi salkam 1 trillion dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud bo‘ladi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining markazida inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko‘rishini ta‘minlash masalalari turadi va uning bu vazifalarning nechog‘lik bajarilishi davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi va siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida ajratilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Agrar siyosatda katta e‘tibor faqat qishloq xo‘jaligida emas,balki butun agrobiznesda ishlab chiqarish faoliyatining eng yuqori pirovard natijalariga, barqaror ishlab chiqarish o‘sish sur‘atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy rivojlantirishga erishishga qaratiladi.
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fani iqtisodiyotning bozor tamoyillari asosida rivojlanishida agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi, jamiyatning har bir a‘zosini g‘oyaviy jihatdan yo‘naltirish, ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatadi.
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fani agrar sektorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo‘lish shakllarini va agrar sohada aniq sharoitda ulardan foydalanish xususiyatlarini hamda agrar siyosatning qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga ta‘siri samarasini va oziq-ovqat xavfsizligi iqtisodiy mammolarini hal etishda, agrar sektorda ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha muqobil qarorlar qabul qilishda qo‘llaniladigan usul va vositalarni o‘rganadi.
Fanni o‘rganishdan maqsad - talabalarda agrar siyosat haqida tasavvur uyg‘otish, olib borilayotgan agrar siyosatlarni o‘zaro solishtira olish ko‘nikmasini yaratish va mutaxassis xulosasiga ega bo‘lishini ta‘minlash, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning mohiyati va ahamiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida amalga oshirilayotgan agrar siyosat va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hamda bosqichlari, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda davlatning roli va iqtisodiy strategiyasi hamda zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq-ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Mazkur fan bilish, amaliy va g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifalarni bajarib, agrar va oziq- ovqat sohalari iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish muammolari yuzasidan nazariy xulosalar chiqarish va amaliyotda qo‘llash, agrar va oziq-ovqat sohalarida yalpi talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish, zamonaviy nazariyalar asosida agrar va oziq- ovqat sohalari iqtisodiyotini tartibga solish darajasi va usullariga baho berishga o‘rgatadi.
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi «Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy geografiya, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi, «Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya xisobi va soliqqa tortish, Qishloq xo‘jaligida investision jarayonlarni boshqarish va biznes rejalashtirish, Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va boshqarish, Qishloq xo‘jalik mahsulotlar sifati va marketingi, Qishloq xo‘jaligida menejment, Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etish kabi va boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi fanining nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiyot nazariyasi hisoblanadi.