1-mavzu: 7-modul: Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni



Download 19,04 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi19,04 Kb.
#519071
Bog'liq
1-mavzu bno\'


1-mavzu: 7-modul:Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga
o‘rgatishning mazmuni va mohiyati. Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish.
Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. Talaffuzga o‘rgatishning asosiy bosqichlari.
Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish asosiy vazifalari. Tovush hosil qilishda
ishtirok etadigan turli organlarning ahamiyati. Nutqiy muloqot madaniyatini
shakllantirsh

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bu tovushlarning to'g'ri talaffuzini shakllantirish ekan, deb tushunmaslik kerak. To'g'ri tovush talaffuzini shakllantirish nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarning bir qismigina (bir bo'lagi) hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarda to'g'ri nafas olish va chiqarishni, ona tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni, so'zlarni aniq talaffuz etishni, ovozdan to'g'ri foydalanishni, shoshilmasdan nutqning mazmuniga qarab, ifodali gapirishni tarbiyalaydi.
Demak, nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to'g'riligi, so'zlashgan vaqtda to'g'ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so'zlarda urg'uni to'g'ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq sur’atini tartibga solish tushuniladi. Bolalarga ona tilini o'rgatish bo'yicha ishlar tizimida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash muhim o'rin egallaydi. Bu jarayonda bola o'zbek tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga, mashg'ulotlarda, kundalik muomalada yetarli ovoz kuchida javobberishga, shoshilmasdan, ifodali gapirishga o‘rganadi, bu ishlar qancha erta boshlansa, shuncha katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa tomonlarini, ya’ni lug'atini, bog'langan nutqni, nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllanishini rivojlantiradi. Nutqi yaxshi rivojlangan bola atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishib ketadi, o'z fikrini va istagini tushunarli tarzda bayon etadi, o'rtoqlari bilan birgalikda o'ynaydigan o'yinlari haqida darrov kelishib oladi. Aksincha, tushunarsiz nutq o'zaro munosabatni qiyinlashtiradi, bola xarakterida salbiy xususiyatlarning (odamovi, indamas, qo'rqoq va hokazo) vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Bolalar o'zbek tilidagi tovushlarni asta-sekin o'zlashtiradilar. Maktabgacha tarbiya yoshining boshida bolaning nutq apparati shakllanib bo'ladi (kattalarning nutq a’zolaridan biroz farq qiladi), fonematik eshituv qobiliyati yaxshi ishlaydi. Shu bilan bir qatorda, har qaysi yosh davridagi bolalarda nutqning tovush madaniyati sohasida o'z kamchiliklari mavjuddir.
Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning vazifalari
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarning aniq artikulatsiyasini, ularni to'g'ri talaffuz etishni, so'z va jumlalarni to'g'ri va aniq talaffuzini, to'g'ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlantiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo'nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni erkin talaffuz qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) asosida so'zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni so‘z va jumlalarni o'rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o'rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni man­tiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobili­yatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to'g‘risida tasavvurga ega bo'lishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming'irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis — logopedga yuborishlari uchun zarurdir.
„Bolalar bog'chasida ta’lim-tarbiya dasturi“da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilgan.
Nutq eshitishni (eshitish diqqatni) rivojlantirish

Yaxshi rivojlangan eshituv diqqati ona tilidagi hamma tovushlarni aniq, ravshan va to‘g‘ri talaffuz etilishini ta’minlaydi, so‘zning aytilish balandligini to‘g‘ri boshqarish o'rtacha sur’atda, ifodali va mazmunli gapirish imkonini beradi. Nutqni eshitishni rivojlantirish artikulatsiya apparati a’zolarining harakati jarayonida vujudga keladigan sezgining rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liqdir. Tarbiyachi bolalarda eshituv idrokini rivojlantirish uchun jarangdorligi jihatdan yaqin va uzoq bo‘lgan tovushlarni va to­vush birikmalarini eshitish orqali farq qilishga o‘rgatadi. Ma­salan, tarbiyachi turli tovush birikmalarini talaffuz etadi, bolalar esa nimaning (kimning) ovozini eshitayotganliklarini aytadilar. Eshituv idrokini rivojlantirish jarayonida tarbiyachi bolalar diqqatini bir xil tovushlar, tovush birikmalari, so‘z va jumlalar baland va past, tez va sekin talaffuz etilishi mumkinligiga qaratadi. Tovushlarni, tovush birikmalarini, so‘z va jumlalarning talaf­fuzini, balandligini va tezligini ajratishga o'rgatish uchun tarbiyachi bolalarga turli topishmoqlar beradi. Bolalar bolg‘acha bilan baland va past (tarbiyachi to‘siq orqasidan turib bolg‘acha bilan turli balandlikda taqillatadi), qattiq va sekin taqillatish mumkinligini, katta soatlar sekin, kichkina soatlar esa tez (tarbiyachi har xil tezlikda ,,chiq-chiq“, ,,chiq-chiq“ deb talaffuz etadi) chiqillashini bilib oladilar. Bolalar eshitgan tovush birikmalarini turli tezlikda takrorlaydilar.
Artikulatsiya apparati tuzilishi
Nutq tovushlari og‘iz bo‘shlig‘ida shakllanadi. Og‘izning shakli va hajmi artikulatsiya a’zolari (labiar, til, pastki jag‘, yumshoq tanglay) harakatining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarni talaffuz etishda nutq a’zolarining to‘g‘ri holati va harakati artikulatsiya deb ataladi. Artikulatsiya apparati tuzilishining buzilishi (masalan, til yuganchasining kaltaligi, yuqorigi va pastki tishlarning bir-biriga jipslashmasligi, tanglayning haddan tashqari yuqori yoki past joylashganligi va hokazolar) tovush talaffuzining noto'g‘ri shakllanishiga sabab bo‘ladigan omillardan biridir. Biroq bolalar artikulatsiya apparati a’zolarining to‘g‘ri harakatlanishiga, eshituv diqqatining yaxshi rivojlanganligiga qaramay, tovush talaffuzida kamchiliklar ma'vjud boiadi. Bolada artikulatsiya apparati harakatining takomillashganligi (tilning kam harakatchanligi) ham tovushning noto‘g‘ri talaffuz etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) tilning harakatchanligini rivojlantirish (tilni keng va tor qilish, keng tilni pastki tish orqasida ushlab turish, yuqorigi tishlar orqasiga ko‘tarish, og‘iz ichkarisiga, orqaga surish va hokazolar);
Lablarning harakatini rivojlantirish (lablarni oldinga cho‘za olishga, dumaloq holga keltirishga, jilmayish holatiga keltirish, pastki lab bilan yuqorigi oldingi tishlar oralig'ida tirqish hosil qilish; 3) pastki jag‘ni ma’lum holatda ushlab turishni rivojlantirish.
Nafas olish va chiqarishni rivojlantirish ustida ishlash
Nutq tovushlari hosil qilishning manbayi-bu o‘pkadan chiqayotgan uzun havo oqimining kekirdak, hiqildoq, og‘iz bo‘shlig‘i yoki burun bo‘shlig‘i orqali o‘tishi hisoblanadi. Nafas nutq texnikasining muhim qismidir.
Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Bolaning nafas olishi qancha yaxshi bo‘lsa, ovozi ham, nutqi ham shu qadar jarangdor va kuchli bo‘ladi. Chiniqqan va mashq qilingan nafas jumlalarni mantiqan yaxlit, o‘zaro uzviy bog‘liq holda talaffuz etishda muhim rol o‘ynaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarish nutqsiz nafas olishdan farq qiladi. Nutqsiz nafas olishda havo oqimi burun orqali olinadi va chiqariladi. Nutqsiz nafas olishda burun orqali olinadigan va chiqariladigan havo oqimining davomiyligi bir xilda, ya’ni teng bo'ladi.
Nutq jarayonida nafas og'iz orqali olinib, nafas olish tez bo'ladi, nafas chiqarish esa sekinlashadi. Nutqsiz nafasda nafas olishdan so‘ng tez nafas chiqarilib, so‘ng pauza qilinadi. Nutqiy nafasda esa nafas olishdan so'ng pauza qilinib, keyin bir tekisda nafas chiqariladi. Nutqda to‘g‘ri nafas olish va chiqarish to'g'ri tovush talaffuzini ta’minlaydi, kerakli bo‘lgan nutq balandligini tutib turish uchun sharoit yaratadi, aniq pauzaga rioya qilishni, nutqning bir tekisda bo‘lishini va uning intonasion ifodaliligini ta’minlaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarishning buzilishi sabablari bu organizmning umumiy kuchsizlanishidan (darmonsizlanishi), yurak-tomir kasalliklari va hokazolardir.
Bunday hollarda bolalar so'zlarni to'liq aytolmaydilar, oxirgi jumlalarni pichirlab talaffuz etadilar. Ba’zan bunday bolalar uzun jumlalarni nafas olish vaqtida tugallashga majbur bo'ladilar, bu­ning natijasida nutq noaniq bo'ladi. Nafas chiqarishning qisqa bo'lishi bolalarni mantiqiy pauzalarga amal qilmasdan, shoshilib gapirishga majbur qiladi. Shuning uchun tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) maxsus o'yin mashqlaridan foydalanib, erkin, tekis, uzun havo oqimini hosil qilish; 2) tarbiyachi- pedagog nutqiga taqlid qilish orqali nafasdan to'g'ri, o'rinli foydalanishga (bir nafas chiqarishda uncha katta bo'lmagan jumlalarni aytishga) o'rgatish.
Ovoz ustida ishlash
Ovoz apparati yordamida balandligi, kuchi, tembri jihatdan har xil bo'lgan tovushlarning yig'indisidan kishi ovozi belgilanadi.
Ovoz balandligi — tonni balandlatish va pastlatish, baland ovozdan past ovozga, past ovozdan baland ovozga o'tish.
Ovoz kuchi — tovushlarni ma’lum bir balandlikda (baland — odatdagi balandlik — past), shuningdek, to'liq jarangdor talaffuz etish malakasi.
Ovoz tembri — ovozning sifati (jarangli, titroq, jarangsiz, so'niq va hokazolar).
Ovoz— ovoz naychalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas, ovoz bo'limlarining artikulatsiyasi apparatlarining hamkorlikda ishlashlariga bog`liq. Yuqori nafas yo'llarining har xil kasalliklari, doimiy tumov, adenoidlar va hokazolar ovoz buzilishlariga sabab bo'ladi. Ko'pchilik bolalarda ovozdan noto'g'ri foydalanish sababli ovoz buzilishlari kelib chiqadi.
Chunonchi: ovoz paychalarining tarang bo'lishi, nutqning har doim baland bo'lishi, ayniqsa, havo sovuq vaqtlarda baqirib gapirish, ovoz tonidan noto'g'ri foydalanish, bola yoshiga mos bo'lmagan ovoz diapazonidan foydalanish (masalan, bolaning uzoq vaqtgacha kichkina bola nutqiga taqlid qilib yoki juda past ovozda gapirishi). Shuningdek, ovozning buzilishi halqumning yoki yuqori nafas yo'llarining kasalliklari bilan og'rigan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin. Ovoz imkoniyatlaridan noto'g'ri foydalanish bola shaxsining xususiyatlari (haddan tashqari uyatchan bola doimo past ohangda gapiradi; tez qo'zg'aladigan, jahldor bolalar baland ohangda (tonda) gapiradi), noto'g'ri tarbiyalash bilan (atrofdagilarning o'zlari bolaga doimo baland ohangdagi tonda gapirishadi va bunga bolani o'rgatib qo'yadi) bog'Iiq. Agar xona doimo shovqin-suron bo'lib tursa, bu bolaning baland, taranglashgan ovoz tonida gapirishga majbur bo'lishi bilan ham bog'Iiq bo'ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) o'yin va o'yin mashqlarida ovozning asosiy sifatlari: kuchi va balandligini rivojlantirish; 2) bolalarni kuchanmasdan, turli vaziyatlarga qarab ovozdan to'g'ri foydalanishga (past-baland) o'rgatish.
Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi asoratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni etarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi mashg’ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g’ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim.
Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog’liq bo‘ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‘la-to‘kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi, hamda u o‘smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Nutqning tovush madaniyati deganda nima tushuniladi?
2. Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashning ahamiyati nimada?
3. Bolalar tomonidan nutqning tovush madaniyatini o'zlashtirish xususiyatlarini bayon eting.
4. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bo'yicha ish vazifalari va mazmuni nimalardan iborat?
5. Tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish haqida tushuncha bering.
6. Ravshan (burro) gapirishga qanday o'rgatiladi?
7. Nutqning orfoepik tomoni, urg'uni ishlatish, so'zni to'g'ri talaffuz etish ustida qanday ishlar olib boriladi?
8. Nutqda nafas olish va chiqarish, nutq sur’ati va ovoz sifatini tarbiyalash mazmunini bayon eting.
9. Nutqning ma’nodorligini tarbiyalash usullari haqida tushuncha bering.
10. Nutq eshitishni tarbiyalash va fonematik idrokni rivojlantirish bo'yicha ishlarning mazmuni nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1.Qodirova. F.R. Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.-T.: Istiqlol. 2006.
2. Qodirova. F.R. Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o`rgatish metodikasi.-T.: sano-Standart.2004
3.Qodirova R. M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari.-Sariog`och. 1998.
4.Qodirova R. M. Bolalar bog`chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o`rgatish.-T.: O`qituvchi. 1993.
5.Ollaberganova S. H. Nutq o`stirish metodikasi. T.: Bayoz-2014y.
Download 19,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish