1-mavzu: A. Navoiy ijodining o’rganilishi tarixi



Download 39,17 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi39,17 Kb.
#308277
  1   2
Bog'liq
1 mavzu maruza


1-mavzu: A.Navoiy ijodining o’rganilishi tarixi.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy musulmon mintaqa adabiyotining eng yirik vakili, ulug‘ mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi, ilm-ma’rifat, badiiy ijod hamda san’atning ulkan homiysidir. Bu buyuk taraqqiyparvar inson o ‘zi yashagan davrdanoq «Xitodan Xuroson»gacha bo‘lgan hududda istiqomat qilayotgan she’rsevar ellar, xususan, «turk ulusi» qalbiga purma’no nazmiy yaratmaiari, nasrda ijod etilgan badiiy, ilohiy-irfoniy, tarixiy-ma’naviy va ilmiy asarlari bilan ma’rifat shu’lalarini olib kirdi. Alisher Navoiy yirik so‘z san’atkori sifatida turkiy badiiy ijodni ham ma’nolar va ham shakliy jilolar nuqtai nazaridan jahoniy mavqega ko‘tardi. Asrlar o ‘tsa-da, bu sohir qalam sohibi qoldiigan juda boy madaniy merosga boigan ma’naviy ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Bu hol ulug‘ shoiming «Muhokamat ul-lug‘atayn»da o'z ijodidan faxrlanib bildiigan quyidagi bashoratomuz fikrlarining nechog'lik haq ekanligining yana bir dalilidir (MAT.16jild. 27-bet).

Alisher Navoiy butun umrini xalqning baxt-saodati, yurt tinchligi, mamlakat taraqqiyotiga baxsh etganligi tufayli shunday yuksak saodatga muyassar bo'ldi. Alisher Navoiy hayoti va ijodining o'rganilishi tarixi ulug' shoir yashagan davrdan boshlandi. XV asrda yaratilgan bir qancha mo'taba manbalarda Navoiyning taijimai holiga doir muhim ma’lumotlar qayd etilganligi, uning ijodiga munosabat bildirilganligi kuzatiladi. Bunday xayrli ishni, navoiyshunoslikni Nuriddin Abdurahmon Jomiy boshlab berdi. Ayni xayrli sa’y-u harakat bugungi kunimizga qadar olti yuz yillik tarixiy taraqqiyot bosqichini o'tab kelmoqda. Ta’kidlash joizki, bu boradagi jiddiy izlanishlar, ayniqsa, XX asrda (Bu haqda mufassal ma’lumot uchun murojaat qilingan: N.M.Mallayev. Asrlar e ’tirofi va ta’zimi. «Fan»; Toshkent-1978). ancha sermahsul bo'ldi. Tadqiqotchi olimlarimizning shoiming hayoti va faoliyatini o'iganishda to'rt tayanch manbaga tayanib ish ko‘ rayotganliklari yaqqol ko'zga tashlanadi:

1. Ulug‘ shoirning o‘z asarlari. Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsi, ijodkorligi, ijtimoiy-irfoniy faoliyati haqida ma’lumot beriladi. Bu jihatdan, ayniqsa, uning «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Vaqfiya», «Xamsat ul mutahayyirin», «Nasoyim ul-muhabbat», «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Mezon ul-avzon», «Munojot», «Arba’in hadis», «Siroj ul-muslimin» singari asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarlarda shoiming shaxsiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, madaniy-ma’rifiy muhit, ba’zi asarlarining yozilishi tarixi va sabablari, adibning el-yurt tinchligi, obodonchiligi yo'lida olib boigan keng qamrovli faoliyati, Xuroson davlatining muhrdori, vaziri a’zami sifatida qilgan savobli ishlari, ustoz-u shogirdlari bilan munosabati singari muhim masalalar xususida bahs yuritiladi. Ulug‘ shoiming o ‘z asarlari uning hayoti va faoliyatini o'rganishda eng ishonchli manbadir.

2.Alisher Navoiy zamondoshlarining asarlari. Mazkur bandni yana bo‘laklarga (ulug‘ shoiming katta, tengdosh va kichik zamondoshlari) bo‘lish ham mumkin. Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Haft avrang», «Yusuf va Zulayho», «Devoni Komil», Mirxondning «Ravzat us-safo» («Poklikbog‘i»), Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi»), G'iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar»), «Habib us-siyar» («Suyukli xislatlar»), «Xulosat ul-axbor» («Voqealar xulosasi»), Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’» (« G o ‘zal voqealar»), Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kabi asarlarida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar keltirilgan, shaxsi va adabiy merosiga ta’rif-u talqinlar berilgan qimmatli, tayanch manbalardir. XV asr tarixiy voqeligi, unda ulug‘ amir Alisher Navoiyning tutgan o ‘m i va shoiming hayoti, faoliyati bilan yaqindan tanishishda mazkur manbalaming ahamiyati nihoyatda baland. Shuning uchun taniqli adabiyotshunos Izzat Sulton Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganishda ilk manba sanalgan ulug‘ shoiming o ‘z badiiy-ilmiy yaratmalari va zamondoshlari asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib “Navoiyning qalb daftari” (Toshkent, G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969) nomli ilmiy-adabiy tadqiqotini yaratdi. Bu asar mazkur mavzu va umuman, navoiyshunoslik ilmi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

3. XVI—XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va badiiy-ilmiy asarlar. Alisher Navoiy dahosi va uning takrorlanmas badiiy, ilmiy ijodi XVI — XIX asrlarda yashab ijod etgan shoirlar, tarixchilar va adabiyot ixlosmandlarining doimo diqqat markazidan o ‘rin olib keldi. Lutf Alibek Ozaming «Otashkada», Som Mirzo Safaviyning «Tuhfai Somiy», Rizoqulixon Hidoyatning «Majma’ ul fusaho» («Go‘zal so‘z egalarining t o ‘plami»), Faxriy Heraviyning «Latoifnoma», Mirzo Haydar Do'g'latning «Tarixi Rashidiy», Abdulmo‘minxonning «Tomut-tavorix» («Tarixlar tugali») kabi mumtoz manbalarda Alisher Navoiy zamondoshlari asarlarida kuzatilgani singari shoir ijodiga xolisona baho beriladi, hayoti va faoliyatiga doir qiziqarli lavhalar keltiriladi. Biroq yuqorida ro'yxati keltirilgan (keltirilmagan nomlar ham bor) asarlar ma’lumotiga munosabatda ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Chunki o ‘sha tazkira, tarixiy kitoblar mualUflarining Alisher Navoiy haqidagi tasawurlari birinchi va ikkinchi manbalar ma’lumotlari orqali bilvosita shakllangan. Shu ma’noda ulaming qaydlarida noaniqliklar kuzatilishi mumkin. Xullas, uchinchi manbalaming ma’lumotlari Alisher Navoiy ko'lamdor faoliyatini oydinlashtirish uchun turtki bersa-da, jiddiy ilmiy xulosalarga kelish uchun asos bo'lishi qiyindir.

U lug‘ shoir asarlarida ilgari surilgan tayanch g'oyalarni teran anglashga bo'lgan intilish maxsus lug'atlar tuzishga bois bo'ldi. «Badoyi’ ul—lug‘at> bu boradagi dastlabki izlanishlar samarasi bo'lib, mazkur asar Alisher Navoiy hayotining so'nggi yillari yoki shoir vafotidan bir oz keyin vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Keyinchalik «Lug'ati Navoiy» shoir bdosmandlariga armug'on etildi. 1560 yilda Aloyi binni Muhibiyning «Al-lug'atun Navoiyat val istishhodat ul-chig‘atoiyat» («Navoiy lug'ati va chig'atoy tili dalillari») nomli go'zal so'znoma lug'ati tartib berildi. Keyingi asrlarda ham bunday lug'atlaiga bo'lgan ma’naviy ehtiyojning sezilarli darajada mavjudligi kuzatiladi. XVIII asrda Mirzo Madhiyxon «Mabon ul-lug'at» («Lug‘at poydevori»)ni tartib beigan bo'lsa, XIX asrda Fath Ali Kojariy «Lug'oti atrokiya» («Turklar lug'ati») nomli asari bilan bunday izlanishlami davom ettirdi. Mazkur lug'atlar uchun hazrat Navoiy asarlari so'zlik vazifasini bajargan bo'lib, ulaming aksariyati fors-tojik tilida yaratilgan edi. Xorazmlik olim va adib Muhammad Xoksor esa 1798 yilda o'zbek tilida tuzgan «Muntahab ul-lug‘at» («Tanlangan lug‘atlar»)ida Alisher Navoiy asarlari matnidan olinadigan parchalaiga keng o‘rin berdi. XIX asrda bunday ijodiy an’anani Shayx Sulaymon Afandiy Buxoriy o‘zining «Lug‘oti chig‘atoyi va turki usmoniy»sida sezilarli darajada rivojlantirdi. 0‘zbek mumtoz adabiyotining XV asrdan keyingi davrlarda yashab ijod etgan taniqli namoyandalari ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyni o'zlariga ma’naviy ustoz deb bildilar. Bu buyuk sohir qalam sohibining katta-yu kichik asarlariga naziralar bitish, javobiya aytish, g ‘azallariga muxammaslar bog'lash nafaqat o ‘zbek shoirlari, balki boshqa qardosh xalqlaming mashhur so‘z san’atkorlari orasida ham ajoyib an’anaga aylanib bordi. Namuna sifatida taniqli 0‘zbek shoiri Shermuhammad Munis (1778 -1829)ning bir she’rida Alisher Navoiyni o‘ziga pir (ustoz) deb bilgani va o‘z ismining ma’no jihatidan ulug‘ Alisherga uyg‘unligini iftixor bilan qayd qilganligini keltirish kifoyadin So‘z ichra Navoiyki, jahongir durur, Munisg‘a maoniy yo‘lida pir durur. Yo‘q g‘ayriyat andin o‘zgakim ayturlar, Bu Shermuhammad, ul Alisher durur. Shermuhammad Munis «Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur mango» satri bilan boshlanuvchi g ‘azalida Sharq mumtoz adabiyotining yirik darg'alaridan adabiy ta’sirlanganligini e’tirof etarkan, yana hazrat Navoiy shaxsiga yuksak baho beradi. Munis Alisher Navoiy ruhini o‘z homiysi deb biladi va shu bois hosid (hasadchi, shoir yutuqlarini ko‘rolmaydigan)larning xatti—harakatlaridan g‘am chekmasligini ta’kidlaydi:




Download 39,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish